Mavzu: oltingugurt va uning xossalari mavzusini o’qitish metodikasi. Mundarija: Kirish



Download 211,86 Kb.
bet6/14
Sana10.06.2022
Hajmi211,86 Kb.
#650384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Abduhamidova KURS ishi KOMdan

Oltingugurt (IV) oksid. Oltingugurt (IV) oksid rangsiz suyuqlik, 17 °C dan past temperaturada qattiq kristall massa bo’lib qotadi. U namlikni shiddat bilan yutib, sulfat kislota hosil qiladi:
 SO3+H2O=H2SO4
Shu sababli bu oksid og‘zi kavsharlab bekitilgan kolbalarda saqlanadi.
Oltingugurt (IV) oksid kislotali oksidlarning barcha xossalariga ega. U SO2 ni oksidlash yoii bilan olinadi. Oltingugurt (IV) oksid sulfat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi. SO3 molekulasi markazida oltingugurt О atomi boigan uchburchak shaklida boiadi: II Bunday tuzilish bogiovchi elektron juftlarning bir- .S. birini itarishi tufaylidir. Ularning hosil bo’lishida S O oltingugurt atomi oltita tashqi elektronini beradi.
Sulfat kislota. Sulfat kislota olishning kontakt usuli eng katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan istalgan konsentratsiyadagi H2SO4 ni, shuningdek oleum, ya’ni SO3 ning H2SO4 dagi eritmasini olish mumkin. Jarayon uch bosqichdan iborat boiadi: 1) SO2 olish, 2) SO 2 ni oksidlab SO3 ga aylantirish va 3) H2SO4 olish. SO2pirit FeS2ni maxsus pechlarda kuydirish yoii bilan olinadi:
4FeS2+11O2=2Fe2O3+8SO2
Kuydirish jarayonini tezlashtirish uchun pirit oldindan maydalanadi, oltingugurtning to’lq yonishi uchun esa reaksiyaga zarur boigandan ko'ra ancha ko'proq havo (kislorod) qo'shiladi. Kuydirish pechidan chiqayotgan gaz oltingugurt (IV) oksid, kislorod, azot, mishyak birikmalari (kolchedandagi qo'shimchalardan) va suv bug’laridan iborat bo’ladi. Bu gaz kuydirish gazi deyiladi.
Kuydirish gazi yaxshilab tozalanadi, chunki uning tarkibidagi, hatto juda oz miqdordigi mishyak birikmalari, shuningdek, chang va namlik katalizatorni zaharlaydi. Gazni maxsus elektrofiltrlar va yuvish minorasi orqali o'tkazib, mishyak birikmalaridan va changdan tozalanadi; namlik quritish minorasidagi konsentrlangan sulfat kislotaga yuttiriladi. Tarkibida kislorod boigan tozalangan gaz issiqlik almashtirgichda 450 °C ga qadar qizdiriladi va kontakt apparatiga o'tadi. Kontakt apparatining ichida katalizator toidirilgan to'rsimon tokchalar boiadi.
Ilgari katalizator sifatida juda maydalangan platina metalidan foydalanilar edi. Keyinchalik uning o'rniga vanadiy birikmalari — vanadiy (V) oksid V ,05 yoki vanadil sulfat VSO4 ishlatiladigan boidi, ular platinadan arzonroq va sekin zaharlanadi. SO2 ning SO3 ga qadar oksidlanish reaksiyasi qaytar reaksiya:
2SO2+O2= 2SO2
Kuydirish gazida kislorod miqdorini ko'paytirish oltingugurt (IV) oksid hosil boiishini ko'paytiradi: uning unumi 450 °C da 95% va undan ko'p bo’ladi.
SO3 konsentrlangan sulfat kislotaga yuttirilganda oleum hosil bo’ladi. Oleumni suv qo'shib suyultirib, zaruriy konsentratsiyadagi kislotani olish mumkin. Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, oltingugurt (IV) oksidni suvga emas, konsentrlangan H2SO4 ga yuttirish maqsadga muvofiqdir, chunki u kontakt apparatidan purkalib chiqadi va suv bugiari bilan tuman hosil qiladi; bu tuman sulfat kislotaning tomchilaridan iborat boiadi va suvga yutilmaydi. SO3 konsentrlangan sulfat kislotaga yuttirilganda tuman hosil bo’lmaydi. Konsentrlangan sulfat kislota temiryoilarda poiat sisternalarda tashiladi.
Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko’mirning yonishidan hosil bo’lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO2 qutubli kovalent bog’li gaz bo’lib, laboratoriyada sulfat kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
http://mylab.uz/elements/views?id=183
Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2
Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota tasir ettirilganda ham oltingugurt (VI)-oksid SO2 hosil bo’ladi:
2H2SO4 + Cu = CuSO4 + 2H2O + SO2
Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metal sulfidlarning havoda kuydirib olinadi:
4FeS2+11O2=2Fe2O3+8SO2 2ZnS+3O2=2ZnO+SO2
Laboratoriyada:
2H2SO4+Cu=CuSO4+SO2+H2O
Texnikada:
2ZnS+3O2=2ZnO+2SO2
Oltingugurt (VI)-oksidi SO3. SO3 oltingugurtning yuqori oksididir. U asosan sulfit angidridni kislorod bilan oksidlab olinadi. Bu reyaksiya faqat katalizator ishtirokida boradi. Katalizator sifatida platina, temir (III) oksid yoki vanadiy (V) oksid ishlatiladi:
2SO2+O2=2SO3
SO3 Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reyaksiyaga kirishib sulfat xosil qiladi.
SO3+H2O=H2SO4
SO3 O’zi ham konsentirlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi. Bunda oleum hosil bo’ladi. Oleumda 60% gacha bo’ladi.
H2SO4 *n SO3-oleum.
H2SO4+n SO3= H2SO4*n SO3
Sanoatda SO2 ni katalizator ishtirokida oksidlab SO3 olinadi. Oltingugurt (VI)-oksid asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Download 211,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish