Mavzu: Moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlariga transformatsiya qilish masalalari. Reja: Kirish. Asosiy qism: Moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish Xalqaro standartlarga yaqinlashish



Download 270,78 Kb.
bet2/10
Sana16.01.2022
Hajmi270,78 Kb.
#375466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs iwi final

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Dastavval, transformatsiya so‘zining lug‘aviy maʼnosiga to‘xtalib o‘taylik. Transformatsiya (lag. Transformatio – o‘zgartirish, qayta tashkil etish)

1) struktura, shakl va uslublarini qayta tashkil etish, faoliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish;

2) aynaltirishning bitta usullaridan biri, xalqaro huquq normalarini ichki davlat huquqi normalariga qayta tashkil qilish maʼnolarini anglatadi1.

Demak, buxgalteriya hisobi maʼnolarida transformatsiya mamlakatimizda amal qilingan qonunchilikka muvofiq hisob tizimidagi qoidalar, tamoyillar, usul va uslublarni hamda axborotlarni boshqa mamlakat yoki xalqaro qoidalariga muvofiqlashtirgan holda aylantirishga, yaʼni yangi maʼno kashf etishga aytiladi.

“Transformatsiya finansovoy otchetnosti” Google internet sahifalarida quyidagicha taʼrif keltirilgan: “Moliyaviy hisobotning transformatsiyasi

–bu buxgalteriya hisobining Rossiya tizimi qoidalariga ko‘ra tuzilgan hisobotdagi hisob axborotlarini qayta guruhlashtirish va hisobot moddalariga to‘g‘irlashlar kiritish yo‘li bilan MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonidir”2.

Fikrimizcha, taʼrifda keltirilgan qayta guruhlashtirish, hisobot moddalariga to‘g‘irlashlar kiritish kabi fikrlariga to‘liq qo‘shilamiz. Lekin,transformatsiya bu moliyaviy hisobot tuzish emas, balki ag‘darish jarayoni deyilsa ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

«Baker Tilly Tashkent» MCHJ AT boshqaruvi raisi G. Islomova “MHXS bilan ishlashga tayyormisiz” nomli maqolasida moliyaviy hisobot transformatsiyasiga “Xullas, transformatsiya shunday taomilki, u hisobot sanasi holati bo‘yicha o‘tkaziladi va u milliy hisob standartlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini uning barcha elementlarini eʼtirof etish, o‘lchash va ochib berishning tegishli qoidalarini hisobga olgan holda MHXS formatiga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha tuzatishlarni o‘z ichiga oladi” - deb taʼriflaydi .

Ushbu taʼrifdagi “hisobot sanasi holati bo‘yicha o‘tkaziladigan”, “eʼtirof etish, o‘lchash va ochib berish” kabi tushunchalarga to‘liq qo‘shilamiz, lekin transformatsiya jarayoni faqat tuzatishlar kiritish bilan chegaralanmaydi, uning jabhalari kengroqdir.

Rossiya olimlari tomonidan boshqa manbalarda quyidagicha taʼrif berilgan: “Transformatsiya – Rossiya standartlari bo‘yicha tuzilgan hisobot maʼlumotlari bazasi asosida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida klassifikatsiyalar parametrlarini o‘zgartirish va hisob obyektlarini baholash hamda ular to‘g‘risida axborotlarni ochiqlash yo‘li bilan MHXSlariga muvofiq holda hisobot tuzish jarayonidir”3.

Transformatsiya qoidalarini belgilaydigan maxsus MHXS yo‘q. Lekin, MHXSga birinchi marta o‘tishda 1-son MHXS ““MHXSlarini birinchi marta qo‘llash” standarti qoidalari bajarilishi talab etiladi.
1.Moliyaviy hisobotning tranformatsiyasini taʼriflashda uning qaysi sanadagi holat bo‘yicha o‘tkazilishi, uning asosiy mazmuni milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga o‘tkazishga qaratilganligi, transformatsiya jarayonida MHXSlariga muvofiq holatda qayta guruhlashtirish, qayta tan olish, qayta baholash, to‘g‘irlashlar kiritish asosida xalqaro talablarga javob beradigan axborotlarni shakllantiradigan yangi tizimga ag‘darish va qayta tashkil qilish jarayoni ekanligiga alohida urg‘u berish lozim, deb o‘ylaymiz. Moliyaviy hisobot bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasiga quyidagicha taʼrifni keltiramiz.

Moliyaviy hisobot transformatsiyasi - bu hisobot sanasi holati bo‘yicha buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot komponentlari moddalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq holda qayta guruhlashtirish, ularning moddalarini qayta tan olish, qayta baholash, to‘g‘irlashlar kiritish va qayta ochiqlashlar asosida MHXSlari hisobotlari axborotlarining yangi tizimiga ag‘darish va qayta tashkil qilish jarayonidir.

Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) qo‘llanilishi majburiy xarakterdagi hujjat emas, u tavsiyanoma xarakteriga ega. Unda milliy standartlaridagi kabi korxonalar taqdim etishi shart bo‘lgan moliyaviy hisobot shakllarini belgilamaydi. MHXSlari moliyaviy hisobotning asosiy komponentlari va ularda aks ettiriladigan minimal axborotlar tarkibini belgilaydi. MHXSlarini qo‘llash kompaniyaning mutlaq vakolatidagi masaladir.

MHXSlariga o‘tish yoki BHMSlari asosida tuzilgan MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

·Kompaniya faoliyati natijalarining shaffofligini oshiradi;

·Axborot foydalanuvchilarda bitta kompaniya doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlarni davrlar bo‘yicha hamda bir nechta xil kompaniyalar bo‘yicha esa talluqli ko‘rsatkichlarni bir-biriga solishtirib tahlil o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi;

· Kreditorlar, aksiyadorlar, kredit beruvchi tashkilotlarda kompaniyaga ishonch oshadi va yuqori ishonch bilan kompaniya faoliyatiga pul qo‘yadi, kompaniyaning kredit olish imkoniyati kengayadi;

· Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan hamkorlik yuksaladi;

· Dunyo bozorlariga chiqish, xomashyo, valyuta, mehnat birjalariga, xalqaro kapital bozoriga chiqish imkoniyatlari tug‘iladi;

· Kompaniya menejerlariga boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun ishonchli, obyektiv, uyg‘un hamda o‘z vaqtida tizimlashgan moliyaviy axborotlarni olish imkoniyatlari yuzaga keladi;

· Kompaniya faoliyatini byudjetlashtirish, rejalashtirish va strategik rivojlanishini baholashda zarur axborotlar taʼmin etiladi;

·Kompaniya boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kompaniya raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirishga erishiladi;

· Kompaniyalarda korrupsiya elementlari, suisteʼmollik qilish, soliq obyektlarini yashirish, talon-taroj qilish, mahalliychilik, xo‘jasizlik, bankrotlik holatiga olib kelish holatlari barham topadi;

· Mehnatni rag‘batlantirish tizimi tubdan yaxshilanadi, moddiy manfaatdorlik oshadi.

· Kuchli nazorat tizimi o‘rnatiladi. Maʼnaviy muhit barqarorlashadi. Xodimlarda ishiga, kompaniyasiga va vataniga sodiqlik xislatlari bir-biriga uyg‘unlashadi.

· Xodimlarda o‘z ustida ishlash va malakasini muntazam oshirish imkoniyatlari tug‘iladi. Professionallikka qiziqish va harakat kuchayadi.

MHXSlariga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib bo‘lmaydi. Agarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar bo‘yicha transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, MHXSlarni birinchi marta qo‘llashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shart- sharoit va maʼlum tayyorganlik ishlari olib borilishi shart biz bu omillarga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

· Mamlakatda moliya, pul-kredit, soliq, mehnat qonunchiligi dunyo standartlariga uyg‘un bo‘lishi kerak. Milliy valyutaning erkin konvertatsiyalanishiga erishish kerak;

· Mamlakat iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya darajasi bo‘lmasligi kerak;

· O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari tizimi imkon qadar MHXSlariga uyg‘un bo‘lishini taʼminlashimiz kerak. Agar o‘rtada tafovut katta bo‘lsa transformatsiya jarayoni qiyinlashadi, transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi;

· Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishda meʼyoriy-huquqiy hujjat faqat Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va buxgalteriya hisobi standartlari bo‘lishi kerak. Nizomlar, yo‘riqnomalar va qoidalarni ham bosqichma-bosqich standartlarga aylantirishimiz kerak;

· Iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar, byudjet tizimi, bank tizimlari va jamoat fondlarida (foyda olishni maqsad qilib qo‘yishi va qo‘ymasligidan qatʼi nazar) buxgalteriya hisobi bo‘yicha alohida  standartlarni bo‘lishini ko‘zda tutmasdan, balki yagona standartlar tizimini yaratishimiz kerak, qaysiki undagi qoidalar barcha turdagi kompaniya va tashkilotlarga bir xil mazmunda qo‘llanilishiga erishishimiz kerak;

· Moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasini xalqaro standartlarga muvofiq erkin ravishda belgilash tartibiga o‘tish imkoniyatlari yaratilishi kerak;

· Mamlakatda professional buxgalterlar instituti tashkil etish, uning vakolati doirasida sertifikatli buxgalter va auditorlarning professional malakasini oshirish, SAR va CIPA sertifikatlarining keng joriy qilinishini kengaytirish kerak.

· Buxgalterlarni chet ellarda malaka oshirishini, chet tillarini o‘rganishi (IELTS), amaliyotchi buxgalterlarda buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro dasturlarda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish lozim;

· Kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish kerak;

· Buxgalterlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, ularning etika qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

· Kompaniyalarda hisob siyosatini mukammallashtirish, uni moliyaviy hisobot tamoyillariga to‘liq rioya qilgan holda tuzilishi hamda chinakkam hisob loyihasi bo‘lishi, shuningdek kompaniyada xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishchi schetlar rejasini ishlab chiqishga erishish;

· Kompaniyada buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni maxsus dasturlar asosida yuritilishini taʼminlash va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish lozim, deb o‘ylaymiz.

O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va BHMSlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadi. Yuqoridagi imkoniyatlarga ega bo‘lish maqsadida kompaniya moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida tuzish va taqdim qilishni taqozo etadi. Xo‘sh, shunday katta imkoniyatlarni ochib beradigan hamda kompaniyaning shaffofligini taʼminlaydigan MHXSlari asosida moliyaviy hisobotni tuzish qanday amalga oshiriladi? va unga qanday erishish mumkin? Buning ikkita tan olingan yo‘li bor.







MHXS va BHMS bo‘yicha farqlar va ko‘shimcha hisob obektlarini aniqlash hamda professional mushohada qilish
Birinchi yo‘li, BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiya qilish (1-rasm).


Download 270,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish