Uchinchi bo`limda esa Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo‘llash tartibi bo`lib bu bolim 2 ta bobga ajlatilgan Nomoliyaviy va Moliyaviy aktivlarga.
Nomoliyaviy aktivlarga asosiy vositalar va ularning eskirishi, Tovar moddiy zaxira, noishlab chiqarish aktivlari, asosiy vositaga qo`yilmalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar kiradi
2. Asosiy vositalar hisobi
Nomoliyaviy aktivlarga birinchi navbatda Asosiy vositalar kiradi
Asosiy vositalar - ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarki-biga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 ba-robaridan arzon boʻlmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-sonli BHMS aynan asosiy vositalar haqida bo`lib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-oktabrda, 114-son bilan tasdiqlangan. Bu standart 10 ta paragrafdan iborat bolib ular:
Umumiy qoidalar
Asosiy vositalarning kelib tushishi
Asosiy vositalarni baholash
Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar
Asosiy vositalarni qayta baholash
Amortizatsiyani hisoblash
Asosiy vositalarni ta’mirlash
Asosiy vositalarning chiqib ketishi
Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
Axborotni yoritib berish
Mazkur standartning maqsadi mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyotini aniqlash hisoblanadi.
Asosiy vositalarni hisobga olishdagi asosiy qoidalar asosiy vositalarning aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi shart bo‘lgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
c) Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilash huquqiga ega.
d) Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
e) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
f) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;
g) ko‘rpa-to‘shaklar;
h) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
i) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari;
J) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshooatlar, moslamalar va qurilmalar;
k) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
l) qonunchilik hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlarning quyidagi schyotlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi keltiriladi:
01 “Asosiy vositalar”;
02 “Asosiy vositalarning eskirishi”;
03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar”
“Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
010 “Turarjoy imoratlar”;
011 “Noturar joy imoratlar”;
012 “Inshootlar”;
013 “Mashina va jihozlar”;
015 “Transport vositalari”;
018 “Kutubxona fondi”;
019 “Boshqa asosiy vositalar”
Mulkka egalik, xo‘jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning qiymati korxona balansiga kiritilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati korxona balansiga: kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul qilish-topshirish, obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarid qilish, ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari, tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha), ayirboshlash, tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish, qiymati aniqlab bo‘lingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmala, xo‘jalik jamiyatining ta’sischilari tarkibidan chiqayotganda yoki tugatilayotgan xo‘jalik jamiyatining mulki ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanayotganda asosiy vositalarni olish, asosiy vositalarga mulkka egalik, xo‘jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqini qo‘lga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida kiritiladi.
Asosiy vositalarni baholash esa ularni sotib olgandagi barcha xarajatlar yani sotuvchiga to`lanadigan umuyiy summa va yetkazib kelish va o`rnatish xarajatlari hisoblanib balansga olinadi. Xarid qilingan asosiy vositalar haqini to‘lash bilan bog‘liq bank xizmatlari, shu jumladan akkreditiv ochish, xorijiy valyutani o‘tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun bankka vositachilik haqi to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek shartnomani tayyorlash va ro‘yxatga olish xarajatlari asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Agar shartnoma shartlarida xarid qilingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo‘yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to‘lovning umumiy summasi o‘rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri davomida joriy to‘lovning kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og‘irligiga bog‘liq holda moliyaviy xarajatlarga (foizlar bo‘yicha xarajatlarga) olib boriladi. Chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek mazkur standartning 11-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, aniqlanadi.
Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar asosiy vositalardan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy naf oshganda ularning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajatlar sifatida tan olinishi lozim. Asosiy vositalarni qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirishga xarajatlar, ular tugatilganidan so‘ng, agar ular natijasida asosiy vositalar ishlatilishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari (foydali xizmat muddati, quvvati, qo‘llash sifati va h.k.) yaxshilansa (oshsa), bunday obyektning boshlang‘ich qiymatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |