20- dars Mavzu: Yozma ish
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarni o'z fikrlarini yozma ifodlashga oid boshlang'ich ko'nikmalarni tarkib toptirish.
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda so'zlashish odobini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda so'zlashish odobini rivojlantirish.
Dars uslubi: an'anaviy.
Dars jihozi: metodik qo'llanma.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
22
|
2
|
1
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Yozma ish
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilar egallagan bilimlarni yozma nazorat turi orqali tekshirish.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
Yozma matn tuzish qoidalari bilan tanishtirish.
Matnni o'qib berish.
O'quvchilarga qayta so'zlatish.
Yozma ish olish.
Darsni yakunlash.
Uyga vazifa topshirish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: bayon. Vosita: metodik qo'llanma. Nazorat: frontal.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda yozma savodxonlikni o'stirish.
|
O'quvchi: so'zlashish odobiga oid fikrlarini yozma bayon etish ko'nikmalarini egallash.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: so'zlashish odobi va yozma matn qoidalarini bilish.
|
O'quvchi: yozma matn tuzish va odob qoidalarini egallash.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'qituvchi o'quvchilarni yozma matn tuzish qoidalari bilan tanishtiradi.
III. O'qituvchi Leonardo da Vinchining "Til va tishlar" zamonaviy ertagini tinish belgilariga rioya qilgan holda, ifodali o'qib beradi.
Til va tishlar
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir bola yashagan ekan. U ko 'pincha kattalarda uchrab turadigan vaysaqilik kasaliga chalinibdi.
— Bu til boshimizga balo bo'ldi-ku, — deyisharkan tishlar.
— U qachon tinib, bir oz dam olarkin-a?
— Men bilan necha pullik ishlaring bor? — surbetlarcha javob berar ekan til. — Ovqatingizni chaynang-u ovozingizni o 'chiring. Shaxsiy ishlarimga hech kimning aralashishiga yo'l qo'ymayman, ayniqsa, ahmoqona maslahat berishlaringga, — bola shunday deb javrashda davom etibdi. Bundan taltayib ketgan til esa o 'zi ham ma 'nosiga tushunmagan "aqlli iboralar"ni topib vaysabdi.
Kunlardan bir kuni bola javrab turib, o'zi bilmagan holda dakki yeb qolibdi. To'satdan tilidan yolg'on gap chiqib ketibdi. Sabr kosasi to'lgan tishlar esa yolg'onchini qattiq tishlab olishibdi.
Til oqib chiqqan qondan qizarib ketibdi. Bola esa og'riq va uyatga chidolmay, yig'lab yuboribdi.
O'shandan keyin til nihoyatda ehtiyotkor, bola esa biror gapni aytishdan oldin, yaxshilab o'ylab oladigan bo'libdi.
IV. O'qituvchi matnni 2-3 nafar o'quvchilarga qayta so'zlatadi.
V. Tinglaganlari asosida kichik matn yozdiriladi.
VI. O'quvchilar yozma ishlarini tekshirib olishlariga imkoniyat yaratiladi.
VII. Uyga vazifa: "shaxsiy, ibora, javrash" so'zlarini yozish ustida mashq qilish; shu so'zlar ma'nosini oila a'zolari yordamida bilib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |