Mavzu: Mollyuskalar (Mollysca) tipi. Qorinoyoqli (Gastropoda) mollyuskalar sinfi



Download 6,75 Mb.
bet13/61
Sana09.04.2023
Hajmi6,75 Mb.
#926276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika

O’rgimchaklar (Aranei) turkumi. O’rgimchaklar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Yer yuzining dengiz va okeanlaridan boshqa deyarli hamma biotoplarda, xilma-xil hayot sharoitida yashashga layoqatlashgan. Bularning hamma turlari o’rgimchak hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan o’rgimchak tolasi ishlab chihqarishi xarakterli.
O’rgimchaklar boshko’krak qismini ixchamlanishi, ancha katta qorincha qismini esa boshko’krakdan katta bo’lib, keskin ajralishi, harakatchaligi va undagi bo’g’imlarning birikib ketganligi bilan ham harakterlanadi. O’rgimchak tolasi ishlab chiqaruvchi bezlar qorinchaning oxirgi -“o’rgimchak bo’ritmasi”ga ochilgan (oxirgi ikki juft qorincha oyoqlari o’rgimchak tolasi ajratuvchi “o’rgimchak bo’rmasi”ga aylangan).Shu munosabat bilan ko’krak oyoqlarining uchida tola joylovchi o’simtalar va “taroqcha”lar rivojlangan. Bir yoki ikki juft o’pka yoki traxeya naychalari shaklidagi nafas olish organlari qorinchaning oldingi tamoniga ochilgan.
Yashash sharoitiga qarab, o’rgimchaklarning rangi-tusi va katta-kichikligi turlicha bo’lishi mumkin. Boshko’krakning ustki qismi qattiq va chidamli qalqon bilan himoyalangan. Boshning oldingi tomonida to’rt juft, har-xil kattalikdagi ko’zlari bo’lib, u turli o’rgimchaklarda turlicha joylashgan. Kalta va kuchli muskulli xeletseralar baquvvat, o’tkir tirnoqchalar bilan qurollangan. Bu asosiy himoya va hujum organi turli hayvonlarni ovlash, o’ldirish va maydalab kemirishga yordam beradi. Makur tirnoqchalarning ichiga zahar bezlarining yo’li ochilgan. Sirtidan qaralganda oyolarga o’xshagan pedepalplarda juda ko’p sezuv tolachalari; erkaklarining pedepalp bo’g’imida qo’shilish organi joylashgan.
To’rt juft ko’krak oyoqlari yurishdan tashqari xilma-xil vazifalar bajarishga moslashgan. Bulardagi juda k’op tukchalar-teri sezuv va hid sezuv vazifasini bajarsa, oldingi oyoqlari ovlashga ham xizmat qiladi. Oyoqlarining uchidagi ilmoqsimon va taroqchasimon o’simtalar o’rgimchak ipini tekislash, uyalar to’qish, kovlash, tuxum pillasi tayyorlash vazifasini bajaradi.
Qorincha o’n bir bo’gimning qo’shlib ketishidan hosil bo’lgan. Qorinchaning pastki tomonida nafas olish organlari, jinsiy organ yo’llari, “o’rgimchak bo’rtmasi” va eng oxirgi qismga anal teshigi ochilgan. Qorinchaning oldingi qismiga ikki juft (yoki bir juft) ”o’pka” teshigi, ba’zi turlarida esa o’pkaning o’rnida paydo bo’lgan traxeya naychasining yo’li ochilgan. Har-bir “o’pka” nafas olish teshikchasining ichki qismida joylashgan yo`zlarcha “varaqcha”lardan iborat bo’lib, mazkur varaqchalar oralig’iga havo kirishi bilan hayvon nafas oladi. Bu bilan o’pka varaqchalarining ichki qismida harakatlanuvchi qon oksidlanadi. Bu xildagi “o’pka” qadimgi o’rgimchaksimonlar jabrali oyoqchalarining o’zgarishi natijasida rivojlangan.
Traxeya – shoxlangan naychalar sistemasidan iborat bo’lib ichga qayrilib, u stigma teshikchasi orqali tashqari bilan tutashgan. Bu xildagi o’pkaning o’rnida rivojlangan.
“O’rgimchak bo’rtmasi” 2-3 yoki 4 juft oyoqchalarning qoldig’idan rivojlangan. “Bo`rtma” o’simtalarning uchida xitinlashgan juda ko’p naychalar bor. O’rgimchak tolasi hosil qiluvchi bezlarning yo’llari shu naychalarga ochilgan. Tola hosil qiluvchi bezlar juda ko’p bo’lib, ular qorinchaning ichki qismida joylashgan. Bezllardan ajralgan suyuq modda havoda qotib, tolaga aylanadi. Ko’pincha yo`zlab naychalardan ajralgan tolalarni o’rgimchak birlashtirib, yo’g’onroq va mustahkam ip hosil qiladi. Bir qancha o’rgimchaklar har-xil toladan turli maqsadda foydalanishadi. Ovlash maqsadida ajratiladigan yopishqoq tolalar uzoq vaqt qotmaydi. O’rgimchak tolasi juda chidamli (u tabiy ipakdan 2-6 barobar chidamli) va pishiqligi aniqlangan. O’rgimchaklar toladan tuzoq qurish, uya yasash, bir daraxtdan ikkichisiga o’tadigan “arqon yo’li” o’tkazish yoki tuxum qo’yadigan pilla yasash kabi maqsadlarda foydalanadi. Ko`pchilik yosh o’rgimchaklarning ajratgan paxtasimon tolasi ularning avlodlarini boshqa viloyat va qit’alarga tarqatuvchi “parashyut” vazifasini ham o’taydi.
O`rgimchaklarning hazm organlari turli hasharot va mayda hayvonlarning tana suyuqligini so`rib ovqatlanishga moslashgan. Kalta qizilo`ngach boshko`krak qismidagi “so`ruvchi” oshqozonga tutashgan. Bu organ esa oshqozonning oldingi qismidan 5 juft “ko`richak o`simtalari” hosil qilgan. Ushbu o`simtalar bosh tomonga va oyoqlarning ichki qismigacha o`sib turgan. So`rib olingan oziq “zapasi” mazkur o`simtalarda saqlanib hazm bo`ladi. Qorincha qismi orqali o`tgan ichak anal teshigiga ochilgan. Ichakning oldingi qismiga “jigar” deb nomlangan organ tutashgan. Jigar ham oziqni hazm qilishda aktiv qatnashadi.
“Koksal bezlari” (ayirish organlari) oldingi oyoqlarning ostiga ochilgan. Bir qancha turlarida “koksal bezlari” bo`lmaydi. Bularda “Malpigi naychalari” tipidagi ayirish organlari bo`lib, buning yo`li ichakka ochilgan. Qon aylanish sistemasi qorinchaning yelka tomonida joylashgan naychasimon yurak va kalta qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak perikardiy bo`shlig`ida joylashgan bo`lib, mazkur bo`shliqqa to`plangan qon – maxsus teshikchalar orqali yurak ichiga o`tib, undan tanaga tarqaladi.
Nerv sistemasi “miya” deb nomlangan katta halqum usti nerv bo`g`imi va u bilan tutashgan halqum osti bo`g`imidan iborat bo`lib, bular qorin nerv zanjirining markazlanishi natijasida rivojlangan. “Miya” dan ko`zlarga, sezuv tukchalari va boshqa organlarga nervlar tarqalgan. To`rt juft ko`zlarning ikki jufti kattaroq, ikki jufti kichik, ular har xil turlarida turlicha joylashgan. O`rgimchaklar hayotida ko`zlarga nisbatan teri sezuv va hid sezuv organlari muhimroq rol o`ynasa kerak.
Tanasida, ayniqsa, xelesera, pedepalp va oyoqlaridagi juda ko`p tukchalar teri sezuv organlari vazifasini o`taydi.
O`rgimchaklar hasharotlar (pashsha, hatto katta qo`ng`iz va boshqalar) ni maxsus to`qilgan tuzoq yordamida ovlaydi. Ovning tuzoqqa ilinishida tuzoq tolasining yopishqoqligi ma`lum ahamiyatga ega. O`rgimchak ancha uzoqdan ov poylaganligidan maxsus “signal tolasi” uni tuzoq bilan tutashtiradi. Ov ilinganligini mana shu tola bildiradi va o`rgimchak tezda yetib kelib, ovni tolalari bilan o`rab bog`lay boshlaydi va uni chaqib o`ldiradi.
Zahar bezining ta`sirida ovlangan hasharot tanasidagi hamma to`qimalar “erib” suyuqlikka aylanadi. Bir oz vaqt o`tgach, o`rgimchak ov tanasini teshib, mazkur “pishgan” oziqni so`rib oziqlanadi.
Turli o`rgimchaklar turli xil va turli shaklda tuzoq to`qiydi. Ba`zan katta o`rgimchaklar (masalan, qushtxo`r o`rgimchak) ovni “maydalab” yeydi; u mayda qushlardan tashqari baqa, kaltakesak, sichqon kabi hayvonlarni ham bemalol tutib yeyishi mumkin.
O`rgimchaklar ko`payish vaqtida o`z tuxumlarini maxsus toladan to`qilgan pilla ichiga qo`yadi (pillalar bir necha mm dan 2 sm gacha kattalikda). Har bir pillaning ichiga 10-15 tadan 1000 tagacha tuxum qo`yadi. Bir qancha o`rgimchaklar tuxum qo`yish uchun maxsus uya yasaydi. Ko`pchilik turlarida nasl uchun qayg`urish rivojlangan.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi - bo`tli o'rgimchak o't-o’lanlar va bo`talar orasiga qurgan to'ri ustida hayot kechiradi. Qalin o't-o'lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo'yida uning to'rini ko'p uchratish mumkin. Bo`tli o'rgimchakning tanasi aniq ikki bo'limga: kichik boshko'krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa ajralib turadi. Boshko'krakning ustki tomonida to'rt juft oddiy ko'zchasi, oldingi uchida bo'g'imlarga bo'lingan ikki juft og'iz organlari joylashgan.
Og'iz organlarining birinchi jufti ustki hisoblanadi. Ustki jag'larning birinchi bo'g'imi harakatchan tirnoqsimon o'simtadan iborat bo'lib, o'ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag'larning asosida zahar ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Jag'lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o'ljasi tanasiga tushadi va uni o'ldiradi.
O'rgimchaklarning ikkinchi juft og'iz a'zolari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan. Oyoq paypaslagichlar tuyg'u a'zosi hisoblanadi, ularning asosiy bo'g'imlari pastki jag'lar vazifasini bajaradi. Bo`tli o'rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko'krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan.
Qorin bo'limining hamma bo'g’imlari qo'shilib ketgan. Uning orqa tomonida bo`tsimon oqish dog'i bo'ladi. Shuning uchun o`nga bo`tli o'rgimchak degan nom berilgan. Qorin bo'limining keyingi uchida uch juft o'rgimchak so'gallari bo'lib, ularga o'rgimchak bezlarining yo'llari ochiladi.

Download 6,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish