Mavzu: OLTINGUGURT VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………….………………3
KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA TA’LIM SIFATINI TUBDAN OSHIRISH…………………………………………………….……3
OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARI VAKOLATLARI KENGAYTIRILADI …………………………………………………………..8
ASOSIY QISM…………………………………………………………………10
I. BOB. Oltingugurt va uning xossalari mavzusini o’qitish metodikas ……13
1.1. Oltingugurt oksidlari haqida umumiy ma’lumot……………………………13
1.2. Fizik-kimyoviy xossalari……………………………………………………16
II. Oltingugurt oksidlari hosil qilgan birikmalarining sanoatda olinishi va ishlatilishi……………………………………………………………………….19
2.1. Oksidlarining hosil qilgan kislotalari……………………………………….19
2.2. Sulfat kislotalarning sanoatda olinishi………………………………………20
2.3. Oltingugurt kislotalarining hosil qilgan tuzlari haqida qisqacha ma’lumot…………………………………………………………………………27
III. Oltingugurt mavzusini o’qitishda qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalar…………………………………………………………………..29
3.1. O’rta maxsus ta’lim tizimida oltingugurt mavzusini o’qitishda qo’llaniladigan didaktik materiallar………………………………………………………………30
3.2. Assessment metodi………………………………………………………….35
3.3. “Zig-zag” usuli………………………………………………………………37
3.4. Blits-so’rov usuli…………………………………………………………..39
3.5. Qo’shimcha kichik “Kim o’zar” va “qo’lni ko’tar” metodi……………….40
Xulosa………………………………………………………………………….42
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………
KIRISH
KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA TA’LIM SIFATINI TUBDAN OSHIRISH
Umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
2. Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar:
Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Do'stlaringiz bilan baham: |