O’quvchi: Oila iqlimi o’zaro hurmat, axloq odob, insoniy munosabatlar asosida quriladi. Bo’lajak ota-onaning sog’lig’i, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ahloqiy tushunchalarning o’zaro mosligi, ularning turmush qurishga har tomonlama tayyorligi oilaning mustahkamligi, tinch-farovon hayoti, farzand tarbiyasida muhim kasb etadi.
O’quvchi: Sohibqiron Amir Temur o’g’il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo’lgan jarayonlarga shaxsan o’zi jiddiy e’tibor bergan. Har qanday davlatning qudrati – sog’lom fikrli, bilimli, xalq va vatan taqdiri uchun jonini tikishga tayyor farzandlarning ko’pligi bilan o’lchanadi. Qolaversa, biz mansub bo’lgan Sharq xalqlarida oila sha’ni va obro’sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish oilaning har bir a’zosi uchun ham farz, ham qarz sanaladi.
Yuqoridagi tushunchalar bo’yicha o’quvchilar fikri aniqlangandan so’ng o’qituvchi tomonidan ajdodlarimizning farzandni tug’ilmasdan oldin tarbiyalay boshlash kerakligi xususidagi quyidagi rivoyatlar aytib beriladi:
1-hikoyat
U zamonda shuxrat qozongan Vafo hazratlari davlat odamlaridan tortib to eng oddiy odamlargacha mehribon edi.
Bir kuni saqo (suv sotuvchi) kelib Vafo hazratlarining huzurida tiz cho’kib o’tirdi. Suv sotuvchi mahzun va g’amgin ko’rinishidan bir dardi borligi bilinib turardi. Vafo hazratlari saqodan so’radi:
-Bolam, biror g’am darding bormi?
-Yo’q, afandim, qanday aytaman, -deb javob berdi suv sotuvchi.
-Bolam, gapiraver, uyalma, dardingni ayt, - dedi Vafo hazratlari.
-Hazrat, sizning farzandingiz mening meshlarimni teshdi. Bugun oltinchi meshni bigiz bilan teshdi. Bilasiz, faqir odamman nima qilishni bilmay qoldim, - dedi suv sotuvchi
-Xafa bo’lma, bolam! Men bir chorasini topaman. Hozircha mana bu pulga mesh sotib ol. Men ushbu hunuk ishning sababini bilay, - dedi Vafo hazrat.
Suvchi battar siqilib, bo’ynini egib chiqib ketdi. Vafo hazratlari mulohaza qilib o’ylab o’yiga etmaydi. Nega farzandi bunday qilib qo’ydi. So’ng xotinini chaqirdi.
- Bizning o’g’limiz suv tashuvchining meshlarini bigiz bilan teshibdi. Bu xunuk ish nega sodir bo’libdi.
- Siz olib kelasiz, biz eymiz. Xarom narsa olib kelinsa, barcha gunoh, ayb sizdadir, - deb javob berdi xotini.
Vafo hazrat “Men o’ylab topa olmadim, xatoyimni bilmadim. Mayli, sen borda, yaxshilab o’ylab ko’r. Bu ayb yo menda, yo senda”, - dedi.
Xonim Vafo hazratlari huzuridan chiqib ketdi, bir ozdan so’ng qaytib keldi.
- Hazrat! Mening esimga tushdi, - dedi xayajonlanib. - Men o’g’limizga xomilador ekanimda mehmonga bordim. O’shanda ularning uyida bir portaxolni (apelsin) ko’rdim. Katta yoshdagi qariya onalardan “agar xomilador ayol ko’ngli nimani tusasa, totib ko’rmasa, tug’iladigan bolasi bir ojizlik bilan tug’iladi” deb eshitgandim. Mezbondan so’rashga tortindim, ayb hisobladim. Bolaning biror a’zosiga putur etmasin, deb qo’rqib, uy egasidan bir piyola suv so’radim. U suvga chiqib ketganida yoqamdagi to’g’nog’ichni olib xontaxta ustidagi portaxolga suqib yaladim, - dedi.
-Ofarin, mana hozir sening xatoying ma’lum bo’ldi. Tez ul xonadondan uzr so’ra, - dedi Vafo hazratlari.
-Voy, afandim, ayb bo’lmaydimi? - deb e’tiroz bildirdi. Unga nima deyman. Shu arzimas ishdan nima bo’lardi.
- Yo’q ul xonadonga borib halollik tila. Ollohning oldida birovning xaqqini katta-kichigi bo’lmaydi. Bilasanmi nima bo’ldi? Bizning farzandimiz olti yoshda. O’sha voqeadan so’ng olti-etti yil o’tgach, sening to’g’nog’iching o’g’ling qo’lida bigiz bo’ldi. U portaxol esa suv sotuvchining meshi bo’ldi. Sen qilgan xunuk ish davom etmoqda, yillar o’tib juvoldiz pichoqqa aylanmasin, - dedi Vafo hazratlari.
2-hikoyat
Qadim zamonda bir yosh yigit o’zining halolligi, ilmli va mehnatkashligi bilan el-yurt orasida katta hurmat qozonibdi. Yigit haqidagi gap podshohning ham qulog’iga etib boribdi. Shoh yigitni saroyga chaqirtirib, u bilan suhbatlashibdi. Qarasa yigit aytganlariday har tamonlama aqlli ekan. Shoh uni saroydagi yaxshi lavozimlaridan biriga ishga olibdi. Yigitning ishi hammaga yoqibdi. Qisqa fursat ichida u yanada yuqori martabalarga erishibdi.
Oradan vaqt o’tgach, yigit ta’til olib ota-onasini ko’rish uchun qishlog’iga boribdi. Borgan zahoti o’ziga qilingan yaxshilik uchun otasiga minnatdorchilik bildiribdi.
Shunda otasi, “O’g’lim, yaxshilikni senga tug’ilmasingdan oldin qilganmiz. Onanga uylanganimdan so’ng, otasining uyida biror bir gumonli narsalardan eb qo’ygan bo’lsa, tug’iladigan farzandimga kasri urmasin deb 40 kun chilla saqladim. Halol mehnatim bilan topgan pullarim bilan onangni boqdim. Chiladan so’ng, 9 oyu 9 kundan so’ng sen tug’ilding”, – degan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |