birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
ikkinchi yo‘nalish – Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish;
uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash asosida taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llari (modellari) ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyilining maz-munini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi? Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikr-mulohaza-laringizni bildiring.
Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga qanday vazi-falarni qo‘yadi? Bu vazifalarning to‘laroq tavsifini bering.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik faoliyati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat dastur-larini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil qiling.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan milliy taraqqiyotimiz alohida davrlarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Bu davrlarda qanday iqtisodiy chora-tadbilar amalga oshirildi?
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor vazifalarini so‘zlab bering.
1 И.Каримов. Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. Т.: “Ўзбекистон”, 2013.4-бет.
2 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: «Ўзбекистон», 1995, 19-б.
3 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333-бетлар.
4 Қаранг: И.А. Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон, 2000, 15-бет