Tayanch iboralar:
Nikoh oldi omillari, nikohga yetuklik belgilari, jismoniy yetuklik, jinsiy yetuklik, huquqiy yetuklik, ijtimoiy iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy, psixologik yetuklik, nikoh yoshi hususiyatlari, oila motivlari, sevgi tufayli, moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli, stereatip bo’yicha oila qurish, nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari.
Nazorat uchun savollar:
Nikoh oldi omili deyilganda nimani tushunasiz?
Nikohgacha, oilaviy hayotga yetuklik nima? Uni qandya jihatlari farqlanadi?
Nikoh yoshi nima? U qanday belgilanadi?
Nikoh motivlari nima? Uning qanday turlari farqlanadi?
Nikohgacha tanishish shartlari va muddatining nikoh mustaxkamligiga qanday ta’siri bor?
Bo’lajak er-xotinning tanishish shartlari va ularning nikoh mustaxkamligidagi ahamiyati nimalardan iborat?
Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari nikoh mustaxkamligiga qanday ta’sir qiladi?
Mavzu: Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi.
Reja:
1. Oilada muloqot.
2. Muloqot jarayonida yuzaga keldigan to’siqlar.
3. Oilaviy munosabatlar.
4. Er-xotin munosabatlarning o’ziga xosligi.
5. Er-xotinlik munosabatlari.
Oilada muloqot
Odamlar o’rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatdir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og’rig’i, nevroz, insult, infarct va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju qo’yish, hatto o’z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o’z xo’jayinining “Menga avval dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so’ng aksincha, eng bemaza, yaramas taomni keltir” – deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo’lishi yoki aksincha, eng fojiali bo’lishi ham mumkin.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotning tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo’riqish va ta’sirchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |