Mavzu: Mutaxasislik fanlarini o’qitishning didaktik tamoyillari va ularga rioya qilish metodikasi mundarija


Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati



Download 244,57 Kb.
bet16/20
Sana19.05.2022
Hajmi244,57 Kb.
#604758
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Maxsus fanlarni o’qitishning didaktik tamoillari va ularga rioya qilish metodikasi

Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati.
Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma`lumot beruvchi nazariyalar ma`lum darajada pedagogika fani uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risidagi ma`lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Ma`lumki, har bir o’qituvchi-tarbiyachi, talaba o’z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo’lishi lozim. Ta`lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib, o’qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o’tmishdagi taraqiyotini bilish kerak. Masalan, pedagogika tarixi o’tmishda ta`lim-tarbiya borasida qanday kurashlar bo’lgani va qanday qilib ijobiy yoki salbiy yakunlangani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o’zgarishi tufayli pedagogik g’oyalar, tarbiya muassasalaridagi ishlarning mazmuni va metodlari qanday o’zgarib borganini, tarixda ijod etgan olimlarning pedagogik g’oyalari va ularning faoliyatlari bilan tanishtiradi.
O’qituvchi talabalarga bilim berish, ma`lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta`sir ko’rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya`ni ko’rsatilayotgan ta`sirning samarasini bilish uchun pedagog talabaning sezgi, idroki, tasavvur, diqat va tafakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishi va ularga asoslanib ta`sir ko’rsatish rejasini belgilaydi.

2.3. Mutaxasislik fanlarni o’qitishda zamanoviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish
Malumki har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvafaqqiyatli kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, o'z omilkorligini takomillashtirish ustida nechog'lik qunt va izchillik bilan ishlashiga bog'liq. O'qituvchilik kasbida esa o'z bilimdonligi, zukkoligi, kasb m ahorati ni takomillashtirish ustida u m r bo'yi m untazam ishlamay turib, el ardoqlagan, obro'-e'tiborli pedagog bo'lish m umkin emas. Chunki o'qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir.
O'qituvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalar asosida yangi shakl va mazmundagi kasbiy malaka berish ishi shunchalar keng qamrovli, ko'p qirrali, katta ko'lamlarga ega bo'lgan jarayondir Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining alohida bosqichi sifatida o'z oldiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadini q o ‘yadi, bu o‘quv maskanlari o'quvchilari chuqur umumilm iy bilimlarga va faoliyatning tanlab olingan sohasida zarur kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, ilmiy va ilmiv-pedagogik kadrlar tayyorlash ham ushbu ta’lim bosqichi doirasiga kiradi.
Bilish va voqelikni qayta o ‘zlashtirishning qudratli vositalarini olgan holda maxsus fanlar asoslarining mustahkam bilimlaridan foydalanibgina qolmasdan, ishlab chiqarishni tashkil etish, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish, tom m a ’noda moddiv va m a ’naviy madaniyatni o'z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy m a ’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan m u kam m al t a ’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va amaliyotga joriy qilish zarurligi ko'p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarning o'zi nima va an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg'or pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya» iboralari keng qo'llanmoqda. «Pedagogik texnologiya bu butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim sifati va samaradorligini oshirish vazifasini qo'yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olgan holda, bilimlar mazmunini ishlab chiqish, qo'llash va belgilashning tizimli uslubidir». Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha «tizimli uslub» ekanligi ravshan, qolgan barcha so'zlar pedagogik texnologiyaning tizimi sifatidagi tarkibiy elementlarini ifodalaydi. Ayni tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning o'qitishda boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Ta’lim maqsadlari, uning m azm uni, o'qitish va t a ’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o'zaro aloqa va bir-biri bilan bog'liqlikda loyihalashdan iborat. Masalan, axborotni eslab qolishga yo'naltirilgan, ta’lim oluvchining bo'lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliv boshqaruv va qarorlarni qabul qilish bilan bog'Iiq bo'ladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning ta’riflari (V. Bespalko, N .N . Azizxodjayeva, V. Guzeyev, V. Slastenin, I. Volkov, K.Tolipov, N.S. Saydaxmedov, M.V.Klarin , I. Lerner va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularnin g birontasi YUNESKO ta’rifi darajasiga ko‘tarila olmagan.
Aytib o'tilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to‘g‘risidagi axborotni M D H mamlakatlari, jumladan, 0 ‘zbekistonda tarqalishida V. Bespalko va M.V. Klarinlarning ta’siri kuchliroq, M.V Klarinning pedagogikadagi texnologik yondashuvining tarkibiy tuzilishi va m azm uni to'g'risida birmuncha to'laroq ma’lumotlar berilgan.
Pedagogik faoliyatda ba’zida «pedagogik texnologiya» tushunchasi bilan foydali bo'lsada, avval o'zlashtirilgan va texnologik qurilmagan o'qitish uslublari ataladi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya bu o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvdir.
U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya uslublari (o'zining boshlang'ich ma'nosida) dastlab o'qitishning harakatini namunaviy vazivatidagi (belgilangan qoida bo'yicha) o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’lim ning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan bog'liq.
Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalarning m a ’lum poydevori hosil qilinganidan kevingina, t a ’lim ning natijali produktiv va ijodiy yondashish uslublariga o'tish mumkin. Sanoatda «yuksak texnologiyalar» iborasi bor. Ular, odatda, juda murakkab bo'ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi. Fanning so'nggi yutuqlariga asoslanadi. Xodimlardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday bolsada, ular mahsulotning yuqori sifati va raqobatbardoshligini, pirovard natijada salmoqli foydani t a ’minlaydi.
Pedagogik texnologiyani o'qitishdagi «yuksak» uslubiyat qatoriga kiritish m um kin, a m m o uning joriy qilinishi katta sarf-xarajatlarni talab qilmaydi. Ta’lim sifatining kaliti pirovard oqibatda alohida o'quv yurti va aniq o ‘qituvchi deydigan bo'lsak, pedagogik texnologiyani o'zlashtirish asosan pedagoglarni o'qitishni talab qiladi. Pedagogikada o'quvchilarning t a ’lim 210 jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o'qitish usullari ishlab chiqilgan: muamoli o'qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o'yinlar, rollar bajarish, mavzuli o'qitish va hokazo. Am m o ular uzluksiz ta’lim tizimida keng qo'llaniladi, deb bo'lmaydi.
Bizning fikrimizcha, buning sababi har bir mashg'ulotlarga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko'zda tutishi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko'p vaqt sarflashni talab qilishida bo'Isa kerak. Odatda har bir bunday mashg'ulot ssenariysi o'ziga xos xususiyatiga ega va betakrordir. Tubdan farq qiluvchi t a ’lim turlarini ko'rib chiqamiz: og'zaki-ko'rgazmali, texnologik va izlanuvchanijodiy. Og'zaki-ko'rgazmali (illyustrativ) yondashuv bu an’anaviy bo'lib va asosan o'qituvchining axborot berishi, o'quvchilarning bilimni qabul qilishi, to'plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi.
Ma'lumot berish tizimida tayyor bilimlarni «o'qituvchi o'quvchilarga», bu bilimlarga ularning ehtiyoji va faollik darajasi bilan bog'liq bo'lmagan holda, bevosita berish mumkin bo'lgan imkoniyatdan kelib chiqadi. Shunga ko'ra o'qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni m a ’lum qilish va uni xotirada m ustahkamlash ustida ishlashdir.
Bunday o'quv jarayonida o'quv fanining soatlar miqdori, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar oralig'ida soatlar taqsimoti, dars o'tish joyi q at’iy belgilab olinadi. Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o'quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi. Maqsadga yo'naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni alohida o'qitish, lavhalarga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo'lgan ta’lim texnologiyasi g'oyasida mujassamlangan.
U asosan o'z ichiga quyidagi omillarni oladi (bunda qisqacha mazmuni berilgan):
— ta’limda um umiy maqsadning qo'yilishi;
— tuzilgan u m um iy maqsaddan aniq maqsadga o'tish;
— o'quvchilarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
— bajariladigan o ‘quv tadbirlarning majmuasi (bu bosqichda o'quvchilar bilan muloqot asosida ta’limga joriy tuzatishlar kiritilishi lozim);
— natijani baholash.
O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi uslubchi-o'qituvchilar guruhi pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqori roq malaka talab etiiadi.
Loyiha tayyor bo'lgach, o'qituvchi asosan tashkiliy va maslahatchi (ijodiy qo'shimchalar kiritish imkonini saqlagan holda) vazifalarni bajaradi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy vo'li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, o'quvchi bilan muntazam o'zaro aloqani o'rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan o'quvchining xatti-harakati orqali o'qitishdir. O'zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o'quv jarayonini to'liq qamrab olishi kerak.
O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limning yangi modeli, ya'ni yangi pedagogik texnologiya asosida dars mezonini boyitib borish zarurligi haqida nqtirib o'tilgan. O'quv jarayonini texnologiyalashtirish, dars mazmunini yangi axborot texnologiyalari bilan boyitish, hozirgi zamon talabidir. Pedagogik texnologiya bu o'qituvchi faoliyatini vangilovchi o'quv jarayonining belgilangan maqsad va mazmun asosida loyihalangan, shuningdek, o'quvchi shaxsini shakllantiruvchi, ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan omillar yig'indisidan iboratdir. Endi metodikaga kelsak, o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish (nazorat qilishning og'zaki, yozma, savol-javob, aralash, test va hokazo) va o'tkazish borasidagi tavsiyalar yig'indisidir. Yangi pedagogik texnologiya deganda o'qitish maqsadlarini yo'lga qo'yish, o'quv jarayonini tuzish va uni samaradorligini o'zida qamrab olgan, o'quv jarayonining to'liq boshqaruvchanlik g'ovasidan iborat bo'lgan mazmun tushuniladi.
Shunday qilib, ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o'zidan metodlar tizimini, ta’limning usullarini, o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyat ко'r sat ish imkoniyatlari va vositalarini, o'quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy natijalarga erishish mohiyatini mujassamlashtiradi.

Download 244,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish