Birinchidan, milliy standartlar bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot komponentlari, shuningdek balans, foyda va zararlar va boshqa hisobot moddalarining kengaytmalari aks ettirilgan analitik hisob maʼlumotlari, kerak bo‘lsa boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash lozim.
Ikkinchidan, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini qayta klassifikatsiyalash, qaytadan baholash o‘tkazish. Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda ham har bir tegishli moddani xalqaro standartlarga mos holda qayta klassifikatsiya qilish va baholash. Xuddi shuningdek, boshqa hisobot moddalarini ham birma-bir xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish choralarini ishlab chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |