Tarbiyaviy soat mavzusi: "Do'stlik — ulug' tuyg'u".
(Tarbiyaviy soatga awaldan tayyorgarlik ko'riladi. Bunda o'quvchilar O'. Hoshimovning "Fil bilan Maymun" ("Odobnoma" darsligida qisqartirib berilganligi sababli qo'llanmaning didaktik materiallar qismida to'liq keltirildi) ertagi asosida o'qituvchi rahbarligida sahna ko'rinishi tayyorlaydilar).
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarni do'stlashish qoidalarining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda do'stlikka intilishni tarkib toptirish;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda sahna ko'rinishlarini mustaqil tayyorlash, badiiy-ijodiy va ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Dars uslubi: noan'anaviy dars (integrativ dars). Dars jihozi: "Odobnoma"darsligi, sahna ko'rinishlari uchun zarur jihozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |