11 - Ma’ruza. Bozor islohotlari va unining O‘zbekistondagi xususiyatlari
Reja
1. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
2. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari
1. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqti-sodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revo-lyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyatbo‘lgan qonun ustu-vorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayoti-mizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda»1.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy- yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo‘lib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoliqilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’-minlash;
o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash soha-sida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish2.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy negizini mustahkamlash;
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiy-lashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqa-rorlashuvini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |