Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja



Download 102,98 Kb.
bet17/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Tayanch iboralar:
Sevgi-muhhabat tuyg’ularining nazariy bo’linishi, muhabbat yoshi va bosqichlari, boshlang’ich muhabbat, o’zaro hurmat, muhabbat va mijoz, muhabbatning belgilar, “birgalik” effekti, idroknin ideallashi, altruizmning keskin ifodalanganligi, muhabbat kuchiga cheksiz ishonish, sevgilisida boshqalar ko’rmagan jihatlarni ko’rish, o’zgalar ahamiyat bermagan xislatlarini sezish, sevgan odamda hayotga nisbatan muhabbat kuchayishi, sevgi me’zonlari, sevgining fasliy o’zgarishi, rashk tuyg’usi.
Nazorat savollari:
1. Sevgi haqida qanday mulohazalar, rivoyatlar, ta’riflarni bilasiz?
2. Sevgining qanday turlari mavjud?
3. Sevgi hissi va yosh o’rtasida qanday bog’liqliklar mavjud?
4. Yigit va qizlarda sevgi tuyg’usining ifodalanishida qanday tafovutlar mavjud?
5. Rashk hissi nima? Uning sevgiga qanday ta’siri bor?
Mavzu: Nikoh oldi omillari, xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta’siri.


Reja:

1. Nikoh yetuklik xususiyatlari.


2. Nikoh yoshi xususiyatlari.
3. Nikoh motivlarining xususiyatlari.
4. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari.

Nikoh oldi omillari qatoriga oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga yetukligi; ularning oila qurish motivlari; oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari; o`zlarining bo`lg`usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo`lishi mumkin, shu bilan birga ularning har biri o`z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi.


Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy. huquqiy. iqtisodiy. ma`naviy-ahloqiy. psixologik kabi yetuklik jihatlarini tushunish mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko`rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega ekanligi haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko`plab ma`lumotlar berilgan bo`lsa, iqtisodiy, ma`naviy-ahloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat`iy bir ko`rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, odamning jinsiy yetukligi o`ziga xos omillarga ega. Klinik kuzatishlar ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog`atga yetish) 12—14 yoshgacha, o`g`il bolalarda esa 14—16 yoshga to`g`ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba`zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro`y berishi mumkin. Bu ko`rsatkichlar ± 2 yoshga farq qilishi mumkin. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarning to`la jinsiy yetilishlari uchun yana 2—3 yil kerak bo`ladi, deb hisoblaydilar.
Fuqarolik — huquqiy yetuklik bu odamning huquqiy jihatdan balog`atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko`rish huquqiga ega bo`lgan shaxs bo`lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko`rsatilgan. Bu vaqtda u konstitutsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan bo`ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash mumkin.
Kasb-hunar yetukligi — bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan, u qandaydir bilim yurtini, o`quv kurslarini bitirish, ya`ni ma`lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo`lgan maxsus bilimlarga ega bo`lish bilan belgilanadi. Biroq odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, texnikum, institutni) bitirganidan keyin o`zi tanlagan kasbi bo`yicha bir necha yil ishlab ko`rishi kerak bo`ladi va shundan keyingina uning kasb-hunar yetukligi haqida gapirish mumkin.
Shu bilan birga, ba`zi bir kasblar bo`yicha 19—20 yoshlardayoq kasb-hunar yetukligiga erishish mumkin bo`lsa, boshqalarda, masalan xirurg-vrachlikda kechroq 29—30 yoshga yetganda bunga erishish mumkin.
Shaxs yetukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy yetuklikdir. Bunda odamning o`zini va o`z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta`minlay ola bilishi nazarda tutiladi. Yoshlarning oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o`rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarninig ayrimlari 18—19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan alohida iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25—30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan foydalanadilar.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish