Mavzu: Morfologiya va uning boshqa bo’limlar bilan munosabati
Reja:
1. Morfologiya grammatikaning bo'limi sifatida
2. Morfologiyaning lug‘at, so‘z yasalishi va sintaksis bilan aloqasi
3. Morfologiyaning boshqa bo’limlar bilan aloqasi
Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi bo'limini bildiradi.
Morfologiya so'z turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shaklini oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning ma’nosi ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning ma’nosi yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Masalan, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl ma’nosida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Masalan, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.
Til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bo'lib, so'z shakllari. so'zlarning tuzilishi va o'zgarishi, so'z turkumlari, ulaming qonuniyatlanni o'rganuvchi ta'limotdir.
So'z shakllari. So'z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi o'ziga xos hodisalardan biridir. Unda ma'lum so'zning o'z lug'aviy ma'nosini saqlagan holda turli shakllarda qo'llanilishi tushuniladi. Masalan, kitob, kitobi, kitobdan, kitobimiz.
So'z shakllarining o'zgarishi dastlab shu so'zning lug'aviy ma'nosiga daxldor bo'lib. uni qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos qo'shimchalar asosida o'z shaklini o'zgartiradi.
Masalan, daraxt, odam, gul so'zlari ot turkumiga xos bo'lib o'z shaklini otga xos bo'lgan kelishik, egalik, ko'plik qo'shimchalarini olgan holda o'zgartiradi: daraxtim, daraxtlar, daraxtning. Sifat turkumiga xos so'zlar esa shu turkumga xos daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda o'z shaklini o'zgartiradi. Masalan, qizil, qizg'ish, qizilroq. So'z shakllarini o'zgarishidagi bu holat belgilangan, turg'un holat emas. So'z shakllarini o'zgarishi uchun asos bo'ladigan qo'shimchalar, so'zlaming muayyan turkumga taalluqli ekanligini belgilashda muhim bo'lsa-da, boshqa turkumga xos qo'shimchalarni ayniqsa, otlardagi kelishik, egalik ba'zan ko'plik qo'shimchalarini boshqa turkunidagi so'zlar olgan holda o'z shaklini o'zgartadi. Masalan, kattaning, kattalar, mening, ko'pdan va boshqalar.
So'z shakllarining o'zgarishi ikki holatni yuzaga keltiradi. Birinchidan, so'z shakli o'zgarganda, so'zdagi asosiy ma'noga qo'shimcha ravishda grammatik ma'no ifodalanadi. Masalan. bolalar so'zidagi -lar qo'shimchasi orqali ifodalangan ma'no ko'plik ma'nosidir. Ikkinchidan, so'z shaklining o'zgarishi gapda so'zlaming o'zaro birikishini ta'minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi qo'shimcha ushbu so'zlarni biriktirgan.
Ko'rinadiki, so'z shakllarini o'zgarishi natijasida morfologik shakl va sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl yasovchi qo'shimchalar yordamida, sintaktik shakl esa so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar orqali hosil bo'ladi. Bundan tashqari tilda so'z yasalishi uchun xizmat qiladigan so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud bo'lib, ular bir butun holda so'zning morfologik tuzilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |