Mavzu: o ’ tish davri va bozor iqtisodiyoti


 Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal



Download 356,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana26.02.2022
Hajmi356,28 Kb.
#467959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O’tish davri va bozor iqtisodiyoti. PDF

1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal 
qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan 
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini 
mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday 
iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob 
topish kerak bo’ladi: 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur? 


10 
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida 
ishlab chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi? 
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib, kim 
uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy 
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan 
an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot 
va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni 
o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va 
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band 
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga 
olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori 
darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot 
va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga 
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda 
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona 
foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab 
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib 
borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu 
tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi. 
Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi 
cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib 
kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. 
Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning 
yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa 


11 
chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi 
nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda 
tarmoq ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki 
taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O

z-
o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan 
holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida 
zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish 
hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-
asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit 
yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va 
faoliyati barqarorlashadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi 
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib 
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida 
namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona 
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining 
ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda 
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining 
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol 
o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko

p darajada 
resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu 
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va 
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga 
yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi 
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab 
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming 
resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning 
talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib 
beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni 


12 
yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur 
bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib 
beradi. 
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil 
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o
4
ziga xos javob bo’ladi. 
Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: 
-
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi; 
-
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; 
-
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash. 
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga 
yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy 
resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy 
texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali 
faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga 
bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi 
resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning 
narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan 
hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni 
bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. 
Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt 
o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi 
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta 
o

zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo

lib qolishi mumkin. 
Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim 
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu 
o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi 
tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni 
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, 


13 
resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. 
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi 
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi. 
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib 
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi 
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi 
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi 
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha 
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va 
qanday qilib ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob 
beriladi: 
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli 
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi; 
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini 
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; 
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan 
ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va 
barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor 
iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali 
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi 
resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga 
yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha 
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani 
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda 


14 
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab 
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim 
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy 
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida 
shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday 
uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan 
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi 
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni 
majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik 
va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi. 
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor 
iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va 
korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik, 
sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib ke-
ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda 
foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-
million kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. 
Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir 
qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan: 
-
uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va 
ko‘nikishining yuqori darajasi; 
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy 
etishning jadal sur’ati; 
-
turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; 
-
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; 
-
cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish 
darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish 
imkoniyati. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik 


15 
va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u 
o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo'yadi va 
hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita 
asosiy manbai mavjud: 
1)
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan 
quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan 
yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-larning qo‘shilib ketishi, 
kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari 
(masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni
qo‘llash 
- bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik 
ta’sirining pasayishiga olib keladi; 
2)
bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning 
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi 
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, 
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; 
g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya 
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar 
mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani 
qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, 
aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan 
yirik ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham 
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga 
ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos 
keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi 
tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday 
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini 
bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri 


16 
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga 
taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va 
xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi. 
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o

rtasidagi ro'y berib turadigan nomuvofiqlikni 
bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning 
qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik 
yoki salbiy jihatlari ham mavjud: 
-
atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza 
qilish mexanizmining mavjud emasligi; 
-
resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi; 
-
mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi; 
-
fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning 
yo‘qligi; 
rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bo

lib turishi hamda ijtimoiy 
ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining 
mavjudligi. 
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan 
hamda ko‘pIab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning 
moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy 
talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan 
bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog’liq. Aksariyat 
rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini 
mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga 
umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib 
keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda 
iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv 
oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. 


17 

Download 356,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish