MAVZU: OILADA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY ASOSLARI
Kirish.
I-bob. YOSH AVLODNI BARKAMOL SHAXS SIFATIDA TARBIYALASHDA MILLIY URF-ODAT VA QADRIYFTLARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
Milliy tarbiya va jamiyatning rivojlanishida milliy urf-odat va qadriyatlarning o’rni.
Milliy madaniy merosimizda va ilmiy tadqiqot - ishlarida milliy urf-odat va qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatining o’rganilganligi.
I-bob bo`yicha xulosa.
II-bob. YOSH AVLODNI BARKAMOL SHAXS SIFATIDA TARBIYFLASHDA MILLIY URF-ODAT VA QADRIYATLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI.
2.1. Yosh avlodni milliy qadriyatlar va urf-odatlar asosida tarbiyalashning mohiyati, mazmuni, shakl va metodlari.
2.2. Yosh avlodni barakamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanishda maktab, oila va jamotchilik hamkorligidagi ishlarni tashkil etish.
2.3. O’quvchilarni barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlar orqali tarbiyalashning ta’lim jarayonidagi va darsdan tashqari olib borilgan ishlar tahlili.
II -bob bo`yicha xulosa.
Umumiy xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda O’zbekistonda milliy istiqlol sharofati tufayli turli jabhalarda har tomonlama qaror topayotgan sharoitlarda jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida shaxs omiliga qo’yilayotgan yosh avlodning ma’naviy axloqiy, jismoniy va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni taqozo etadi.
“Biz uchun bugun istiqlol – deydi Sh. Mirziyoyev – millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro’ – e’tibori, shon – shuhratini ko’taradigan sog’lom avlodni har jihatdan barkamol va mehr – oqibatli, fidoiy o’g’il – qizlarni tarbiyalash , ularni voyaga yetkazish va baxtini ko’rishdir”.
Darhaqiqat hozirgi zamon pedagoglari va o`qituvchilar zimmasiga har tomonlama barkamol, fidoiy, komil inson, mehr – muruvvatli insonlarni tarbiyalash vazifasini yuklaydi. Barkamollik yoki komillikni har bir inson o’zicha tushunadi va turli yo’llar bilan unga erishishga intiladi. Shuning uchun ham har bir insonning komillikka yetaklovchi muhim omillarni falsafiy idrok etish va anglashi nihoyatda muhimdir. Insonlarning komillikka erishib, o’zligini anglashi, bunyodkorlik, fidoyilik ishlarini amalga oshirishi, ezgu maqsadlar yo`lida mehr – muruvvat ko’rsatishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning muhim kafolati hisoblanadi. Ma`naviyati ustuvor jamiyat uning iqtisodiy, ijtimoiy rivojiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunki u insonning madaniy darajasi bilan bog’liqdir.
Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan yangilanish va poklanish xalq ta’limi tizimining mazmunini yangidan shakllantirish va takomillashtirishni taqozo etmoqda. O’zbekiston o’ziga xos qadriyatlar va milliy an’analarga boy mamlakat. Mustaqillik tufayli amalga oshirilgan eng buyuk tarixiy ishlardan biri xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va me’moriy meroslarining tiklanishidir. “...Mustaqilligimizning dastlabki kunidanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan bebaho ma’naviy merosni tiklash vazifa bo’lib qoladi” – deb ta’kidlagan edi O`zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov.
Madaniy merosimizni o’rganish, qadimiy an’analarni tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifaga aylandi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan urf-odat va qadriyatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Urf-odatlar, rasm-rusumlar, xalqona udumlar, marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu umidlari va xalqona ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyada komil bo’lishga undaydi. Xalq pedagogikasida tarbiya milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’ana va udumlarimizning tub mohiyatini o’rganish, o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etish va kelajakka umid bilan boqish ruhida olib boriladi. Ko`rinib turibdiki, yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda madaniy merosimizni o’rganish, qadimiy urf-odatlarimiz va an’analarni tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim va dolzarb vazifa sifatida qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |