II. Yangi darsning bayoni – 17 minut
O’qituvchi uyga berilgan vazifalar asosida o’quvchilardan oila haqidagi mustaqil tushunchalarini savol berish orqali so’raydi.
Savol: Oila haqida nimalarni bilib oldingiz?
O’quvchi: Oila – jamiyatning birlamchi o’zagi, ijtimoiy-madaniy birlik. Jamiyat ana shu kichik, ammo favqulodda muhim o’zaklardan tashkil topadi. Lekin, u shunchaki kichik jamoa emas, balki insonlar ittifoqidir. Oila ikki yoshning muhabbati, rizoligi va ittifoqidan paydo bo’ladigan olamdir.
O’quvchi: O’zbeklar uchun oila – er-xotin, ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda, xonadondir. Shu ma’noda u odamlarning qon-qarindoshlik va ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |