Savol: Oiladagi ma’naviy iqlim deganda nimani tushunasiz?
O’quvchi: Oiladagi ma’naviy iqlim deganda inson ruhiyatining, qalbining to’g’ri shakllanishiga o’ta muhim rol o’ynaydigan muhitni tushunamiz. Ayni iqlimning qanday bo’lishi yosh nasllarning qanday odam bo’lib etishishini belgilaydi. Agar tabiatdagi iqlimga qiyosan aytadigan bo’lsak, oila iqlimidagi sovuqlik uning bag’riga yosh nihollarning unib-o’sishiga yo’l qo’ymasa, chang-to’zonlar oila a’zolarini ko’zini ochirmaydi, emin-erkin nafas olishini cheklaydi. Va aksincha, ayni iqlimdagi iliqlik, yorug’lik, xush havo bu oilada kechagina dunyoga kelgan go’dakdan tortib keksalargacha – barchaning bahri dili yayrab hayot kechirishiga garov bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |