Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
5
|
7
|
4
|
5
|
2
|
2
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Dasturxon atrofida o'zini tutish qoidalari
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarni dasturxon atrofida o'zini tutish qoidalari bilan tanishtirish.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
Yangi mavzu haqida qisqacha ma'lumot berish.
Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali
taqdim etilgan matnni o'qish.
Darslikdan hikoyani ifodali o'qish va tahlil qilish.
Yangi so'zlar ma'nosini izohlash.
Dam olish daqiqasi.
Darslikdan rebus-jumboqni yechish.
Darsni yakunlash.
O'quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qoilangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: ijodiy tahlil. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
Dasturxon atrofida o'zini tutish qoidalarini bilish.
|
Istiqbol reja
|
O'qituvchi: O'quvchilarda dasturxon bezash ko'nikmalarini egallashga nisbatan rag'bat uyg'otish.
|
O'quvchi: dasturxon bezash malakalariga ega bo'lish.
|
Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi amalga oshiriladi.
II. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi: "Aziz o'quvchilar, bugun biz Siz bilan birgalikda o'rganadigan dars mavzuyimiz: "Dasturxon atrofida o'zini tutish qoidalari (qoshiq, pichoq, sanchqi va sochiqdan foydalanish)" deb ataladi. Har biringiz dasturxon atrofida o'zini to'g'ri tutishning muhimligini bilasizlar. Bunda dasturxon atrofida yoningizda o'tirganlarga e'tiborli bo'lishingiz, tirsagingizni dasturxon chetiga tirab olmasligingiz, ixchamgina o'tirishingiz, yoningizda o'tirgan kishiga, ota-onangizga mulozamat ko'rsatishni unutmasligingiz, mulozamat qilib, ularga mazali narsalardan uzatib, "oling" deb taomga undash muhim ahamiyatga ega.
III. "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matn o'qiladi.
IV. Darslikdan "Hikoya" o'qiladi.
V. Hikoyaga ilova qilib berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
VI. Yangi so'zlar ma'nosi izohlanadi.
VII. Dam olish daqiqasi.
VIII. Darslikdan mavzuga oid rebus-jumboq yechiladi: Unda tushirib qoldirilgan "anor, somsa, tort, uzum, olma, non va dasturxon" so'zlarini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.
IX. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.
X. Uyga vazifa: "Buni bilib oling" belgisi bilan berilgan matnni yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |