SO2 ning tarkibi va molekulyar tuzilishining xususiyatlari
SO2 molekulasi bir oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan hosil bo'ladi. Kovalent bog'lanishlar orasida 120 ° burchak mavjud. Oltingugurt atomida sp2 gibridlanishi sodir bo'ladi - bir s va ikkita p elektron bulutlari shakli va energiyasiga mos keladi. Ular ta'limga jalb qilingan. kovalent bog'lanish oltingugurt va kislorod o'rtasida. O-S juftligida atomlar orasidagi masofa 0,143 nm. Kislorod oltingugurtga qaraganda ko'proq elektromanfiydir, ya'ni elektronlarning bog'lanish juftlari markazdan tashqi burchaklarga o'tadi. Butun molekula ham qutblangan, manfiy qutb O atomlari, musbat qutb S atomidir.
II. Oltingugurt oksidlari hosil qilgan birikmalarining sanoatda olinishi va ishlatilishi.
2.1. Oksidlarining hosil qilgan kislotalari.
Sulfit kislotasi- H2SO3 erkin holda olinmagan, faqat suvda eritmada mavjud bo’ladi, u o’rtacha kuchdagi kislotadir, sulfit SO23- ionidagi hamma bog’lar
(S—O) teng kuchli va ularda bog’ uzunligi SO2 dagiga nisbatan katta. SO23- ioni strukturasi piramida, oltingugurt (VI) oksid suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20 0C da 40 hajm SO2 eriydi). Bunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud bo’ladigan sulfit kislota hosil bo’ladi.
SO2+H2O=H2SO3
Sulfit kislota tuzlari sulfitlar va gidrosulfitlar SO2ni ishqorlarga yoki eruvchan metal karbonatlari eritmalariga ta’sir ettirib olinadi:
NaOH+SO3=NaHSO3
2KOH+SO2=K2SO3+H2O
Na2CO3+SO2=Na2SO3+CO2
SO2 va H2SO3 hamda sulfitlarda +4 oksidlanish darajasining beqarorligi uchun ular qaytaruvchi bo’ladi. Hatto qattiq sulfitlar saqlash jarayonida sulfatlargacha oksidlanadi:
2Na2SO3+O2=2NaSO4
Ammo kuchli qaytaruvchilar bilan oltingugurt +4 hosilalari oksidlovchi xossasini namoyon qiladi:
SO2+2H2S=3S+2H2O
SO2 ning suv bilan birikish reyaksiyasi qaytar reyaksiya. Suvda eritmada oltingugurt (IV) oksid bilan sulfit kislota siljuvchan kimyoviy muvozanatda bo’ladi. H2SO3 ishqor bilan bog’langanda reyaksiya sulfit kislota hosil bo’lish tomoniga boradi; SO2 yo’qotib turilsa reyaksiya boshlang’ich moddalar hosil bo’lish tomoniga boradi. Sulfit kislota eritmasida doimo oltingugurt (IV) oksid bo’ladi va u kislotaga o’tkir hid beradi.
Sulfat kislota – H2SO4
Suvsiz sulfat kislota, monogidrat deb ham ataladi, qovushqoq yog’simon suyuqlik, hidsiz va rangsiz. Monogidrati deyarli elektr tokini o’tkazaydi, uning shaxsiy ionlanishi juda kichik. Suv bilan istalgan miqdorda aralashadi.
Konsentrlangan sulfat kislota kuchli oksidlovchi. Qaytaruvchining kuchiga bog’liq holda u SO2 gacha, oltingugurtgacha S va H2S gacha qaytarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |