2.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tashkil topishi va rivojlanish xususiyatlari
1991 yilning 8 dekabrida Belorussiyaning hukumat rezidensiyasida (Viskuli shahrida) Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya va Ukraina Respublikalarining hukumat rahbarlari MDH davlatlari ittifoqini tuzish to‘g‘risida bitimni imzolashdi. SHu yilning 21 dekabrida Olma–Ota shahrida 11 ta suveren davlatlarning hukumat rahbarlari (Boltiq bo‘yi davlatlari va Gruziyadan tashqari) Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Moldova, RF, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina Respublikalari MDH ning teng huquqli davlatlari ekanligini qayd etuvchi Bayonnomani imzolashgan edi. 1993 yilning dekabrida esa, Gruziya ham MDH ga a’zo bo‘lib kirdi. MDH o‘z a’zolarining suveren tengligiga asoslangan bo‘lib, xalqaro huquqning mustaqil va teng huquqli sub’ekti hisoblanadi.
MDH doirasida mamlakatlarning muvofiqlashgan institutlari bo‘lib, uning boshqaruv organlari davlat va xukumat rahbarlari Kengashi, Ijroiya kotibiyati hisoblanadi. MDH Nizomida mamlakatlarning unga a’zo bo‘lish shartlari, maqsad va tamoyillari belgilab berilgan.
MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, xo‘jalik aloqalarini saqlash va kengaytirish, siyosiy ishlarga aralashmaslik, bir-biriga sun’iy ta’sir qilmaslik tarafdori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. MDH mamlakatlari bilan bo‘lgan munosabatda O‘zbekistonning o‘rni quyidagilardan iborat edi:
- MDHning barcha ishtirokchi-davlatlari o‘zaro manfaatlarini teng huquqli asosini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning ustuvor yo‘nalishda bo‘lish sharti;
- O‘zbekiston Respublikasi o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishda ixtiyoriylik tamoyilini saqlash tarafdorligi va boshqalar;
- MDH doirasida hamkorlikning iqtisodiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, a’zo- davlatlar bilan ikkiyoqlama va shuningdek har tomonlama olib borilayotgan iqtisodiy munosabatlarning barcha sohalarida teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan hakorlik qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud;
- MDH yordamida katta yo‘qotishlarsiz yangi mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorlik qilishlari uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar ham yaratib berilgan.
Jahon iqtisodiyotida MDH muhim tizim bo‘lib,12 a’zo- davlat, umumiy, shuningdek milliy davlat manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zaro foydali hamkorlikni amalga oshiradi. Davlatlararo hamkorlikning o‘zaro iqtisodiy munosabatlari MDH dirasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanib, ular quyidagilardir:
MDH doirasida maqsadlar amalga oshgunga qadar integratsiyaga sakrab o‘tmasdan, bosqichma – bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib erkin savdo zonalarini tashkil qilish;
MDH doirasida savdo – iqtisodiy hamkorlikning salohiyatni ko‘tarish;
MDH doirasida tovarlarning erkin harakatini ta’minlash va boshqalar.
Jahon iqtisodiyotida MDH koordinator va axborotchi rolini o‘ynab, a’zo davlatlar uchun yuqori darajadagi ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy va madaniy xo‘jalik sohalarida yuqori natijalarga erishish jarayonlarini tartibga soluvchi platformaga aylanishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu jarayonlar MDH davlatlarining jahon xo‘jalik tizimiga bosqichma – bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib kirishiga imkon beradi. Bunda samarali faoliyat yuritayotgan erkin savdo zonasining yaratilishi to‘laqonli bozor infratuzilmasi va xo‘jalik hamkorligi yuqori bosqichlarga o‘tishida ob’ektiv zarurat kasb etdi. MDHga a’zo davlatlar jahon xo‘jalik aloqalari tizmida, shuningdek iqtisodiy hamnafaslik darajasiga bog‘liq holda integratsiya jarayonlarining keyingi rivojlanish bosqichlarida va mintaqaviy birlashmalarida to‘laqonli qatnashish to‘g‘risida mustaqil qarorlar qabul qilganlar. Qabul qilingan qarorlarning amaliy bajarilishi esa MDH doirasida samarali hamkorlikda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |