Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja


Nikoh yoshi xususiyatlari



Download 102,98 Kb.
bet18/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Nikoh yoshi xususiyatlari. Demografik nuqtai nazardan qaralganda, oila qurish deb ma`lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o`rinda to`liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo`lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo`lsa), u biz ko`rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo`yicha ko`proq yetuk bo`ladi.
Nikoh motivlarining xususiyatlari
Nikoh oldi omillaridan yana biri nikoh qurilishiga asos bo`lgan nikoh motivlaridir. «Motiv» iborasi psixologiyada ma`lum bir xulq, faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo`lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Xo`sh, oilalar qanday motivlar tufayli yuzaga kelishi mumkin? Psixologik adabiyotlarda bir necha o`nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirilgan holda uchta klassifikatsiyaga farqlanadi. Bular: sevgi tufayli oila qurish, ya`ni yoshlar oila qurishdan avval bir-birlarini sevib, ma`lum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so`ng shu sevgining mahsuli sifatida bir-birlarining visoliga to`y qilib, oila qurib yetishadilar.
Motivlarning ikkinchi klassifikatsiyasi — moddiy yoki o`zga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekanlar nimanidir hisobga olgan holda, ma`lum bir maqsadni ko`zlab oila qurishlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni, moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko`zlagan holda: «Agar shu yigitga turmushga chiqsam, boy-badavlat yashayman» yoki «Shu qizga uylansam, uning ota-onasi yordamida ma`lum bir mansab, mavqega erishaman», — degan fikrlar asosida o`zining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, «yolg`izlikdan qutulish» va boshqalar. Shu kabi hisobga olinadigan narsalarni ko`plab sanab o`tish mumkin.
Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari. Nikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib o`tilgan omillardan yana biri yoshlarning oila qurgunlariga qadar bir-birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlar va shartlarga ko`ra tanishib oila qurishlaridir. Bu omillar nikoh mustahkamligiga qanday ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Albatta, oila qurishdan oldin bo`lajak er-xotinlar bir-birlarini ma`lum bir muddat bo`lajak er yoki xotin sifatida bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo`nallishlari haqida adekvatroq tasavvur va ma`lumotlarga ega bo`lsalar, bu tasavvur va ma`lumotlar ularga birgalikdagi hayotlarida bir-birlarini tushunib, bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin.
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi ma`lumki, oila kodeksiga binoan nikohdan o`tish uchun ariza berganlaridan so`ng bir oy (aniqrogi 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo, shu fursat mobaynida ular o`z niyatlaridan qaytib qolgudek bo`lsalar, ularning talabi qondirilib, ko`zda tutilgandek, nikoh qayd qilinmaydi. Hech bir yashiradigan joyi yo`qki, respublikamizda istiqomat qilayotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan o`tishga oid mavjud qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor emaslar va ayrim hududlarda hamma vaqt ham bu qoidalarga amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz ayniqsa, siz — o`quvchi yoshlarimizga nikoh-oila munosabatlarining qonuniy jihatlaridan ham xabardor bo`lib qo`yish foydadan holi emas.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish