Mavzu: Mutaxasislik fanlarini o’qitishning didaktik tamoyillari va ularga rioya qilish metodikasi
MUNDARIJA
I
|
Kirish
|
|
II
|
Asosiy qism
|
|
2.1
|
Mehnat ta'limi metodikasi va uning didaktik asoslari
|
|
2.2
|
Mutaxasislik fanlarni o‘qitishning tashliy shakllari va metodikasi
|
|
2.3
|
Mutaxasislik fanlarni o’qitishda zamanoviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish
|
|
III
|
Xulosa
|
|
IV
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
V
|
Ilovalar
|
|
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Har bir fan yuzasidan ko‘pgina metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda va buni dars jarayonlarida qo‘llash bilim samaradorligining oshishiga yordam bermoqda. Masalan, buni tarix darslarida ham ko‘rish mumkin. O‘quvchilar Vatanimiz va dunyo tarixini darslar davomida o‘zlashtirish jarayonida qiyinchiliklarga, to‘siqlarga, turli davrlarni taqqoslashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun davrni to‘g’ri anglab, uni hozirgi zamon bilan solishtirib bilishida ayniqsa, didaktik o‘yinlarni qo‘llash, guruhlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish o‘quvchining fikrlash qobiliyatini oshiradi. Buning uchun tarixiy davrning mavzularini o‘zlashtirishda: mavzuni qismlarga bo‘lgan holda, taqqoslash va solishtirish, davrlarning xususiyatlarini analiz-sintez qilish va kombinatsiya qilish, ijobiy va salbiy xususiyatlarini keltirish, hozirgi zamon bilan o‘xshash, farql ijarayonlarini qo‘llash fanni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Darsning sifatli samaradorligiga erishish uchun qisqa takrorlash darslarini qo‘shimcha tarzda kiritib borish, mavzularni puxta egallanilishini ta’minlaydi. Yurtimizda pedagogik texnologiyalarini qo‘llash XX asrning 90-yillarida boshlandi. Pedagogik faoliyatda innovatsiya va interaktiv usullar, ,,klaster”, ,,baliqskleti”, ,,estafeta tayoqchasi”, ,,beshinchisi ortiqcha”, ,,tezkor blits so‘rovlari”, ,,zig-zag” usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilar birgalikda, hamjihatlikda yoki yakka-individual ishlab darslarda qatnashadi.
O‘quvchilarda bilim olishga intilish va bilim olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu faoliyat asosan ,,o‘qituvchi-o‘quvchi”, ,,o‘quvchi-o‘qituvchi”, ,,o‘quvchi-o‘quvchi” ta’sirida dars samaradorligiga erishishni ta’minlaydi.
Tarix o‘qitishda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida o‘tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxshi manzaralarini shakllantirishda jonli va yorqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar qo‘llash, o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, qiziqarli tarixiy ma’lumotni ,,intervyu”, yoki ,,telefon” (ma’lumotlar aytilib bir-biri bilan fikr almashish) metod va usullaridan foydalanish –noan’anaviy metod usullaridan biridir.
Yosh o‘sib kelayotgan avlodni yetuk shahs sifatida tarbiyalashda tarix fani o‘qituvchilarining alohida ahamiyatga ega. Ularning siyosiy ongini rivojalantirish va davlatimizda olib borilayatgan ishlarni to‘liq siyosiy anglay olishi va tahlil qila olishi juda muhim. Shu nuqtayi nazardan xalq ta’limi muassasalari dars jarayonlarida zamonaviy metodlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |