Mavzu: Natyurmort janrida kompozitsion ranglar xususiyatlarining ahamiyati



Download 4,65 Mb.
bet1/23
Sana18.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#819290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
БМИ -Хуршид 2022


MAVZU: O’QUVCHILARNING GRAFIK SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Reja:


KIRISH
I BOB. ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ГРАФИК САВОДХОНЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МЕТОДИКАСИНИНГ НАЗАРИЙ АHАМИЯТИ
1. O’quvchilarning grafik savodxonligini oshirish omillari
2. Umum ta’lim maktablarida grafik ishlarni standart asosida bajarishi.


II BOB. O’QUVCHILARNING GRAFIK SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASIНИНГ АМАЛИЙ АHАМИЯТИ

  1. Мактабда чизмачилик фанини ўқитишнинг амалдаги hолати

  2. Чизмачилик дарсларини ўқитишда интерфаол методлардан фойдаланиш

  3. Ўқувчиларнинг график билим-малакаларини баhолаш



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishning hal qiluvchi uchinchi bosqich mutaxassisning har tomonlama yetuk bo`lishini taqazo qilmoqda, ya`ni uning sifatiga alohida e`tiborni qaratishni talab etmoqda.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida chizmachilik ta`limi rivojlanib borayotgan mustaqil davlatimiz xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnologiyaning yaratilishi va joriy qilinishida, zamonaviy ishlab chiqarish, fan – texnika taraqqiyotining jadallashtirilishida hamda inson amaliy faoliyatida tutgan o`rni bilan belgilanadi. Maktab chizmachilik kursi ta`limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o`quvchilarning tabiat va texnikani ko`rgazmali idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga, ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab o`rganishiga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o`qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Hozirgi zamon fan sohalari bir-birlari bilan uzviy bog`langan. Shu sababli maktab o`quv predmetlarini bir-biridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Predmetlarga bog`lanish o`rta maktabda fanlarni har tomonlama mukammal o`rganishning sharti va vositasi bo`lib hizmat qiladi.
Umumiy ta`lim va kasb hunar maktablarini isloh qilishning asosiy vazifalari orasida o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammosi hozirgi kunimizdagi eng muhim bo`lgan masalalardan biri bo`lib qoldi.
Ma`lumki, umum ta`lim maktabida mehnat va politexnika ta`limning sifati o`quvchilarning grafikaviy savodxonligiga ham boғliqdir.
Har qanday fan bizni o`rab turgan borliqning qonuniyatlarini o`rganadi va o`z izlanishlari bilan tabiat bilimini boyitadi. Bu fan narsalarning geometrik xususiyatlarini tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o`lchamlari va o`zaro joylashishlari hamda metrik va pozitsion masalalarni echish algaritmlarini o`rganadi. Bu bilan O`quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi tasvirlarni yasash va ularni o`qiy bilishga o`rgatadi. Yuqoridagi usul va bilimlar yordamida proektsiyalash usullariga asoslanib jismlarning tekislikdagi chizmalari hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonun1, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1999 yil XIV sessiyasi2 qarorlarini hayotga tadbiq etish maqsadida fan o`quvchilari oldiga qo`yilgan barkamol avlod tarbiyasi vazifasini amalga oshirish, tayyorlanayotgan kadrlarning mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish ta`lim tizimining eng muhim masalalaridan biri ekanligi ko`rsatib o`tilgan. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi” asosida3 chizmachilik fanini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitilishini yanada tashkillashtirish, hozirgi kunimizning dolzarb muammolaridan biridir. Shuning uchun O`quvchilarni hozirgi zamon mashinasozlik chizmalari bilan tanishtirish va ularni murakkab bo`lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o`qishga va o`z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o`rgatishdan iborat.
Ўқитишнинг янги моделини педагог фаолиятга тадбиқ этиш ўқув тарбия жараёнини янги педагогик техналогиялар билан бойитишни тақазо этмокда
Мактабда бошқа фанлар қатори чизмачилик ўқув предмети hам ўзининг дарс машғулотларини янги педагогик техналогиялар ташкил этишга киришиши албатта бу фаннинг дарс ва машғулотлар самарадорлигини оширилишига тўла имконият яратади.
Bitiruv malakaviy ishini shakllantirishda grafik ta’lim rivojiga xissa qo’shgan Respublikamiz olimlaridan A.Umronxo’jayev, G.Tubayev, Sh.Abduraxmonov, E.Ro’ziyev, I.Raxmonov, N.Hurboyev, Ch.Shokirova, S.Saydaliyev va boshqalarning ilmiy manbalari o’rganib chiqildi.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish