4
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun
xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi
ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan
shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi.
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy
evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib
qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini
ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining
muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil
bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab
chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi
erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida
tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor
etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari
5
iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning
tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi.
Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari -
ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda
iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli
qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari
uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat
sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini
yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul
daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo
Ј
jaligida
tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini
yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul
daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab
6
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida
tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
1-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari о’zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta
tarkibiy qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z
navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat kurashming mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir.
Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu
iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning
Bank
Korxona (firma)
Davlat
Uy xo`jaligi
7
birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy
adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy
belgilari:
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning
shaxsan erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun
ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal
qiladi. Uning asosiy belgilari:
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning
bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro
miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
8
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining
vujudga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |