I-bob bo`yicha xulosa.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, yosh avlodni urf-odat va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag`shlangan tadqiqot ishlari ko’plab olib borilgan bo`lib, ular asosan katta yoshdagi o’quvchi va talabalar o’rtasida ushbu muammoning echimini topishga qaratilgan. Qolaversa, keyingi yillarda yosh avlodni urf-odat va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda.
Madaniy merosimizni o’rganish, qadimiy an’analarni tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifaga aylandi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan urf-odat va qadriyatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Urf-odatlar, rasm-rusumlar, xalqona udumlar, marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu umidlari va xalqona ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyada komil bo’lishga undaydi.
Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanish – bizning burchimizdir.
II-bob. YOSH AVLODNI BARKAMOL SHAXS SIFATIDA TARBIYFLASHDA MILLIY URF-ODAT VA QADRIYATLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI.
2.1. Yosh avlodni milliy qadriyatlar va urf-odatlar asosida tarbiyalashning mohiyati, mazmuni, shakl va metodlari.
Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual etimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo’shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, o’sha davrlarga xos bo’lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o’lchash mumkin bo’lmaganidek, har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni hisobga olib yondashmoq kerak.
Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini to’g`ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog`liq. Jamiyat a’zolarida etuk ijtimoiy, milliy ong bo’lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini oshiruvchi omildir.
Qadriyatlarning mohiyatini bilish, ularga e’tiqod, ixlos qo’yish yoshlarda milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg`usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, mshnatsevarlik. axloqiy poklik fazilatlarini kamol toptirishda katta ahamiyatga ega.
Yosh avlodni milliy urf-odatlar va qadriyatlar ruhida tarbiyalashni faqat dars jarayonlarida amalga oshirib bo’lmaydi. Bu jarayon o’quvchilarning darsdan keyingi vaqtlarini taqsimlashlarida ham asosiy o’rinni egallashi zarur.
Maktab va kollej o’quvchilari maktabda olgan nazariy bilimlarini amaliyotiga darsdan tashqari holatlarda: mahallada, oilada, turli xil bayram va tadbirlarda duch keladi. Maktab o’quvchilari vatanparvarlik, insonparvarlik haqidagi dastlabki tushunchalarini ham maktabga borgunlariga qadar oilada oladilar. Shu bois ota-ona o’quvchi maktabga borganda bu vazifani o’qituvchi zimmasiga yuklab qo’ymasdan, uning oilada bo’lgan paytida unga befarq bo’lmasligi, unga ma’naviy bilimlarini oshirishga va mustahkamalashga yordam berishlari zarur. Eng avvalo, bolada o’z oilasiga, ota-onasiga, opa-singil, aka-ukalariga mehr-muhabbatli bo’lishini o’rgatish, keyinchalik bu tuyg`uni qo’ni-qo’shni, mahalla, tuman, shahar miqyosiga ko’tarib, ona Vatanga cheksiz muhabbat hissini uyg`otish lozim..
«Bir bolaga etti qo’shni ota-ona», - deyishadi dono xalqimiz. Demak, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy kamolotida qo’ni - qo’shni, mahallaning ham ahamiyati katta ekan. Maktab o’quvchisi mahallasidagi do’stlari bilan bo’sh vaqtini o’tkazadi. Uning do’stlari aqlli, odobli, tarbiyali, ilimli bo’lsa, ularga o’xshashga, hatto ulardan oshib ketishiga intiladi.
Maktab o’quvchilarining milliy qadriyatlarni shakllanishida sinfdan va maktabdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati benihoyat kattadir. Shu bois o’qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o’tkazishi va bu tadbirlarga barcha o’quvchilarni jalb qilish kerak. Agar tadbirlarga faqat a’lochi va jamoatchi o’quvchilar jalb qilinaversa sinfdagi boshqa o’quvchilarga salbiy ta’sir ko’rsatishi, ularni ruhiyatini tushirishi, hatto o’qituvchilarni xudbinlikda ayblashlari mumkin.
Har bir maktab o’quvchisining qobiliyatiga yarasha mas’uliyat yuklash, bu mas’uliyat esa uning olg`a intilishi uchun turtki bo’lishni esdan chiqarmaslik kerak.
Ta’lim sifatini oshirishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, tarixiy badiiy qadriyatlarimizdan foydalanish ta’lim va tarbiyaning milliy negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu ma’noda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini ma’naviy, madaniy qadriyatlar bilan tanishtirishda sinfda, sinfdan va maktabdan tashqarida o’tkaziladigan o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning ahamiyati kattadir.
O’quv muassasalarida sinfdan va darsdan tashqari ishlarni tashkil etish vositasida yosh avlodni aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari amalga oshiriladi. O’quvchi bilim sifatining samarodorligini oshirish, uning umumbashariy axloq me’yorlari asosida kamol topishini ta’minlash ko’pincha darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Darsdan tashqari tashkil etilgan tadbirning tabiati, xarakteri va maqsadi axloqiy tarbiyaning ma’lum yo’nalishi bilan chambarchas bog`liq bo’lishi tabiiy. Har qanday tadbirni tashkil etishdan oldin tashkilotchi o’qituvchi o’z oldiga ma’lum didaktik maqsad qo’yishi va shu maqsadni amalga oshirish uchun qilinish lozim bo’lgan vaziflarni to’g`ri belgilab olish zarur.
Har yili 9 fevralda buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlari nishonlanadi. Bu maktab o’quvchilari ishtirokida o’tkazish ularni a’lo o’qishga, yuksak ma’naviyatli insonlar bo’lib etishishlariga imkon yaratadi. Maktab o’quvchilari tomonidan Alisher Navoiyning o’quvchilarni bilim olishga, odobli bo’lishiga, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishga, doimo xalq manfaatini ko’zlashga undovchi hikmatlaridan yod o’qib berilsa yanada jonlanib ketadi.
«Navro’z» umum xalq bayramini nishonlashda ham yuqorida qayd etib o’tganmizdek ketma-ketlikni qo’llash mumkin. Bu bayramni boshqa bayramlardan farqi shundaki, uning bevosita xalq ma’naviy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirish, xalqimizning ming yillik an’analarini o’z bag`rida kamol topdirish bilan beliglanadi.
«Navro’z» bayrami tadbirida namoyish qilinadigan folklor asarlarini imkon qadar o’quvchilarning o’zlari yashab turgan mahallalardan, bobo-buvilari og`zidan yozib olishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Mahalliy folklor materiallaridan foydalanishning yana bir muhim jihati shundaki, bunda ishtirokchilar o’zi yashab turgan muhitdagi milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning, bobolari xirgoyi qilib yuradigan qo’shiqlarning nechog`li muhimligini, uning teran, falsafiy mazmun kasb etishini anglaydi, uning qalbida xalq ma’naviy merosiga qiziqish, hurmat va muhabbat hissi shakllanadi.
Maktab o’quvchilarining bunday tadbirlarda bevosita ishtirok etishi faqat ularni milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalab qolmay, ularni qalbida bu an’analarni davom etirish, boyitish, kelajak avlod uchun o’zlari ham nimadir qoldirish hissini uyg`otadi.
Farzandlarga milliy qadriyatlar, xususan, sharq allomalari qoldirgan boy meros asosida ta’lim-tarbiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug` allomalarimiz asarlarida bolalarga go’daklik chog`idanoq kattalarga hurmat, ota-onaga alohida ehtirom ko’rsatish, o’zidan kichiklar izzatini o’rniga qo’yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko’rishga chaqiradi.
Xalqimiz farzandlarini doimo tabiatga mehrli bo’lish tevarak-atrof, suv, havo, tuproq hayvonot olamini asrab-avaylash, insonni oliy qadriyat deb bilish, uning haq-huquqlarini himoya qilish ruhida tarbiyalangan. Bular haqida ham shunday beboho o’git va yo’l-yo’riqlar, umuminsoniy ahamiyatga molik fikrlar bayon etilganki, ular hozirga qadar ham o’z qimmatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |