Mavzu: oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari


Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o’rin egallaydi



Download 85,92 Kb.
bet5/11
Sana03.06.2022
Hajmi85,92 Kb.
#632016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari

Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o’rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy va intel­lektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi.
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lkada etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho’qqiga ko’tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatdilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muhtasham shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug` ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug`vorligi va go’zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda.
Axloqiy qadriyatlar kishilarning bir birlariga, o’zlari mansub jamoaga, vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloq muayyan xulq -atvor, odob, xatti harakat, me’yor, qoida va tamoyillar majmuasidir. Axloqiy tushunchalarga yaxshilik va yomonlik burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideal qabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday xatti harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi.
Burch — kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o’zaro munosabatlarida o’z oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sezishi, ularga nisbatan sadoqatni ifodalaydi. Vijdon kishining xatti harakatiga o’zining munosabatini, kishining o’z xulq odobi uchun ma’naviy mas’uliyat hissini ifodalaydi.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo’linadi.
Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Har bir ruhan sog`lom kishida o’z qadr qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg`usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko’ramiz. Millatlarning o’z o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.
Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak Shuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag`rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o’zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.
Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi o’zbeq qozoq, tojiq qirg`iz, turkman xalqlariga xos bo’lgan qadriyatlarni eslatib o’tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o’sgan mazkur xalqlarning tarixi, tili, mada­niyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir birlariga orasini, quda qudag`ay bo’lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g`urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotiing o’zi taqozo qilmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni tashkil qilish, Orol muammolarini xal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mintaqamizda yashovchi xalqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon stivilizastiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir biri bilan chambarchas bo’lib ketgan.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat stivilizastiyasining tarakqiyoti bilan bog`lik bo’lgan umum­bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, ener­giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog`lik bo’lgan muammolar kiradi.
Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni-qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalq iga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim vo qealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
“An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’li q hodisa sanaladi. SHu bois an’analarning tarkibiy qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga ani q lovchi so’zlar qo’shilib, masalan “an’anaviy bayram”, “mukofotlash marosimi”, “to’y marosimi”, “nafa q aga kuzatish marosimi” tarzida qo’llaniladi. Marosim so’zi jamoatchilik ishtirokida o’tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi.
Eng qadimiy odamlarning turmushi bilan bog’li q an’analar: to’da bo’lib yashash udumlari; sardorlik, o qso qolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; o’spirinliklan erkaklikga o’tish marosimlari; turli ko’rinishli dafn odatlari; qurbonlik marosimlari oila va to’y marosimlarining poydevori bo’lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa tara q qiyotida jiddiy rol o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning masha q qatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. o’sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o’rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”– degan edi.
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo’limizdadir.



    1. Download 85,92 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish