Qo‘zg‘alishni to‘xtatib o‘tkazish. Nerv markazining bu xossasi ham sinnaps faoliyatiga bog‘liq. Afferent tola bo‘ylab yuqori tezlikda o‘tayotgan impulslar markazga kelib ma‘lum vaqtga to‘xtab qoladi. Chunki markazda qo‘zg‘alish bir yoki bbir nechta sinapsdan o‘tishi kerak. Qo‘zg‘alishning sinapsdan o‘tishi quyidagi uchta asosiy jarayondan iborat. Nerv oxirlariga yetib kelgan impulslar ta‘sirida mediator ajraladi. Mediator sinaps yorig‘idan o‘tib, postsinaptik membranaga ta‘sir qiladi va bu membrananing ion o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial hosil qiladi. Qo‘zg‘alishning markaz ichida afferent neyrondan efferent neyronga o‘tkaziladigan vaqti refleksning chin yoki markaziy vaqti, deb ataladi. Monosinaptik refleks yoylarida bu vaqt 1,5-2 ms. Polisinaptik reflekslarning markaziy vaqti ikki, uch va bundan ko‘p marta oshadi.
Refleksning markaziy vaqti uning umumiy vaqtini bbir qismini tashkil qiladi. Refleksning umumiy vaqtiga markaziy vaqtdan tashqari, retseptorning qo‘zg‘alishi uchun zarur bo`lgan vaqt, qo‘zg‘alishning afferent va efferent tolalarda o‘tkazilishi uchun ketgan vaqt va ishchi a‘zoning latent davri kiradi. Refleks yoyining tuzilishiga ko‘ra, refleksning umumiy vaqti 4-5 millisekunddan 20 sekundgacha bo`lishi mumkin.
Qo‘zg‘alishlar ritmini o‘zgartirish. Tabiiy sharoitda ma‘lum markazga afferent tolalar orqali kelayotgan va undan efferent tolalar bo‘ylab ketayotganni bir vaqtda qayd qilsak, bu impulslarning ko‘rsatkichlarida farq borligini ko‘rish mumkin. Birinchi galda bu impulslar chastotasining teng emasligi bilinadi. Demak, markaz o‘ziga keluvchi impulslar ritmini o‘zgartira oladi. Bu hodisa ritmning tranformatsiyasi deyiladi. Nerv markazlari yakka stimullar bilan ta‘sirlanganda, qo‘zg‘alishlar ritmining transformatsiyasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Afferent tola orqali berilgan yakka stimulga javoban markaz odatda bir nechta efferent impuls shakllaydi.
Nerv markazlarining charchashi. Baqa umurtqa pog‘onasining bel qismini ochib, orqa miyaning orqa ildizi ostiga elektrodlar o‘rnatiladi. Elektrodlar orqali berilgan ketma-ket ta‘sirotlar shu segmentning oldingi ildizi nnervlaydigan muskullarni qo‘zg‘atib, qisqartiradi. Ta‘sirlash uzoq vaqt davom ettirilsa, muskullarning qisqarishi tobora sustlashib, oxiri yo‘qoladi. Shu vaqtda muskulga oldingi ildizni ta‘sirlab, impulslar berilsa, muskulning qisqarish qobiliyati saqlanib qolganini ko‘ramiz. Demak, orqa ildizga berilgan ta‘sirot markazdan o‘tay qolgan. Bu tajriba avvalo nerv markazining charchashini isbotlaydi.
Nerv markazlarining charchashi neyronlararo sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishining buzilishi bilan bog‘liq. Bu buzilish nerv oxirlaridagi mediatro keskin kamayib ketishi, postsinaptik membranadagi retseptorlarning mediatorga sezgirligining kamayishi, sinaps faoliyatini energiya bilan ta‘minlovchi moddalarning kamayishi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |