Mavzu: Mutaxasislik fanlarini o’qitishning didaktik tamoyillari va ularga rioya qilish metodikasi mundarija


Bilim, ko'nikma va m alakalarni о‘



Download 244,57 Kb.
bet14/20
Sana19.05.2022
Hajmi244,57 Kb.
#604758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Maxsus fanlarni o’qitishning didaktik tamoillari va ularga rioya qilish metodikasi

Bilim, ko'nikma va m alakalarni о‘zlashtirishning mustahkamligi va puxtaligi. Yuqorida tilga olingan tamoyillar unumli mehnat asosida va unum li mehnat jarayonida mehnat ta’lim ini berishni, ya’ni o'quv ustaxonalarida ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashini ko'zda tutadi.
Biroq unumli mehnat va uning obyektlari o'quvchilar uchun tushunarli bo'lishi, bajariladigan ishlar ularning qo'lidan keladigan bo'lishi kerak. Mehnat ta’limi hamda unumli mehnatning bir butunligidan ta’lim ning tarbiyaviy xususiyatga ega ekanligidan iborat didaktik tamoyillar kelib chiqadi.
Zero, unumli mehnat o'quvchilarning texnik bilimlarini o'zlashtirish hamda ularning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Bu o'rinda quyidagi so'zlarni eslatib o'tish o'rinlidir: yosh avlodni o'qitish bilan baravar unumli mehnatga o'rgatmasdan turib kelgusi jamiyatning oliy maqsadini tasavvur qilib bo'lmaydi, chunki unumli mehnatsiz o'qitish va bilim olmasdan turib unumli mehnat qilish ham texnika va fanning hozirgi darajasi talab qilgan yuksaklikka yetisha olmagan bo‘lar edi. Mehnat ta’limi o'quvehilarni moddiy boyliklar yaratishda qatnashishi uchun shart-sharoit tug'diradi.
Chunonchi, ko'pgina maktablarda o'quv ustaxonalari orqali korxonalar; otaliqqa olingan bolalar bog'chalariga o'yinchoqlar va asboblar tayyorlashda yordam ko'rsatilm oqda, ta’lim-tarbiya m aqsadlarida va xo'jalik ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan turli ashyolarni tayyorlashmoqda. Shu bilan birga, mehnat ta'limi darslari o'quvchilarga unumli ijodiy mehnatning yaratuvchanlik rolini chuqurroq tushunish va his etishlariga yordam beradi. Biroq, o'quvchilarning unumli mehnati mehnat ta’limi hamda tarbiyasining asosi sifatida ta’lim-tarbiya vazifalariga bo'ysundirilishi lozimligini unutmaslik shart. Binobarin o'quvchilar tomonidan tayyorlanadigan mehnat obyektlari mehnat ta'limi dasturi talablariga to'la javob berishi kerak. Ularni tayyorlash esa o'quvchilarning qo'lidan keladigan bo'lishi, ya’ni ularning rivojlanish darajasiga, jismoniy kuch va bilim imkoniyatlariga tushunarli bo'lishini osonlik deb tushunmaslik kerak. Oson o'quv materialini o'quvchilar qiynalmasdan o'zlashtiradilar, bu esa ularning aqliy faolligi va ijodiy mustaqilligining rivojlanishiga unchalik yordam bermaydi.
Mehnat ta’lim ining tushunarli bo'lish tamoyili talablarini hisobga olib bajarish o'quvchilarning qo'lidan keladigan ishga mos vaqt me'yori belgilash juda muhimdir. Mehnat ta’lim ining tushunarli bo'lishi foydalanavotgan ta'lim metodlariga, ko'rgazmali vositalarga, darsning material bilan qanday ta’m inlanganligiga, o'qituvchining darsga qanday tayyorlanganligiga va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Bunda o'quvchilar faqatgina o'tilayotgan darsni o'zlashtirib qolmay, oldingi o'tilgan darslar yuzasidan malaka va ko'nikmalarni tamoyillashtiradilar, kerak bo'lib qolganda esa ishga tushirib amaliyot mobaynida qo'llaydilar.
Ongli va puxta bilimni o'zlashtirish maqsadida o'tilgan materiallarni tizimli ravishda takrorlab borish yangi materiallarni mustahkamlash choralarini ko'rish zarurligini nazarda tutadi. Bunga esa tushunarli bayon etish, mashqlar o'tkazish, ilgari o'tilganlarni o'z o'rnida takrorlash, o'quv materialini ohistalik bilan murakkablashtira borish, o'qituvchilarining bilimlarini. hisobga olib borish yo'li bilan erishiladi. O'quvchilar mehnatga doir texnik ma’lumotlarni esdan chiqarib qo'ymasliklari uchun o'qituvchi o'tilgan materiallarni muntazam ravishda so'rab turishi kerak. O'quvchilar texnik bilimlarni zarur darajada puxta o'zlashtirishi uchun o'qituvchi yangi materialni o'rgatish davomida o'tilgan mavzuni mustahkamlab borishi lozim.
Darsning ana shu tomoni o'qituvchiga o'quvchilarning mazkur mavzuni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradi. Binobarin mehnat ta’limi dastur talablariga to'la javob berish kerak, ularni tayyorlash esa o'quvchilarning qo'lidan keladigan bo'lishi, ya’ni ularning rivojlanish darajasiga, jism oniy kuchi va bilim imkoniyatlariga to'g'ri kelishi zarur. Bilim, ko'nikm a va m alakalarni o'zlashtirishning m ustahkam va puxta bo'lishi shunday o'quv jarayonini taqazo etadiki, unda o'quvchilar o'zlarining bo'lajak faoliyatlari uchun zarur bo'ladigan bilim, malaka va ko'nikm alarni iloji boricha asosliroq egallaydilar: ularni xotirada qayta tiklay oladilar hamda nazariy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanadilar.


Download 244,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish