Darsning metodi: mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: qushlar, hayvonlar rasmlari.
Darsning borishi:I.Tashkiliy qism.davomatni aniqlash. Davomatni aniqlash
II.Uy vazifasini tekshirish 154- mashq yuzasidan suhbat:
— She‘r nechta gapdan tuzilgan?
— Gaplarning maqsadga ko‘ra turini aniqlang.
— Birinchi gapda ot nimaning nomini bildiryapti?
— She’rda yana qanday qush nomlarini uchratdingiz?
— Tuvaloq, kaklik so’zlarini bo’g’inga bo’lib o’qing.
— She’rda qanday hayvonlar nomi bor?
— Qaysi so’zlarni yozishda qiynalasiz?
— Qumsichqon, yumronqoziq so’zlarini bo’g’inga ajrating.
— Matndan kim? So’rog’iga javob bo’lgan otlarni toping.
2. Mustaqil ish. Bekinmachoq so’zidan so’zlar hosil qilib, yozing. Bekinmachoq, …
Topgan so’zlaringizga so’roq bering. Qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlab, uning ustiga yozing. Yozgan otlaringizga ko’plik qo’shimchasini qo’shib ko’ring.
III.Yangi mavzu bayoni.Darslik bilan ishlash.
155- mashq. O’quvchilar matnni o’qiydilar. Ma’nosi tushu-narsiz so’zlarni o’qituvchi izohlaydi.
Lug’at ishi. Munavvar — nurli, yorug’. Tafti — harorati.
— Matndan nimalarni bilib oldingiz? — Quyosh, Yer nimalar ekan?
— Yerdagi hayot nimaga bog’liq?
— O’simliklarning o’sishi, odamlarning hayot kechirishi nima sababli ekan?
— Matndagi otlarni so’roq yordamida aniqlang. (Nima? Yulduzlar, Quyosh, Yer, hayot, o’simliklar va hokazo.)
— Qaysi otlar –lar qo’shimchasini olgan? (Yulduzlar, o’simliklar, odamlar.)
— Quyosh, Yer so’zlarini ko’plikda yozish mumkinmi? (Mumkin emas.)
— Nima uchun? (Chunki bu so’zlar yulduz nomlari. Quyosh ham, Yer ham dunyoda 1 ta.)
— Bu so‘zlar nima uchun bosh harf bilan yozilgan? (Chunki bu so‘zlar yulduzlarga atab qo‘yilgan.)
O‘quvchilar birlik va ko‘plikdagi otlarni ajratib yozadilar. Yozganlarini lug‘atga qarab tekshiradilar.
156-mashq. O’quvchilar topishmoqni o’qiydilar. Javobini topadilar. Ayrim so’zlar ma’nosi izohlanadi.
Lug’at ishi.
Dovon — tog’ va tepalikning oshib o’tsa bo’ladigan qulay joyi. Globus — Yerning kichraytirilgan shakli.
—Topishmoqdagi otlarni toping. (Koptok, shahar, qishloq, daryo, dengiz, tog’-dovon, qir, adir, o’rmon, Yunus.)
— Shu so’zlarga –lar qo’shimchasini qo’yib yozing.-Qaysi so’zni ko’plikda qo’llab bo’lmaydi? (Yunus so’zini.)
— Nima uchun?(Chunki bu ot 1 bolaning ismi.)
— Ikkinchi topishmoqdagi otlarning qaysi birini ko’plikda qo’llab bo’lmaydi? (Un so’zini ko’plikda qo’llab bo’lmaydi.)
— Nima uchun? (Chunki un sanalmaydigan narsa.) O’quvchilar –lar qo’shimchasini qo’llab bo’ladigan so’zlarni va ko’plikda qo’llab bo’lmaydigan so’zlarni ajratib yozadilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |