Interfaol
O`qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida do’stona muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr – mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish demakdir. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtiroq etgan holda, yakka, juftlikda, guruxlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu (axborot) ni o’zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarining juda ko’p usullari mavjud. Bu usullardan o’quvchining yoshi, psihologik hususiyati bilim darajasiga qarab foidalanish mumkin.
Aqliy hujum
“Aqliy hujum” – sinfdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub mohiyati “bir kalla – yaxshi, yigirmatasi undan a’lo” printsipi bo’yicha o’quvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan extimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlash istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlarni, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lmaganlarini ham inobatga olishdan iborat.
Bunda yaxshi idrok etilishi uchun ana shu fikrlarning barchasini doskaga yoki flipchart (mahsus yozuv qog’ozi)ga yozib boorish kerak. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan savol yoki muammoni to’g’ri tushunishga undashga imkoniyat beradi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish uslubiyati uch guruxga bo’linadi:
1. O’qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo tashlaydi va o’quvchilarga o’z fikrlarini aytishni taklif qiladi.
2. Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi) doskaga yoki flipchatga yozib boriladi.
3. Barcha fikrlar yozib olingandan keyin o’qituvchi o’quvchilar bilan birga g’oyalarni silliqlashtiradi, aytilgan fikrlarga tuzatishlar kiritiladi, keyinchalik ishdan foidalanish maqsadida ulardan eng muhimlari ajratib ko’rsatiladi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish qoidalari to’rt guruxga bo’linadi.
1. “Aqliy hujum” o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya etish lozim.
2. Belgilangan vaqt doirasida barcha hoxlovchilarga o’z fikrini bayon etish imkoniyatini berish kerak.
3. O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi lozim.
4. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrni aniq va qisqacha ifodalash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |