9-mavzu: Milodiy I-II ming yilliklar iqlimi va ekologik muammolari Reja



Download 59,28 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi59,28 Kb.
#481985
Bog'liq
9-Mavzu


9-MAVZU: Milodiy I-II ming yilliklar iqlimi va ekologik muammolari
Reja
Evropada III-IV asrlarda iqlimiy bo‘hronlar va xalqlarning buyuk ko‘chishi.
VII-VIII va IX-X asrlardagi iqlim. O‘rta asrlar davrida iqlimdagi asosiy o‘zgarishlar.
Iqlim o‘zgarishi va uning xalqlarning migrasiyasi va iqtisodiga ta’siri. Dengiz sathining o‘zgarishi.
Evropa, Markaziy Osiyo va Uzoq Sharqdagi iqlim o‘zgarishlari.
Tayanch so’zlar; Tuproq, , normal, tezlashgan va antropogen eroziyalar, Tuproq ifloslanishi.

Oxirgi 2 ming yil ichida yer yuzining iqlimi nisbatan barqaror edi, lekin bu vaqt davomida ham issiq ham sovuq iqlim fasllari bo‘lib turgan. Yevropada eramizdan oldingi asrlarda sovuq va namgarchilik avjiga chiqadi. Muzliklar maydoni kengayib, dengizlarda to‘lqinlar ko‘payadi. Rim shoiri Ovidiy eramiz bo‘sag‘asidan oldinroq Duny daryosi sohillariga surgun qilinadi. Uning yozishicha qish u yerda nixoyat sovuq bo‘lib daryolarini qalin muz qoplaydiki otliq va piyodalar muz ustidan kechib o‘taveradilar. Qora dengiz xam qisman muzlaydi. Eramiz bo‘sag‘asiga kelib harorat qiziy boshlaydi.


Ma’lumotlarga ko‘ra eramizning 100 yiliga kelib shimoliy Italiya hududida uzum hamda oliva daraxti o‘sa boshlaydi. Shimoliy Afrika hududida g‘allakorlik avjiga chiqib Rim imperiyasini non bilan taminlaydi.
Surxondaryo vohasida eramizning 1 asrlarida avvalgi davrlariga nisbatan qishlar vaqti ko‘payib ekin yerlar kengayadi. IV-V asrlarda qaxatchilik tufayli antik sivilizatsiya inqirozga uchraydi. Kushonlar saltanati yo‘qolib ketadi. Rim, Xitoy imperiyalari inqirozga uchraydi. Rim ikkiga bo‘linib ketadi, Xitoyda Xann imperiyasi qulaydi. Lekin VI-VII asrlarda Yevrosiyo hududida namgarchilik oshib ob-havoning nisbatan salqin ketishi natijasida ko‘chmanchilik sivilizatsiyalari davlatchiligi avjiga chiqa boshlaydi. Bu Turk xoqonligi davriga to‘g‘ri keladi. Uzoq janubiy g‘arbda arab xalifaligi shakllanib 4 tarafga xujum boshladi.
Markaziy Osiyoda III-IV asrlarda asriy qurg‘oqchilik yuz berishi natijasida dashtu biyobonda xukmron bo‘lib yurgan xunn qabilalari ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu bilan Yevropa xalqlarining buyuk ko‘chishi degan ibora paydo bo‘ladi.
IV-V asrlarga oid Yevroosiyo, Xitoy, Xindiston va Rim manbalarda qadimgi davlatlar hududiga xunnlar kirib kelishi ifodalangan. Oq xunnlar xaqida axborot beriladi G‘arb – oq, Sharq – ko‘k, Janub – qizil, Shimol – qora ranglar bilan ifodalangan
1 ming yillikning oxiriga kelib butun Yevroosiyoda iliq iqlim xukmron bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra bu faslda Amudaryo yuqori oqimida xurmo, Jettisuvda uzum o‘sa boshlaydi. Shimoli-g‘arbiy Yevropada vikinglar shimoliy Atlantika bo‘ylab suza boshladi. IX-X asrlarda ular Farer orollarini, Islandiya, Grelandiya orollarini kashf yetdi. XI asr boshlarida Amerika qirg‘oqlarini ochadi. Orol va Kaspiy hududida harorat o‘zgarishga qarab kengayib yoki torayib turadi.
Ikkinchi ming yillikda ayniqsa 2 faslga e’tibor berishimiz kerak.
IX-XI asrlarda kechgan iliq fasl.
XIII-XIX asrlarga oid kichik muzlash davri.
Angliyada 1-klimatik optimum davrida issiq quruq yoz bilan seryomg‘ir qishlar xos bo‘lgan. 2 faslda esa, kichik muzlash davrida Angliya orollarida asosan janubiy va g‘arbiy yo‘nalishda shamollar esib turgan. Undan so‘ng Yevropa iqlimi soviy boshlaydi. Bu davrda beqaror sovuq iqlim butun O‘rta Osiyo davlatlariga ta’sir ko‘rsatdi.
Xisob-kitoblarga ko‘ra kichik muzlash davri boshlangandan so‘ng harorat 1,5 gradus pasayadi. Natijada dehqonchilik o‘simligi yetishtirish vegetatsiya fasli 21 kunga qisqaradi. Aynan shu davrda Markaziy Osiyo tog‘larida o‘rmonlar hududi 200 metr pastga qarab kengayadi.
XV asrda Arktika muzliklari Grelandiya, Islandiyani muz bilan qoplaydi. Avval paydo bo‘lgan qishloqlar yo‘q bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishi natijasida ozuqaning balansi yo‘qoladi. Bu davrda Rossiyada ham muammolar ko‘payadi. Ocharchilik yuz beradi.
XVI – XVII asrda asta – sekin harorat ko‘tarila boshlaydi. ammo XVIII-XIX asrda yana soviydi. Bu iqlim o‘zgarishlar hammasi ob-havoning sirkulyatsiyasiga bog‘liq. Yevropa shamollari sirkulyatsiyasida ob-havoning turli-tuman o‘zgarib turishiga olib keladi.
Iqlim asosan janubiy g‘arbiy shamol bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu ham Golfstrim ta’siri. XII-XIII asrlarda Angliyada o‘rtacha yozgi harorat 16,3 gradusga, qishki harorat 1,2 gradusga teng bo‘lgan. Kichik muzlash davrida esa XVI-XVIII asrda o‘rtacha yozgi harorat 1,5 gradus, qishki harorat -3,2 gradusga teng bo‘lgan. Norvegiya, Islandiya muzliklarining kuzatilishi ularning xajmi XII asrga kelib kamayishi va 17-18 asrlarda ko‘payishi kuzatilgan. Shu bilan birgalikda muzliklar maydoni kengayib, okean sathi pastga tushadi.
XVIIIasrda okean sathi hozirgiga nisbatan 17-20 metr pastga tushadi. Mana shu o‘zgarishlar insoniyat ijtimoiy hayotiga ta’siri katta bo‘lgan.
Yevropada kichik muzlash davrida nikoh cherkovda o‘tgan, kelin kuyovlarni daftarga yozilgan. yoshi mana shuncha deyilgan. Sovuq iqlim faslida nikohlar kamayib, kelin kuyovlarning yoshi oshib boradi. Angliyada XVI asrda qizlar 27 yoshga chiqqanda turmushga chiqqan, 1700 yili esa bu ko‘rsatgich 30 yoshga chiqadi. XIX asrda 23 yoshga tushadi.Norvegiya mamlakatida XIX asrda qizlar 16-17 yoshda voyaga yetsa, XX asrda esa balog‘at fasli 13-14 yoshga tushadi. Shu bilan birgalikda issiq fasllarda odamlarning yashashi, ya’ni yoshi uzayganligi kuzatilgan. Iqlim o‘zgarishlarining boshqa omillari ham insonlarga ta’sir qiladi. Turli yepidemiyalar tarqaydi. Hayvonlar, o‘simliklar turli tuman klimatik sinovlarga duch keladi. Uzoq Sharqda ham turli tuman xodisalar manbalarda uchraydi. Jumladan, Yaponiyada Sakura (yovvoyi olcha guli) bayrami nishonlanadi, shuningdek birinchi qor yog‘ishi bayrami ham nishonlangan. Kuzatishlarga ko‘ra ikkinchi ming yillikning boshida iliq iqlim xukmron bo‘lgan, 2 yarmida esa sovuq iqlim xukmron bo‘ladi. Odatda issiq iqlim faslida Yaponiyada qurg‘oqchilik kuzatilgan.
O‘rta Osiyo yozma manbalariga ko‘ra 9-11 asrlarda qurg‘oqchilik xukmron bo‘lgan. Harorat xozirgidan yarim gradus baland bo‘lgan, daraxtlar quriy boshlaydi, yillik yomg‘ir hajmi 55mm past bo‘lgan. Bu Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmiylar davriga, ya’ni turkiy elatlarning faollashgan davriga to‘g‘ri keladi. Lekin XII asrda harorat 2,5 gradusga baland bo‘lsada, yog‘ingarchilik hozirgidan 150 mm. Balandroq bo‘lgan. Kichik muzlash davri boshlanadi. Saxrolar ko‘karib o‘simlik o‘sa boshlaydi. Kaspiy maydoni kengayadi, sovuq qish sellar ko‘payadi.
XII asrda dehqonchilik maydonlari kengayadi. Orol dengizida suv sathi ko‘tariladi, Yangikent shahri suv ostida qolib barbod bo‘ladi. 1170 yili Sulton Ma’sud o‘zining 100 minglik qo‘shini bilan muzlab qolgan Amudaryodan kechib yurish qiladi.
1218 yili Muhammad Xorazmshoxning Bog‘dodga boshlagan yurishi nihoyatda ko‘p qor yog‘ishi natijasida to‘xtaydi.
XIII asrda boshlangan iqlim o‘zgarishi global tarzda kechadi. 1230 yili qaxatchilik natijasida Smolensk shahri aholisi qirilib ketadi. Shimoliy Amerika ham iqlim sovishi natijasida daryo sohillari, o‘rmonlar yo‘qolib bepoyon dashtlarga aylanadi.
Ular mashg‘ul bo‘lgan ibtidoiy dexqonchilik barbod bo‘ladi. Hayvonot dunyosi ham o‘zgaradi. Bizonlar tarqaydi. Xind qabilalari o‘zlarining dexqonchiliklarini tashlab bizon ovlashga o‘tadilar. XIV asrda qor, yomg‘ir ko‘payib hozirgiga nisbatan 130 mm. baland turadi. Bu Amir Temur davridan harorat xozirgidan 3 gradus past. O‘rta Osiyoda XVI asrga kelib harorat hozirgiga nisbatan1 gradusga ko‘tariladi, yog‘in kamayadi. Tog‘ muzlklarning xarakati to‘xtaydi. Rossiya arktikasida muzlar erishi natijasida dengiz kemalari suza boshlaydi.XVII-XVIII asrlarda harorat xozirgidan 1 gradus baland, yog‘in esa xozirgidan 100 mm, kam bo‘lgan.

Oxirgi 2 000 yerda yerning iqlimi garchi bu davrda ham bosqichlar ajralsada ancha barqorordir. Er.av. oxirgi asrlarda Yevropada sovish va nam iqlim kuzatiladi. Bu davrda muzliklarning hajmi kengayadi, dengizlarda shtormlar tez tez bo’lib turadi. [Paseskiy s. 55]. Eramizning boshlariga kelib harorat ortadi. 100 yillarga oid yozma manbalarda Shimoliy Italiyada uzum va olivka yetishtirila boshlandi. Shimoliy Afrika Rim imperiyasining bug’doy bazasiga aylantiriladi [Grubbin Dj. 1980. S. 112; Salares R. 1995. S. 83].


Markaziy Osiyoda III – IV asrlarga kelib, bir asrlik isish va aridizasiya sodir bo’ladi va natijada Osiyo dashtlarida hukmronlik qilgan xunnlar ommaviy migrasiya qilishga majbur bo’ldilar hamda bu Yevropa yozma manbalaridan ma’lum bo’lgan xalqlarning buyuk ko’chishiga turtki berdilar.
Xitoy, hind, fors, rimning IV – V asrlarga oid yozma manbalarida Qadimgi Dunyo davlatlari shimoliga xunnlarning kirib kelishi haqida qayd qilingan.
Ancha iliq iqlim sharoitlari er.av. I ming yilliklarda sodir bo’lgan. yozma manbalarning xabar berishicha, Amudaryoning yuqori qismida palma daraxtlari o’sgan va Semirechyeda uzum yetishtirilgan.
Yevropaning shimoli-g’arbida Shimoliy Atlantika bo’ylab vikinglar erkin suzishga chiqadilar. Ular Farer orollarini, Islandiyani, Grenlandiyani (IX – X aa.) kashf qiladilar. Ular XI asrning boshlarida Shimoliy Amerika sohillarigacha yetib borganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud [Paseskiy, s. 56-57].
Kaspiy va Orol dengizi materiallari asosida iqlim o’zgarishlari ularda suv sathining tarnsgressiyasi va regressiyasi bsqichlari sifatida qayd qilinadi. Ular havzalarining darajalari qarama qarshi fazada almashinib turgan. Surxondaryo vohasi makonlari materiallariga ko’ra bu yerda I ming yillik boshlarida I ming yillikning ikkinchi yarmiga nisbatan ko’proq makonlar vujudga keladi.
IV – V asrlarda O’rta Osiyo va Yaqin Sharqning qurishi natijasida antik davr sivilizasiyalarining inqirog’i sodir bo’ladi. Parfiya va Kushon davlartlari halokatga uchra ydi. Rim imperiyasi va Xitoy ham inqirozni boshidan kechiradi.
IV asrlarda butun Yevrosiyoda ko’plab yer qimirlashlar yuz beradi [Borisenkov L.Ye., 1989. S. 247].
VII – VIII asrlarda O’rta Osiyoda nam salqin iqlim sharoitlari boshlanadi va u I ming yilliklar oxirida issiq iqlim bilan almashinadi.

II ming yillik iqlimi



Oxirgi ming yillikda ikkita asosiy fazali bosqichlar ajratiladi:
kichik iqlimiy optimum IX – XII aa. va
kichik muzlik bosqichi XIII – XIX aa., bu davrda sovuq beqaror iqlim ko’pchilikni tashkil qiladi va bu barcha o’rta asrlar davlatlari iqtisodiga ta’sir ko’rsatadi.
Angliyada iqlimiy optimum davrida quruq yoz va nam qish mavsumlari xaraktrli bo’lgan.
Katta qishki yog’ingarchilik bosqichlari iliq yozgi harorat bilan birga kelgan. Kichik muzlik bosqichlarida Angliyada janubiy va g’arbiy yo’nalishlardagi shamollar ko’pchilikni tashkil etgan. Yevropa iqlimining maksimal optimumi XII – XIII asrlarga to’g’ri keladi, undan so’ng iqlimning masum ichidagi o’zgarishlarining kuchayishi kuzatiladi va bu boshlanib kelayotgan sovuq iqlim uchun xarakterli edi.
Amerika kontinentida daraxatlar xalqalarini tahliliga ko’ra 1 ming yillikning boshlaridagi iliq iqlim 1 ming yillikning ikkinchi yarmida sovuq iqlim bilan almashinadi [Paseskiy, s. 62 i sl.].
Kichik muzlik bosqichiga o’tishda Yevropada butun XV asr davomida o’rtacha harorat 1,3 – 1,4o S ga tushib ketadi, ekinlar vegetasiyasi jarayonlarining davomiyligi 3 haftaga qisqaradi. Markaziy Osiyoda o’rmonlar chegarasi 200 m ga pasayadi. Polyar muzliklari Grenlandiya va Islandiya qirg’oqlarini siqib qo’yadi va bu Grendlandiyadagi qishloqlarning halok bo’lishiga olib keldi, bunga epidemiyalar ham sabab bo’lgan, biroq bu iqlim o’zgarishlarining natijasida yuz bergan. XV asrda Angliyada Markaziy Angliyada qishloqlar sonining kamayishi kuzatilgan.
XV asrning og’ir iqlim sharoitlari Rusda ham o’z ta’sirini o’tkazgan va bu qishloq xo’jaligida o’z aksini topgan.
XVI – XVII asrlar iqlimning isishi bilan xarakterlanadi, XVIII – XIX asrlarda esa yangidan sovish boshlanadi. Bularning barchasi Yevropada donning narxiga ta’sir ko’rsatdi va bu yozma manbalarda qayd qilingan. XIX asrda iqlimning isishi kuzatiladi.
Kaliforniyada daraxtlar xalqalarini tahlil qilish natijasida XVII – XIX asrlarda keskin isigan va sovigan qisqa muddatli bosqichlar sodir bo’lganligi aniqlandi. O’sha bosqichning bir yildagi va bir oydagi iliq va sovuq haroratning tafovuti 1-8o Sni tashkil qilgan. Bu holat turli regionlar va iqlimiy anomaliyalar shakllanishidagi mahalliy xususiyatlarda sirkulyasiya jarayonlarining rolini yana bir bor ko’rsatadi. Umuman, Yevropada eng yengil qishlar janubi-g’arbiy shamollar bilan bog’liqligi aniqlangan. Angliya uchun XII – XIII asrlarda o’rtacha yozgi harorat 16,3o C, qishki harorat esa – 1,2o S ni tashkil etgan.
Kichik muzlik bosqichida XVI – XVIII asrlarda o’rtacha yozgi harorat 15,3o S, o’rtacha qishki harorat – 3,2o S ni tashkil qilgan. Norvegiya va Islandiyaning muzliklariga ko’ra, muzlarning minimal qalinligi ??? m, maksimal qalinligi esa XVII – XVIII asrlardagiga mos kelgan.
Muzlik hadmining kengayishi dengiz sathining pasayishi bilan birga kechgan. XVII – XVIII asrlarda dengiz sathi pasayadi va XVIII asrda dengiz sathi hozirgidan 17 sm past bo’lgan.
Ushbu barcha iqlim o’zgarishlari odamlarning iqtisodiy, sosial va biologik hayotiga ta’sir ko’rsatgan. Ma’lumki, iqlimiy optimum davrida Imlandiya erkaklarining o’rtacha bo’yi 173 sm, XVIII asrda esa 166,8 sm. XX asrning 50-yillariga kelib bu ko’rsatgich 177,4 sm ga yetadi.
Noqulay iqlim bosqichlarida nikohlar soni kamayadi va odamlar ancha kech turmush qurishadi.
Angiliyada XVI asrda nikohdan o’tishning o’rtacha yoshi 27 yoshni, 1700 yilga kelib esa ayollar uchun ushbu ko’rsatgich 30 yoshgacha oshdi, XIX asrda u 23 yoshni tashkil qildi. Norvegiyada jinsiy uyg’onish qizlarda XIX asrda 16-17 yoshni, XX asrda esa bu ko’rsatgich 13-14 yoshga tushib ketdi.
Shuningdek, iliq iqlim sharoitlari bosqichida odamlarni umr ko’rishi o’rtacha vaqti ham ortib borio’shi aniqlangan.
Iqlim o’zgarishlari bilvosita oqibatlarni ham keltirib chiqargan: epidemiya, saranchaning hujumi va h.k.lar.
Yaponiya materiallariga ko’ra, o’rta asrlarda sakuraning gullashiga va birinchi qor tushishiga bag’ishlangan bayramlar qayd qilingan. Ana shu kuzatishlarga ko’ra Yaqin Sharqda ham II ming yillik boshlaridagi iqlim optimumi II ming yilikning ikiknchi yarmiga kelib sovuq iqlim bilan almashingan. Ta’kidlash joizki, Yaponiyada iqlimiy optimum davrida kuchli qurg’oqchilik kuzatilgan. Qurg’oqchilik Yaponiyada XIX – XX asrlarning ayrim yillarida ham kuzatilgan stoletiya [Paseskiy, s. 62-78].
O’rta Osiyo materiallariga ko’ra, IX – XI asrlar aridizasiya davri bo’lgan va o’rmonlarning yo’qolib ketishi davri bo’lgan, harorat hozirgidan 0,5o S yuqori bo’lgan va yillik yog’inlar 55 mm ga kam bo’lgan. Bu davrlarda Samoniylar, Xorazmshoxlar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlatlari tarkib topadi. XII asrda harorat hozirgidan 2,5o S ga yuqori va yog’inlar yiliga 150-170 mm ko’proq bo’lgan. Bu aridlashuvning yumshashi va dashtlarning janubga kengayishi bilan bog’liq kichk muzlik davrining boshlanishi edi. Kaspiy dengizining navbatdagi transgressiyasi ham shu davrga to’g’ri keladi. Shu davrda ob havo kataklizmalari, qorsiz sovuq qishlar, qurg’oqchilik va toshqinlar, tog’larda ko’chkilar va sellar tez tez bo’lib turadi.
O’rta Osiyoning ilgari qurg’oqchilik bo’lgan rayonlarida chorva dalalari paydo bo’ladi. Boshqa tomondan, yer osti suvlarining ko’tarilishi Jenddagi Yangikent shahrining halokatiga olib keldi [Gangnus A. 1991. S. 28]. Shuningdek, Orol dengizida suv sathi ko’tarilganligi, Sariqamish botig’ining suv bilan to’lishi va Uzboy bo’ylab suvning Kaspiyga quyilganligi ham qayd etiladi.
1170 yilning qattiq qishida Qoraxoniylardan bo’lgan Ma’sud o’zining 100000 kishilik qo’shini bilan Amudaryoning qalin muzlaridan o’tganligi ma’lum [Petrov. 1981. S. 14].
1218 yilda kuchli qor yog’inlari xorazmshoxlardan bo’lgan Muxammadning Bog’dodga harbiy yurish qilishiga to’sqinik qilgan. Sharqiy Yevropada bu davrda kuchli qurg’oqchiliklar yuz beradi, hosildorlik pasayadi. 1230 yilda Smolensk shahri deyarli to’liq tanazzulga uchradi [Borisenkov Ye.L., 1988. S. 147].
Shimoliy Amerikada iqlimning sovishi baland o’tli preriyalar va daryolar vodiylardagi o’rmonlarning yo’qolib ketishiga sabab bo’ldi. Mola dehqonchiligi halokatga uchradi. Past bo’yli o’simliklarning tarqalishi oqibatida bu yerlarning faunasi ham o’zgardi. Hindular bizonlarni ixtisoslashgan ov qilish usuliga o’tadilar [Grubbin Dj. 1980. S. 110].
XIV asrda plyuvialning maksimumi kuzatiladi, harorat hozirgidan 3 o S ga pastroq bo’ladi va yog’inlar esa yiliga hozirgidan 130 mm ga yuqori bo’ladi.
XVI asrda haroratning hozirgidan ko’ra 1 o S ga isishi kuzatiladi, yog’inlar esa hozirgidan yiliga 110 mm kamroq bo’lgan. Alp va Kavkazdagi muzliklarning harakati to’xtaydi. Rus Arktikasida dengizchilar muzsiz dengizlardan Taymirgacha o’tib boradilar.
XVI asrning ikkinchi yarmi – XVIII asrlarda O’rta Osiyoda harorat hozirgidan yiliga 1o S ga yuqori, yog’inlar esa yiliga 100 mm kamroq bo’lgan.
XVII asrda Yevropada sovish bo’lib o’tadi. Londonla 1683 yilda Temza daryosi muzlab qolgan [Grubbin V. 1980. S. 112].
Tuproq mineral va qoyatosh bo’laklarining aralashmasi hisoblanib, qolgan qismi esa notirik organizmlar, suv va havodan tashkil topgan. Tuproq shakllanishga ega, qisman qoyatoshlar mayda bo’laklarga bo’linib, ular vaqti bilan tuproq hosil bo’lishida qatnashadi.
Demak, tuproq ham abiotik omillar sirasiga kirib, jonsiz qoyatoshlar va mineral bo’laklardan tashkil topishi ma’lum qonuniyatga asoslangan. Tuproq o’z tarkibiga bakteriya, zamburug’, hashoratlar va chuvalchanglarni ham oladi. Tuproqning hosidor qismi uning tarkibidagi gumus bilan bog’liq. Tuproq qum, loy va gumusning turli komponentlarini bir biri yuilan bog’laydi.
Rachel Carson (1907–1964) mashhur atrof muhit yozuvchilaridan sanalib, AQSH dagi Baliq va yovvoyi tabiat nashriyotidagi 15 yillik faoliyatidan so’ng o’zining ijodini yozuvchilikka bag’ishladi. U tomonidan “Silent Spring” nomli kitob nashrdan chiqadi. Unda pestitsidlarning zarari va ular olib keladigan kasalliklar zikr etilgan.

Tuproq zararlanishi


Hosildor yerlar o’simlik unib chiqishi uchun zarur hisoblanadi. Hosildor yerlar shakllanishi yuz ming yillarga borib taqaladi. Yomg’ir yog’ib, yerni bo’shatib, uning ustki qismini oqizib ketadi, shamol ham uning ustki qismini ozi bilan uchirib ketadi. Tuproqning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib harakatlanishi- Eroziya deb ataladi. Eroziyaga uchragan yerlar daryo va kichik daryolar tomonidan yuvilib turiladi va quyosh nuriga to’sqinlik qilib fotosintez jarayoniini sekinlashtiradi. Bu esa baliqlar, molyuskalarga va boshqa organizmlarga talofat keltiradi. Eroziya tabiiy jarayon, lekin u insoniyat tasiri ostida kuchayib boradi, ekinzorlar haydalib, o’rmonlar kesilishi oqibatida yerlar ochiq holga kelib qolmoqda. Ochiq holdagi yerlarni esa shamol va yomg’ir osonlik bilan yuvib oqizib ketadi 1.

Tuproq resursi


Tuproq yer qobig’ining yuza unumdor qismidan iborat bo’lib, tabiiy tarixiy jismdir. Uning qalinligi o’rtacha 18-20 sm ni tashkil etib, Yer yuzasining turli joylarida bir necha mm dan 1,5-2 metrgacha bo’ladi. Tuproqning hosil bo’lish jarayoni bir necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Bunda tuproq hosil qiluvchi tog’ jinsi bilan, suv, havo, harorat, o’simlik va hayvon organizmlari, ayniqsa mikroorganizmlar o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Tuproqning eng muhim hossasi, uning unumdorligi hisoblanadi, ya’ni o’simlikni suv havo va ozuqa moddalar bilan ta’minlash hususiyatiga ega.
Tuproq barcha elementlarni o’zida saqlab, ularni suv bilan yuvilib ketishidan asraydi. Tuproqning gumusi, uning umumiy unumdorligini belgilab beradi.
Tuproq inson omilining ko’pgina ta’sirlariga nihoyatda sezgir. Tuproqning unumdorligi ko’pincha inson faoliyatiga bog’liq.
Tuproq barcha moddiy farovonligimiz manbaidir, u oziq-ovqat mahsulotlari, chorva uchun yem-xashak, kiyim-kechak uchun tola, yog’och materiallari va boshqalarni beradi.
Tuproq noyob tabiiy resurs hisoblanadi. O’zbekistonda umumiy yer fondining atigi 10%i sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik maydonlari 4,2%ni tashkil etadi.
Mamlakatimizning yalpi qishloq xo’jalik maxsulotlarining 95%i ana shu sug’oriladigan yerlardan olinadi. Yerlarning o’zlashtirilishi va foydalanilishi natijasida sho’rlanishning darajasi ortib bordi. Paxta maydonlari ko’pchilikni tashkil etib, bu soha tuproq unumdorligini pasayishiga, tuproq xossalarini o’zgarishi va eroziyani kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun tuproq resursidan foydalanganda, uning meliorativ xolatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni sistemali ravishda olib borish kerak.
Haydalma erlardan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishda ekologik nuqtai nazardan asoslangan ekinlardan foydalanish, tuproq gumus miqdorini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq unumdorligin qayta tiklash va ekinlarni ekishni keng qo’llashda, yem-xashak va don ekinlarini navbatlab ekish, yaxshi samara beradi.
Respublikamizda paxta ekin maydonlari qisqartirilib, g’alla ekin maydonlari ortib bormoqda.
Tuproq murakkab tizim bo’lib, u doimo rivojlanishda va o’zgarishda.
Suv, shamol va antropogen omillar tuproqga salbiy ta’sir etishi natijasida uning ustki unumdor qatlamini yuvilib va uchib ketishiga eroziya (lotinchada erosia – kemirilish, emirilish) deyiladi. eroziya jarayonlari kelib chiqishiga ko’ra, normal, tezlashgan va antropogen eroziyalarga ajratilad.

1-sxema


Tuproq eroziyasi




Antropogen


Tezlashgan


Normal



Shamol eroziyasi yoki deflyatsiya tuproqning quruq va mayda zarrachalarini shamol ta’sirida uchirilishidan kelib chiqadi. Quruq, yengil, qumoq tuproqlar, nam tuproqqa nisbatan bunday eroziyaga ko’p uchraydi. Shuning uchun qurg’oqchil rayonlarda shamol eroziyasi uchraydi.
Suv eroziyasi ko’pincha sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanadigan, qiyalik joylarda kuzatiladi. Bunda o’simlik uchun zarur bo’lgan gumus va boshqa ozuqa elementlari yuvilib ketadi. Unumdorlik pasayib sug’orish shahobchalari ham ishdan chiqadi.
Antropogen eroziya – suv va shamol bilan bog’liq ravishda insonning xo’jalik faoliyatini noto’g’ri yurgizilishi tufayli yuzaga keladi.
O’simlikni normal o’sishi va rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, tuproqning yuza qatlamida natriy, kaltsiy, magniy, tuzlarining to’planishi sho’rlanish deyiladi.
Sho’rlanish Misr, Iroq, Hindiston, Tojikiston, Markaziy Osiyo va boshqa qurg’oqchil rayonlarida keng tarqalgan.
Har yili Yer shari bo’yicha tuproqni sho’rlanishi natijasida 200-300000 ga sug’oriladigan erlar ishdan chiqadi. O’zbekiston bo’yicha tuproqning sho’rlanish darajasi nisbatan barqaror.
Tuproqning ifloslanishi, pastitsidlardan noto’g’ri foydalanish tufayli kelib chiqadi. Pestitsidlar barqaror moddalar hisoblanib, tuproqda ko’proq to’planadi va tuproq organizmlarni nobud bo’lishiga olib keladi. Tuproqda pestitsidlarning to’planishi va organizmlarning nobud bo’lishi, tuproq hosil bo’lish jarayoniga va unumdorlikning pasayishiga sabab bo’ladi.
Tuproq ifloslanishi qishloq xo’jalik ekinlariga meyyoridan ortiq mineral o’g’itlar berilishi ham sabab bo’ladi. Bunda tuproqning holati e’tiborga olinishi lozim.
Bundan tashqari yoqilg’i-surkov moylarini saqlash va tashishda ham ifloslanadi. Bu moddalar tuproqning biologik aktivligini pasaytiradi. Neft qazish va qidiruv ishlari ham tuproqni ifloslanishiga olib keladi, natijada tuproq yuzasida bitum hosil bo’ladi, shuningdek burg’ulash ishlarida foydalaniladigan suyuqliklar tuproqni sho’rlanishiga olib keladi, bu esa shu erdagi o’simliklarni nobud bo’lishiga sabab bo’ladi.
Havodan sanoat chiqindilari hisoblangan turli xil chiqindilar atmosfera yog’inlari bilan tuproqga tushib, uning hususiyatlarini o’zgartiradi.
Tuproq maishiy xo’jalik chiqindilari bilan ham ifloslanadi. Bunga turli xildagi ahlatlar, politelin plyonkalar va boshqa xil qadoqlash chiqindilari tuproqni ifloslaydi.
O’zbekiston Respublikasida «Yer haqidagi kodeks» 1998 yil joriy etildi. Bundan tashqari Yerdan to’g’ri foydalanish, uni muhofaza qilish va Yer yagona davlat mulki ekanligi qayd etilgan, bir qancha qarorlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda Yerdan foydalanish, muhofaza qilish va nazorat qilish masalalari bilan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamda Yerlarni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi (Goskomzem) shug’ullanadi.
Yerlarni muhofaza qilish qonuni buzilgan taqdirda tartibga chaqiriladi, zarur topilganda hatto chora ko’riladi (1-jadval).
1-jadval
O’zbekiton Respublikasi er fondi







1986

1987

1988

1989

1990

1

Shudgor qilinadigan erlar

4276,6

4353,0

4367,4

4248,1

4176,5

2

Ko’p yillik o’simliklar

322

329,0

337,1

351,6

366,8

3

Bekor yotgan erlar

50,5

54,4

52,5

60,4

62,1

4

O’tloq va yaylovlar

23560,1

23477,2

23516,3

23506,3

23475,0

5

Tomorqalar

239,3

249,5

257,0

399,2

451,3

6

O’rmonlar

1405,0

1431,2

2021,9

1404,9

1410,1

7

Tayyorlanayotgan erlar

136,1

145,7

1380,0

101,6

103,7

8

O’zbekiston Respublikasi maydoni

44884

44884,4

44884,4

44884,4

44884,4

Tuproq shо‘rlanishi


Masalan: Iroqda sug‘oriladigan maydonlarning 50 % ga yaqini, Amerikada esa 27 % dan ortiqroq maydon shо‘rlangan. Tuproq shо‘rlanishi agrobiotsenoz (sun’iy) va biotsenozlar (tabiiy) hosildorligini tо‘satdan cheklab qо‘yadi, organizmlarning tur tarkibi va ekotizimlarning xilma-xilligini kamaytiradi va hududlarni chо‘lanishiga olib keladi.
SHо‘rlanish Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalaridagi yerlarni zararlagan. Asoslanmagan holda yerlarni о‘zlashtirish, suv taqchilligi va Orol dengizi suvining kamayishi hisobiga 1991 yildan e’tiboran, О‘zbekistonda kо‘plab yerlarni о‘zlashtirish tо‘xtatildi.
Tuproq eroziyasi
Tuproqnnig hosildorligiga salbiy ta’sir qiladigan omillar:
- shamol eroziyasi (deflyatsiya);
- suv eroziyasi. 2-rasm.
Deflyatsiya. Shamol ta’sirida mayda tuproq bо‘lakchalari uchib ketadi va tuproqda qum miqdori oshadi. Deflyatsiya ta’sirida tuproqda gumus miqdori kamayadi va agroximik, suvning fizik xossalari yomonlashadi. Deflyatsiyaga uchragan yerlar Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Ayniqsa, sezilarli darajada deflyatsiya Orol dengizi qurishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchraydi. Orol dengizining qurigan tubidan chang, qum, tuz kabilar О‘zbekistonning yuzlab kilometr masofalariga tarqalmoqda.

Tuproqning degumidlanishi (degumifikatsiya)


Keng miqyosda sug‘orma dehqonchilik uchun yerlarni о‘zlashtirish hamda yaylovlardan oqilona foydalanmaslik chо‘llanishning о‘ziga xos turi ­– tuproqning degumidlanishi (degumifikatsiya) yoki tuproqning oriqlanishiga va hosildorliknnig pasayib ketishiga olib keladi.
Degumidlanish (lot.de-ajralish, pasayish, humus – tuproq, facere-qilmoq) deganda organiq qoldiqlarning sernam va kislorod yetishmaydigan sharoitda biokimyoviy jarayonlarga uchrab, parchalanmay qolishi tushuniladi. Bu - gumusning yо‘qotilishidir. Gumus yо‘qotilishi atrof-muhitda chо‘llanish jarayonini kuchaytiradi va irrigatsion eroziyani keltirib chiqaradi. Yaylov tuproqlarining oriqlashi – chorva mollarini bir maydonning о‘zida haddan tashqari kо‘p boqish natijasida о‘simlik qoplamining degradatsiyasi paydo bо‘lishidandir.
О‘zbekistonda tuproqning past va juda past gumus bilan ta’minlanganligi (0,4 % dan 1,0 % gacha) butun sug‘oriladigan yerlarning 40 % ini egallaydi (1,7 millon gektar yer).

О‘simlik qoplami degradatsiyasi


О‘simlik qoplami degradatsiyasi - (tur tarkibi, zichlik va holatning о‘zgarishi) chо‘llanishning eng kо‘p tarqalgan va oson aniqlanadigan jarayonlaridan biridir. Degradatsiya - (fran. Degradation – asta-sekin yomonlashuv) – biron bir narsa yoki holatning son va sifat jihatdan oldingi holatidan yomonlashuvi, yemirilishi.
Degradatsiya – hosildorlik kamayishi, fotosintetik faoliyat va о‘simlik qoplamining landshaftni muvozanatlab turadigan funksiyasini pasayishi bilan izohlanadi. Asosiy sabab esa, inson ta’siri va shuningdek, kuchayadigan salbiy omillardir (masalan: qurg‘oqchilik, bug‘lanish va boshqalar).
Yaylovlar degradatsiyasi. Chorva mollarining ortiqcha о‘tlatilishi, о‘tloqlarda qayta tiklanish jarayonlarini olib bormaslik (fitomelioratsiya) natijasida yaylovlarning degradatsiyasi kuzatiladi.
О‘zbekistonda qishloq xо‘jaligida 22 million gektar yaylovdan foydalaniladi, shundan: 17,4 million gektar – chо‘l; 4 millon gektar – adir; 1,0 million gektar – tog‘; 0,6 million gektar – baland tog‘ (yaylov) hududlariga tо‘g‘ri keladi.
Chо‘llanish natijasida:
yaylovlarda hosildorlik pasayadi;
chorva mollari yemaydigan begona о‘tlar kо‘payadi;
yaylov tiplarida barqaror va rang-barang turlar yо‘qolishi yuz beradi;
tur tarkibi kamayadi;
chorva mollarini boqish uchun yaroqsiz bо‘lgan ochiq yalangliklar paydo bо‘ladi.

Tuproqning pestitsidlar va mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi

Kо‘p yillar davomida paxta yakkahokimligining olib borilishi va almashlab ekishga rioya qilmaslik, chorvachilikka e’tibor berilmaslik (chorva mollaridan olinadigan organik о‘g‘itlar taqchilligi) natijasida, keng miqyosda, yerga mineral о‘g‘it va pestitsidlarni qо‘llashga olib keldi. Bularning hammasi tabiiy biologik jarayonlarning buzilishiga, tabiatni boshqarib turadigan mexanizmlarning degradatsiyasiga olib keldi, tuproqning mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi kuchaydi. Ushbu jarayonda kimyoviy preparatlarning samaradorligi past koeffitsiyentga egaligi tufayli 30 % dan ortiq fosfor-kaliyli va 50 % dan ortiq azotli о‘g‘itlar о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilmay, tuproqdan yuvilib ketadi, bu esa, о‘z navbatida, yuza va yer osti suvlarini tuz, zaharli ximikatlar, og‘ir metallar va boshqa xavfli moddalar bilan zararlaydi.
Qishloq xо‘jaligi organik, mineral о‘g‘itlar va о‘simliklarning kimyoviy himoya vositalarisiz rivojlanmaydi. Shu sababdan ham respublikamizning har bir hududlarida maqbul dozani qо‘llash zarur.
Og‘ir metallarning yuqori miqdori tuproqda sanoat rivojlangan shaharlar (Toshkent, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq) atrofida kо‘zga tashlanadi.
Respublikamiz hududidagi sug‘orma dehqonchilikda xlororganik pestitsidlarning parchalanishi va migratsiyasi kuzatiladi. 1983 yildan e’tiboran, DDT preparatidan foydalanish tо‘xtatilgan bо‘lsada, hamon yuqori qoldiq miqdori tuproq namunalarida kuzatiladi. GXSG (geksoxlorsiklogeksan)ning tuproqda tо‘planishi kam darajada, chunki bu preparat suvda yaxshi eriydi va u dalani sug‘orish orqali yо‘qotiladi.
Keyingi yillarda, pestitsidlardan foydalanish keskin pasaydi. Amalda GXSG, tiodan, sevin kabi preparatlardan foydalanilmaydi. Ularning о‘rniga, yuqori biologik faol moddalar hisoblanadigan karate, danitol, detsis, simbush kabi preparatlar ishlatilmoqda, chunki ular inson organizmi uchun past toksiklik xususiyatiga ega.

Yaroqsiz yerlar sifatini yaxshilash

Shо‘rlangan yerlar melioratsiyasi. Sug‘orma dehqonchilikda yerlarning ikkilamchi shо‘rlanishi jiddiy muammo hisoblanadi.
Ikkilamchi shо‘rlanishning asosiy sababi - quvursiz, yer zaxini qochirmasdan sug‘orishdir. Bunda grunt suvlari kо‘tarilib, mineralizatsiya jarayoni oshadi, sug‘orish meyorini oshirish va suvdan oqilona foydalanmaslik esa ikkilamchi shо‘rlanishga olib keladi.

Eroziyaga uchragan yerlarning hosildorligini tiklash. Bu borada meliorativ va о‘rmon meliorativ tadbirlarini, tabiiy ekotizim va agroekotizim munosabatidagi mutanosiblikni (balans) saqlash, agrolandshaftlarni rekultivatsiya qilish zarur.



Degumidlangan (oriqlagan) tuproq hosildorligini tiklash. Tuproq haydalma qatlamidagi organik moddalar zahirasini saqlash uni biologik usullar bilan (hududlarga optimal о‘t о‘simliklar ekish) qayta ishlash masalasini, organik о‘g‘itlarni qо‘llash, yerlarni qayta ishlashni mukammallashtirish, kaliforniya chuvalchangi bilan organik chiqindilarni qayta ishlash, gumusning optimal holatini tiklashni talab etadi.
Yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish. Bunda agrotexnik tadbirlar, shuningdek mavjud о‘simliklarning hosildorligini oshirishda о‘g‘itlardan fydalanish, begona о‘tlarni yо‘qotish, toshlardan tozalash, suv rejimini boshqarish talab etiladi. Bu tadbirlarni qо‘llash hisobiga, yaylov va pichanlar hosildorligi 1,5 - 2,5 marta oshadi.


11Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 (109- bet).


Download 59,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish