III. Rivoyatlar muhokamasi – 10 minut
O’quvchilar rivoyat yuzasidan o’z fikr va mulohazalarni bayon etadilar. Kerakli joylarda o’qituvchi o’quvchilarga yordam berib turadi.
IV. Xulosa -3 minut
Demak, oilada bola tarbiyasi birinchi navbatda ota-onaga bog’liqdir. Farzandlarni halol edirsa va tarbiyalasa ushbu oiladan doimo qut-baraka, omad, davlat va baxt saodat arimaydi.
Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, unda tarbiyaning qanday amalga oshirishiga, tarbiyachi hisoblanmish ota-onaning o’z burch va vazifalariga qanday munosabatda bo’lishiga chambarchas bog’liqdir. Xonadondagi har bir kishining o’z burch va vazifalariga mas’uliyat bilan yondashuvi avvalo oila mustahkamligiga, oxir-oqibatda esa jamiyat farovonligiga erishishning muhim sharti omilidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”. “Bu yorug’ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, hayot abadiyligi, bebaho ne’mat bo’lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha kelajagini o’ylab, ezgu orzu intilishlar bilan yashaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |