2. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qollaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan malum bolib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qollanilishiga qadar asosiy korsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, konikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bolmagan xodimlar ortasida ham qollanilishiga sabab boladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini malum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, yani qoplash muddati va rentabellik darajasi korsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bolgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga kora, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bolsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bolgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
bu yerda, I0 - boshlangich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) ortasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Misol-1. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.som miqdorida investitsiyalash kozda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar boyicha quyidagini: birinchi yilda 37750 ming som, ikkinchi yilda 42390 ming som, uchinchi yilda-47430 ming som, tortinchi yilda 51140 ming som va beshinchi yilda 60030 ming somni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (PP) necha yilga teng ekanligini aniqlang?
Bunda uch yillik pul tushumlari yigindisi boshlangich investitsiyalar miqdoridan kichik, yani yil 127570 ming somni tashkil etadi. Tort yil boyicha katta (178710 ming som) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining tortinchi yilgi faoliyatiga bogliqligini koramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming som) boshlangich investitsiyalardan (140 mln som) farqi 12430 ming somni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning tortinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini korsatadi, yani 12430/51140=0,24 koeffitsientni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, yani loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.
Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlangich summasi yillik tushumlarning (ortacha yillik) miqdoriga bolinadi. Bu korsatkich pul tushumlari yillar boyicha teng bolgan hollarda qollaniladi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy meyori (ROI) buxgalteriya hisoboti malumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan ortacha daromadni investitsiyalarning ortacha yillik hajmiga bolish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni tolamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni tolagandan keyingi, lekin foiz tolovlarigacha bolgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq tolangandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. Chunki u korxona tasischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
,
bu yerda, D - foiz va soliq tolovlarigacha yoki soliq tolanib, foizlar tolangungacha bolgan daromad; Ss - soliq tolash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning korib chiqilayotgan davriga bolgan boshlangich va oxirgi summasi, qiymati.
Misol-2. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln som harajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar boyicha quyidagiga: birinchi yil 3350 ming som, ikkinchi yil 10990 ming som, uchinchi yil 15480 ming song, tortinchi yil 21640 ming som va beshinchi yil 22790 ming somni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy meyori (ROI) qanday hisoblanadi?
Bu loyiha boyicha olinadigan sof foyda yillar boyicha ozgaruvchan bolganligi sababli, avvalom bor ortacha yillik foydani hisoblab topamiz.
Rch=(3350+10990+15480+21640+22790) ming som : 5=
74250 ming som : 5=14850 ming som
Shundan song foydaning oddiy meyorini (ROI) hisoblaymiz:
ROI = 14850 ming som : 140.000 ming song = 10,6 %.
Bu foyda meyori investor talab qilgan meyorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi togrisida, yani uni maqullash mumkin.
Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |