II.2.Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodlari
Zamonaviy musiqiy darslarini badiiy - pedagogik asar deb hisoblash mumkin, chunki uni o’qituvchi o’z individual ijodidan va tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi uning badiiy – pedagogik g’oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham o’quvchilarda musiqaga qiziqishni o’stirish, ularga musiqa san’ati va madaniyatining ma’naviy mavzusini singdirish, zamonaviy musiqali – ijodiy faoliyatini anglash – bo’lar hammasi o’qituvchining ijodiy sohasiga kiradi.
O’qituvchi musiqa darsi rejasini tuzganda maqsad, vazifani, mavzusini, to’rini va o’qitish shakllarini, musiqa faoliyatlarini va ularni o’quvchilarga singdirish uchun kerakli metodlar, texnologiyalar va usullarni aniqlab, so’ng darsning stsenariysini tuzadi. Dars bir umumiy sxemada tuziladi. Har bir faoliyat turelari: musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodi, ritmik harakatlar – bir-biri bilan bog’lanib uzviylashtirilgan bo’lishi kerak. Bunda o’quvchilarni darsda faol qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, vositalar, metod usullari va yo’llari ishlatiladi. Ma’lumki, har qanday pedagogic texnologiya ta’limning yangi loyixasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoillariga asoslangan bo’lib, o’quvchi shaxsiga yo’nal`tirilgan bo’lishi kerak. O’qituvchi va o’quvchi, o’quvchi va o’qituvchilarning hamkorligi, o’zaro muloqoti, bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash malakalari shakllanadi. O’quvchining faol, samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’nal`tirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o’qtuvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o’quv materialini o’zlashtirishga sharoid yaratadi.
Pedagogik texnologiya to’rini tanlash dars va mashg’ulotlarda qaysi darajadagi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish nazarda tutilganligiga bog’liqdir.
O’qitish jarayonida qo’llaniladigan usullar juda ko’p. Bu usullar o’quvchilarning yosh hususiyatlariga, ko’pchilikni o’qitishga yoki individual ta’lim berishga mo’ljallangan bo’ladi. Darsning har bir elementini amalga oshirishda uning mohiyatini bolalar bilimi va hayotiy tajribalariga asoslanib tushuntirish lozim.
Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Chunki pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o’quvchi yoshlarni yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda amaliyotda pedagogik taxnologiyani qo’llash dars jarayonini demoqratlashtirish bilan birga o’qituvchi va o’quvchi hamkorligini hamda uning ijodkorligini rivojlantiradi. O’quvchi va o’qtuvchining doimiy do’stona munosabatda bo’lishi dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarning bilim doirasini o’stirishga asosiy omil bo’lmoqda.
Pedagogik texnologiya o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni aniqlovchi tizmli kategoriyadir.
“Texnologiya” yunoncha “Texnos” – mahorat, san’at va “Logos” – fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |