17-dars
Mavzu: Dasturxon bezatish odobi
Maqsad: o'quvchilarda dasturxon bezatish odobi haqidagi tushunchalarni tarkib toptirish:
a) ta'limiy: o'quvchilarga dasturxon bezatish odobi haqida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda dasturxon bezatish odobi fazilatlarini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda dasturxon bezatish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
Davomiyligi
|
1
|
3
|
10
|
6
|
10
|
8
|
3
|
2
|
2
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Dasturxon bezatish odobi
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda dasturxon bezatish odobi haqida tushunchalarni tarkib toptiradi.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali taqdim etilgan matnni o'qitish.
Hikoyatni ifodali o'qish va tahlil qilish.
Dam olish daqiqasi.
Yangi so'zlar ma'nosini izohlash.
Didaktik o'yin:
Dasturxonga keltiriladigan narsalarni ketma-ket aytish.
Darsni yakunlash va o'quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa topshirish.
Mehmondo'stlik haqida maqollar topib kelish
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). ShakI: sinf-dars. Texnologik usul: tahlil. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.
|
O'quvchi: dasturxon bezash odobi haqida zarur tushunchalarni bilish.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: o'quvchilarda dasturxon bezash ko'nikmalarini egallashga nisbatan barqaror rag'batni vujudga keltirish.
|
O'quvchi: dasturxon bezash malakalariga ega bo'lish.
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'tilgan dars mavzusi o'quvchilardan "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matn mazmunini so'rash orqali mustahkamlanadi.
III. O'qituvchi yangi dars mavzusini e'lon qiladi: "Aziz o'quvchilar, bugun biz siz bilan "Dasturxon bezash odobi" mavzusi asosida suhbatlashamiz, matnlar o'qiymiz. Yangi so'zlar ma'nosini o'rganamiz. Dasturxon bezash haqida, albatta, ayrim tushunchalarga ega bo'lsangiz kerak? (o'quvchilardan javob olgach, uning mazmunini kengaytirib, izohlaydi: "Ota-bobolarimizning yozishlaricha, agar ho'l mevalar: olma, shaftoli, anor kabilar pishgan bo'lsa, dasturxonga taomdan avval ularni keltirish lozim. Mehmonlar taom yeb bo'lgach, qo'l yuvganlaridan keyin atir va xushbo'y hidli narsalar bilan xonani yoqimli islarga to'ldirish kerak). Dasturxon bezash odobi haqida darsligingizda shunday yozilgan" o'qituvchi darslikdan Dono bobo saboqlari — "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali berilgan qoidadan tegishli gaplarni o'qiydi.
IV. Darslikdan hikoyatni o'qib, unga ilova qilib berilgan rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
V. Dam olish daqiqasi.
VI. Yangi so'zlar ma'nosi izohlanadi.
VII. Didaktik o'yin: o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, dasturxonga keltiriladigan noz-ne'matlar ketma-ketligini to'g'ri aytish topshiriladi.
VIII. O'qituvchi darsni xulosalab, faol ishtirok etgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.
IX. Uyga vazifa: mehmondo'stlik haqida maqol topib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |