Mavzu: oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari


Milliy madaniy merosimizda va ilmiy tadqiqot - ishlarida milliy urf-odat va qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatining o’rganilganligi



Download 85,92 Kb.
bet6/11
Sana03.06.2022
Hajmi85,92 Kb.
#632016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari

Milliy madaniy merosimizda va ilmiy tadqiqot - ishlarida milliy urf-odat va qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatining o’rganilganligi.

Mustaqillik mevasi bo’lgan , biz qurayotgan hukukiy , demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustahkam bo’lishi kerak . Bu esa avvalo, yosh avlodni chuqur bilimli, teran fikrli o’z o’tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, xalkparvar, fidoiy qilib tarbiyalashni taqozo etadi . Komil inson - barkamol shaxsni tarbiyalash ishi esa eng murakkab va qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Demak , yosh avlod qachonki o’z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustaqillikning tub mohiyatini yanada chuqurroq anglaydi .
Bugungi kunda hukumatimizning yosh avlodni barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlar asosida tarbiyalashdan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama etuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o’zida ma’naviy va jismoniy etuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Sohibqiron Amir Temur, Amir Nizomiddin Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko’rilsa o’sib kelayotgan yosh avlodning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istiqboli hamda mafkuraviy ong, yashash tarzi haqida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to’g`risida fikr yuritar ekanmiz , uni uch toifaga bo’lish lozim :

  • Keksa avlod istiqlolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga etib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bo’lsa ;

  • O’rta avlod talabchan, ochig`ini aytish kerakki , hayotda o’z o’rnini topayotgan, ayrim hollarda , iste’molchilik kayfiyatida ham elib yugurmoqda;

  • yosh avlod esa hayotga faol kirib kelmoqda , ularning yashash tarzi to’g`risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning alohida o’rni va ahamiyati borligini ta’kidlash mumkin.

Ayni paytda , ularning hayotdagi ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlarni , ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg`usi tobora o’sayotganligiga guvohmiz . Mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning asarlarida, jumladan “Tadbir al-manozil” risolasida ham inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo’lmaydi , degan g`oya muhim axamiyat kasb etadi. Aslida odamlar tayyor fazilat , odat va hayotiy ko’nikmalar bilan tug`ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida shaxsiy va o’zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-tarbiyaning faol ta’siri ostida asta-sekin shakllana boradi. Ta’lim-tarbiya o’zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson o’zida ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi yoki «yomon do’stlar» ya’ni salbiy odatlar sohibiga aylana boradi .
Jahonda XII asrdan boshlab hanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Muhammad Muso al-Xorazmiy nomi ulug`lanadi. Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti, hisoblash texnikasi, ishlab chikarishning texnologik jarayonlarining barchasi buyuk bobomiz yaratib ketgan algoritm qoidasi asosida ishlaydi.
Abu Nasr Farobiy inson aqliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy ohanglarning fizikaviy holatiga asos soldi .
U Musiqaning matematik nazariyasini yaratdi. Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug`lanar ekan, ularni o’rganish, o’zlashtirish yosh avlodning muhim burchi bo’lishi kerak .
Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlardan asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g`oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmokda .
Uning bosh negizi- milliy qadriyatlarimizdir. Yangicha yashash, ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot qurish tuyg`usi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatlirok vazifalarni qo’ymokda . Xususan, ong va tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlardagi o’zgarishlar hayot talabidan orqada kolayotganligi ma’naviy salohiyatdagi qusurlar bilan bog`likdir .
Shunday qilib, qadriyatlar - harakat usuli, metodikasi va uning individual echimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g`urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o’rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo’lga kiritgan katta yutuqlarimizdan hisoblanadi. «Falsafiy enstiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: “Qadriyat fal­safiy va sostiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag`ishlovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko’ra ob’ektiv (ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi”.
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reakstion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo’luvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi
Ong qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshi­lik va yomonlik adolat, go’zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat me’yorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko’rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi.
Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir”.
V.P.Tugarinov “qadriyat” va “baho” tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo’shish yoki qo’shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog`liq.

Download 85,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish