21.04.2017 149-dars
Mavzu: Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan qo’llanishi. 413-416- mashqlar
Maqsad: a) Ta’limiy: o’quvchilarga shaxs-son qo’shimchalari haqida tushuncha berish;
B) Tarbiyaviy: o’quvchilarni kasbga qiziqtirish, kasb tanlashga yo’naltirish;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilar nutqida fe'ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish.
Darsning uslubi: tushuntirish, mustaqil ish.
Darsning jihozi: mavzuga mos jadval, plakat, tarqatmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
davomatni aniqlash;
Sinfni darsga tayyorlash;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
YODDAN YOZUV DIKTANTI
Bog' yashaydi Uy yashnaydi
Bo'bon bilan. Bola bilan.
Dala yashnar Tog' yashnaydi
Dehqon bilan. Lola bilan.
Uyga berilgan vazifani tekshirib, o’quvchilarni baholayman.
III. Yangi mavzu bayoni.
413-mashq. Gaplarni o'qing. Harakatni bildirgan so'zlarni toping. Ularni ega bilan birga ko'chiring.
1. Men qushlarga don berdim. Sen kelgusida qaysi kasbni tanlaysan? U kattalar mehnatini qadrlaydi.
2. Biz ozod va obod Vatanda yashayapmiz. Siz qaysi kitoblarni o'qigansiz? Ular qishloq tongini kuzatdilar.
Ega orqali harakatni qaysi shaxs bajarayotganini aniqlang. Gapning egasi bilan kesimini birga ko'chiring.
Fe'llardagi oxirgi qo'shimchalar nimani bildiryapti?
Jadvalni kuzating. Shaxs-son qo'shimchalarini bilib oling.
Shaxslar
|
Sonlar
|
Birlik qo'shimchalari
|
Ko'plik qo'shimchalari
|
|
o'qidim, ishlayapman,
o'qimoqchiman, o'qiding, ishlayapsan, o'qimoqchisan, o'qidi, ishlayapti, o'qimoqchi
|
o'qidik, ishlayapmiz, o'qimoqchimiz o'qidingiz, ishlayapsiz, o'qimoqchislz o'qidilar, ishlayaptilar, o'qimoqchilar
|
Fe'llardagi -m, -man, -ng, -san, -di(-ti), -k, -miz, -ngiz, -siz, -di(lar) shaxs-son qo'shimchalaridir.
Shaxs-son qo'shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va ko'plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi.
IV. Mustahkamlash.
414-mashq. Harakatni bildirgan so'zlar oldiga kishilik olmoshlaridan mosini qo'yib, gaplar tuzing. Fe'lning qaysi shaxs-sonda ekanini ayting.
Aytdi, yozmoqchi, arralayapti.
Jadvaldan foydalangan holda shu fe'llarni I va II shaxs birlik va ko'plik qo'shimchalari bilan qo'llab yozing.
415-mashq. O'qing. Ajratib ko'rsatilgan fe'llarga so'roq bering.
TIL VA TISH
Til tishlarga dedi:
–– |_________ qachon o'z holimga qo'yasiz. Siz doim yo'limni to'sasiz. Men o'zim xohlaganimdek sizning manfaatingizga xizmat qilishni istayman.
— |___aqlning yo'l-yo'rig'i bilan ish tutamiz. Arzingni aqlga ayt, — chug'urlashdi tishlar.
Til bu javobdan o'ng'aysizlandi va Aqlga yorildi. Aql uqtirdi:
— |___ seni o'z vaqtida tiyib turmasak, sen egamizning yuzini shuvit qilasan, uni elning nazaridan qoldirasan.
(G'ani Abdullayevdan)
Shaxs-son qo'shimchalari yordamida harakatning qaysi shaxs tomonidan bajarilganini aniqlang va namunadagidek yozing.
Namuna: Siz qo'yasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |