164-dars Mavzu: O’quv yili oxirida takrorlash. So’z turkumlari. 458-460- mashqlar. Maqsad: a) ta’limiy: o’quvchilarning “So’z turkumlari” mavzusi yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash, mustahkamlash b) Tarbiyaviy: mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirish; c) Rivojlantiruvchi: “So’z turkumlari” mavzusi yuzasidan olgan bilimlarini amalda qo’llay bilish malakasini rivojlantirish. Darsning uslubi: musobaqa, savol-javob, test
Darsning jihozi: mavzuga mos plakat, tarqatmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
davomatni aniqlash;
Sinfni darsga tayyorlash;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.
1. So’z turkumlarini ayting.
2. Son deb nimaga aytiladi?
3. Fe’l so’z turkumining so’roqlarini ayting.
4. Fe’l yasovchi qo’shimchalarni ayting.
5. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni ayting.
SAYLANMA DIKTANT 1. (Maktabimiz oshxonasi) ozoda. 2. (Mehnatning tagi) rohat. 3.(Akamning) qiziq (kitobi) bor. 4. (Mening opam) bog'chada ishlaydi. 5. (Ovchining iti) yugurib ketdi. 6. (Valining velosipedi) bor. 7.(Eshikning kalitini) akamga berdim. 8. Suv to'lqinlari (daryoning qirg'og'iga) urildi. 9. (Bizning maqsadimiz) — tinch yashash. 10.(Yigitning mardini) maydonda sina. (Maqol)
III. Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
458- mashq. O'qing. Gaplarning maqsadga ko'ra turini ayting.
1.Qirqoyoqning ayrim turlarida 270 juft oyoqlilari ham uchraydi.
2. Siz chivinning tishi nechtaligini bilasizmi? Uning roppa-rosa 22 ta tishi bor.
Ko'chiring. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozing.
Fe'llarni topib, tagiga chizing.
459- mashq. Matnni o'qing. Abu Rayhon Beruniy ilm olishni va til o'rganishni qachon boshlagan ekan?
Men bolaligimda ko'proq bilim olishga intildim. Biz yashaydigan joyga bir yunon ko'chib keldi. Men har xil donlarni, urug'larni, mevalarni olib borib unga ko'rsatar-dim. Bu narsalarning uning tilida qanday nomlanishini so'rardim. Qog'ozga nomini yozib qo'yardim. Men shunday qilib yunon tilini o'rgandim.
Hamidjon Homidiy
Matnni ko'chiring. Kishilik olmoshlari va fe'llarning tagiga chizing.
V.Uyga vazifa:
460- mashq. -la, -illa yasovchi qo'shimchali fe'llardan yozing. Yozgan so'zlaringizning o'zak va qo'shimchalarini belgilang. Qavs ichida qaysi turkumga kirishini ko'rsating.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.