Navlari. Sulfat kislotaning suv bilan yoki SO3 bilan aralashmasi kristallanish
haroratlari kon sentratsiya oshishi bilan birga qonuniyat bo’yicha o’zgarmaydi.
Buning sabablari hozircha aniq emas. Bu savolni hal qilish biz va siz hamda
kelgusi avlodlar uchun muammo bo’lib kelmoqda. Bu esa sulfat kislota kursini
muammoli o’qishning na’munalaridan biridir. Shunday qilib kimyo sanoatida
sulfat kislotaning eng past haroratida kristallanidigan navlari ishlab chiqariladi.
Chunki aks holda sulfat kislotaning kristallanish eritmalari hajm kengayishi bilan
ketganligi uchun sulfat kislota saqlagan idish sisterna, apparat va hokazolarni
chok- chokidan yorib yuborib, o’ta xavfli sharoit vujudga keltiradi. Shunday qilib
sulfat kislotasining quyidagi navlari amaliyotda ishlab chiqariladi.
Bulardan tashqari akkumulyatorli va reaktiv sulfat kislotalari ham ishlab chiqariladi. Reaktiv sulfat kislotasi 3-xil navi toza, tahlil uchun tozalari kimyoviy toza. Bulardan eng tozasi- kimyoviy toza navidir.
Nitroza usuli sanoat miqyosida, avvalo meditsina maqsadlari uchun XV asr
boshlarida Angliyada oltingugurt bilan ammoniy selitrasini qo’shib qizdirilganda
ajralib chiqadigan gazlarni idish devoridagi namlik orqali yutib, moysimon modda,
ya’ni sulfat kislotasi olingan; bu vaqtda ko’p miqdarda ishlab chiqarilgan bo’lsada
unumdorligi past bo’lgan, qo’rg’oshindan yasalgan kameralar ishlatilganligi uchun
bu texnologiya kamerali sulfat kislota olish deb atalgan. Bu vaqtda konsentratsiyasi
65% sulfat kislotadan iborat, ammo tarkibida juda ko’p iflos birikmalar, ya’ni azot
oksidlari, mishyak, ftor birikmlari, sulfat qoldiqlari, qum va hokazolardan iborat
bo’lgan sulfat kislota olishga erishilgan.
XVIII asr boshlarida Angliyada bunday qurilmalarni unumdarligini oshirish
maqsadida kameralar o’rniga Rashing halqalari solingan minoralar ishlatila
boshland; ularning unumdorligi kameralarga qaraganda bir necha o’n marotaba
katta edi. Shunday qilib, minorali usul yaratildi. Rossiyada birinchi sulfat kislota
qurilmalari 1803 yilga to’g’ri keladi. Minorali usulda 75% gacha quyuqlikka ega
bo’lgan sulfat kislota olingan. Nitroza usuli bilan bundan yuqori konsentratsiyaga
ega bo’lgan ishlab chiqarish mumkin emas, ya’ni oleum ishlab chiqarib bo’lmaydi.
Bunday toza va yuqori konsentratsiyali sulfat kislota eritmasini faqat kontakt usuli
bilan ishlab chiqarish mumkin. Kontakt usulida SO2 ni SO3 ga oksidlash
to’g’ridan-to’g’ri qattiq katalizator ishtirokida yuqori haroratda (4500C) gaz
holatdagi quyidagi gomogen reaksiya bo’yicha amalga oshiriladi:
SO2(g) + 0,502(g) = SO3(g) + Q16
Bu yerda hosil bo’lgan SO3 ni suvga yuttirib, sulfat kislotaning xohlagan
konsentratsiyadagi navini ishlab chiqarish mumkin:
S02(g) + H2O(s) = H2SO4(s) + Q17
Bu kontakt usuli ham asosan avval Angliya, so’ng Germaniya olimlari
tomonidan topilgan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda ishlab chiqarilgan sulfat
kislotasining 97- 98% i kontakt usuli bilan ishlab chiqarilsa, faqat 2- 3% ginasi
nitroza usuli bilan ishlab chiqariladi. Ma’lumki, har bir davlatning kimyo sanoatining rivojlanish darajasi kishi boshiga to’g’ri keladigan sulfat kislotasi miqdori bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida kishi boshiga 240 kg dan ko’proq sulfat kislotasi to’g’ri keladi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu yuqori ko’rsatkichlardan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi kimyo sanoati rivoji bo’yicha eng yuqori pog’onalardan birini
egallab turganligining isbotidir. Respublikamizda ishlab chiqariladigan sulfat
kislotaning ko’p qismini nafaqat Markaziy Osiyo davlatlariga, balki Tossiyaning
janubiy hududlaridagi barcha rayonlar, Sibir hududlari va boshqalar ham bizdan
olib ketadilar.
Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar sulfat kislota ishlab chiqarish borasidagi
ilmiy va amaliy ishlarining ahamiyati kattadir. Olimlar tomonidan birinchi bo’lib
1935 yilda yuqori konsentrlangan vodorod sulfidli gazlar aralashmasidan ―Nam
kataliz usuli‖ bo’yicha sulfat kislota ishlab chiqarish nazariy asoslari yaratilgan va
amliyotga tatbiq etilgan. Olimlar tomonidan dunyoda eng katta unumdorlikka ega
bo’lgan ―qaynovchi qatlamli‖ temir kolchedanini yoqish o’choqlari yaratildi.
Ularning unumdorligi kuniga 450 t ni tashkil etadi. MDH olimlari tomonidan
quvvati kuniga 1000- 1500 t va undan yuqori sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan
kontakt apparatlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |