5.O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan hamkorligining bugungi kundagi istiqbollari Kirish Mavzuning dolzarbligi: So‘nggi yillarda mamlakatimiz Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini sezilarli darajada faollashtirdi. O‘zbekiston MDH Iqtisodiy Kengashi, Hamdo‘stlikning Parlamentlararo assambleyasi va 20 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Maqsadlari milliy manfaatlarga javob beradigan boshqa tarmoq organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari hisoblanadi. 2020 yilning 9 oyida respublikaning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 8 059,5 million dollarni va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 29,3 foizni tashkil etdi.