Sana:____________________________
MAVZU: Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarga egalik qo’shimchalarini olgan otlar imlosini o’rgatish. Ularning lug’atini poy,xok,su-ruv so’zlari bilan boyitish;
b) o’quvchilarni kattalarga hur-mat, kichiklarga izzat ko’rsatish ruhida tarbiyalash. Ularni meh-natsevarlik, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: muammoli metod.
Darsning jihozlari: narsa rasmlari.
Darsning borishi:I.Tashkiliy qism.davomatni aniqlash. Davomatni aniqlash
II.O’tilgan mavzu—otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi yuzasidan o’quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o’qitiladi.
2. Lug’at diktant.
O’qituvchi ot so’z turkumidagi so’zlarni o’qiydi.
Rahbar, bahor, odob, tartib, sovg‘a, parta.
— So‘zlarga I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasini qo‘shib yozadilar. (Rahbarim, bahorim,…)
— Rahbarim so‘ziga qanday qo‘shimcha qo‘shilgan? (-im qo‘shimchasi qo‘shilgan.)
— Sovg‘am so‘ziga-chi? (-m qo‘shimchasi qo‘shilgan.)
— O‘ylang. Nima uchun rahbar so‘ziga –im, sovg‘a so‘ziga –m qo‘shimchasi qo‘shilgan? (Chunki rahbar so‘zi undosh tovush bilan tugagan, sovg‘a so‘zi unli tovush bilan tugagan.)
— Undosh bilan tugagan so‘zlarda egalik qo‘shimchasi –im, unli tovush bilan tugagan so‘zlarda faqat –m shaklida qo‘shiladi.
— Bu so‘zlarga II va III shaxs egalik qo‘shimchalarini ham qo‘shib ko‘ring. (Rahbaring, rahbari; sovg‘ang, sovg‘asi.)
O‘quvchilar qolgan so‘zlarga ham egalik qo‘shimchasini qo‘shib, farqini aytadilar.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yuqoridagi so‘zlarga egalik qo‘shimchalarini qo‘shib bil-dikki, egalik qo‘shimchalari undosh tovushlardan so‘ng: -im, ing, -i; -imiz, -ingiz, -lari; unli tovushlardan so‘ng: -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -lari shaklida qo‘shiladi.
IV.Mustahkamalsh.Darslik bilan ishlash.
162- mashq. O‘quvchilar she‘rni nuqtalar o‘rniga mos egalik qo‘shimchalarini qo‘yib, ifodali o‘qiydilar. Husnixat bilan yozadilar. So‘roqlar yordamida otlarni aniqlaydilar. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlab, ustiga yozadilar. Namuna. Barmoqchalari (III sh.), bayroqchalaring (11 sh.)
She‘rdagi jajji, ovunchoq so‘zlarining aytilishi va yozilishidagi farqni ko‘rsatadilar.
Jajji so‘zi jaji tarzida 4 tovush bilan aytilsa ham, 5 harf bilan jajji tarzida yoziladi..
Ovunchoq tarzida u tovushi o‘rniga i aytilsa ham, ovunchoq deb yoziladi.
Jajji so‘ziga ma‘nodosh so‘z topiladi. Jajji— kichkina, mitti.
162-, 163- mashqlar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |