Mavzu: Moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlariga transformatsiya qilish masalalari. Reja: Kirish. Asosiy qism: Moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish Xalqaro standartlarga yaqinlashish


)  Tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish bosqichi



Download 270,78 Kb.
bet6/10
Sana16.01.2022
Hajmi270,78 Kb.
#375466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs iwi final

1)  Tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish bosqichi. Ushbu bosqichda loyiha, rejalashtirish va tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu bosqichda amalga oshirilgan ishlar sifati ko‘p jihatdan keyingi bosqichlarning sifatli hamda transformatsiya natijalarini MHXSlari  talablariga muvofiq bo‘lishini taʼminlaydi. Ushbu bosqichda amalga oshiriladigan ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

· MHXSlariga o‘tish-transformatsiya sanasini belgilash. Masalan, kompaniya 2015 yil MHXSlari asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirsa, taqqoslama maʼlumotlarni vujudga keltirish uchun 2014 yil 31 dekabr holatida transformatsiyani boshlaydi va bu o‘tish sanasi hisoblanadi.

· MHXS bo‘yicha hisob siyosatini ishlab chiqish. 1-son MHHS “MHXSlarini birinchi marta qo‘llash” standarti talablarini bajarish. Bu ishlar juda katta professional yondashuvni talab etadi;

·  MHXSlari bo‘yicha ishchi schetlar rejasini tuzish;

· ko‘rsatkichlarning nomlanishi, atamalarning xalqaro standartlarga muvofiq keladigan golasariysini yaratish;

· transformatsiya modelini, formulalarini, protsedurasini, ketma- ketligini, transformatsion jadval va to‘g‘irlovchi provodkalar loyihalarini ishlab chiqish;

· konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish talab qilinadigan hollarda kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi shoʻba, assotsiatsiyalashgan kompaniyalar, bog‘liq tomonlarini aniqlash. Ularning hisobot tizimlari va konsolidatsiya usullarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash;

· moliyaviy hisobot taqdim qilinadigan valyutani belgilab olish (O‘zbekiston so‘mi, AQSH dollari, YEVRO yoki boshqa davlat valyuta birligi).

· mamlakatda inflyatsiya jarayonini kuzatish, indekslarini aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash;

· kompaniyada intiluvchan, yosh oliy maʼlumotli buxgalterlarning MHXSlari bo‘yicha o‘qishi va malaka oshirishini tashkil etish, Toshkent yoki xorijiy mamlakatlarga MHXSlarini o‘rganish kurslariga yuborish, SAR va CIPA sertifikatlarini olishini taʼminlash;

· MHXSlari bo‘yicha maxsus dasturlarni sotib olish va o‘rnatish.

Kompaniya MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotini tuzishga tayyorgarlik ko‘rishda MHXSlari bo‘yicha hisob siyosatini aniqlashtirib olishlari shart. Hisob siyosatini ishlab chiqishda kompaniya barcha standartlar va ularga sharhlardagi meʼyorlarga rioya etilishi talab etiladi.

Kompaniya moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirishda 1-son MHXS “MHXSlarini birinchi marta qo‘llash” standartiga muvofiq quyidagi to‘g‘irlashlarni amalga oshirishi shart:

a)     MHXSlari bilan muvofiq holda tan olinadigan barcha aktiv va majburiyatlarni tan olinishi kerak;

b)  MHXSlari bilan muvofiq holda tan olishni ko‘zda tutmagan moddalarni aktiv va majburiyat sifatida tan olinmasligi kerak;

c)     MHXSlari qoidalariga muvofiq holda moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda aktivlar, majburiyatlar va kapital moddalarini qayta klassifikatsiya qilish;

d)  MHXSlariga muvofiq holda aktiv va majburiyatlarni baholashni amalga oshirish [3];

2)  Transformatsiya jarayoni protsedurasini amalga oshirish bosqichi.

Ushbu bosqich asosiy bosqich bo‘lib, unda barcha tayyorgarlik ishlaridan keyin farqlar aniqlanadi, korrektirovka buxgalteriya yozuvlari tuziladi, ishchi transformatsion jadvallar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda real amalga oshiriladigan ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

· transformatsiya uchun axborot yig‘ish;

· transformatsiya bazasi sifatida kiritiladigan qoldiqlarni hisoblash, transformatsiyalanadigan boshlang‘ich balans va boshqa hisobotlarni tayyorlash;

· baholanadigan aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar, transformatsiyalanadigan boshqa moddalarning ro‘yxati va tarkibini aniqlab chiqish kerak, ayrim hollarda milliy standartlar bo‘yicha hisobda aks ettirilmagan bo‘lsa ham, MHXS bo‘yicha hisobga qabul qilinishi shart;

· to‘g‘irlashlar (korrektirovka) kiritish jabhalarini aniqlash;

· moliyaviy hisobotning komponentlari, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital o‘zgarishi hamda pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot, izoh va tushuntirishlarning MHXSlarga muvofiq formatini ishlab chiqish;

· hisob obyektlarini MHXSlariga muvofiq qayta klassifikatsiyasini (reklassifikatsiya), qayta guruhlashni amalga oshirish;

· hisob obyektlarini kompaniyada MHXS asosida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko‘zda tutilgan qoidalar, tamoyil va usullar asosida qayta baholashni amalga oshirish, MHXS va BHMSlar bo‘yicha tan olish va baholash o‘rtasidagi farqlar summasini aniqlash;

· transformatsiya yozuvlarini tayyorlash, korrektirovka provodkalarini tuzish va shu hujjatlar asosida ishchi transformatsion jadvalni tuzish;

· inflyatsiya jarayonini hisobga olgan holda ko‘rsatkichlarga to‘g‘irlashlar kiritish va uni ishchi transformatsion jadvalda aks ettirish;

1)  Natijaviy bosqich. Korrektirovkalar amalga oshirilgandan keyin MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladi va taqdim etiladi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

· MHXS asosida boshlang‘ich buxgalteriya balansini tuzish;

· MHXS formatidagi buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital harakati to‘g‘risidagi hisobot, pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot, izohlar va tushuntirishlarni tayyorlash;

· MHXSlarga muvofiq tuzilgan hisobotlarni xorijiy valyutaga ag‘darish.

· MHXSlarni axborot foydalanuvchilarga taqdim qilish

Transformatsiya usuli o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega.

Transformatsiya usulining afzalliklari:

· Parallel hisob yuritishga nisbatan kam xarajatli va tejamkor hisob tizimi hisoblanadi;

· hisob yuritishda vaqtdan yutiladi;

· hisob yuritish protsedurasi parallel hisob yuritishga nisbatan ancha sodda, agar bir marta yaxshi protsedura ishlab chiqilsa, maʼlumotlarga ishlov berishda qiyinchiliklar bo‘lmaydi, maʼlumotlarning ishonchliligi erishish mumkin;

· ushbu usulning natijadorligi o‘rnatilgan protsedura, model, metod va xodimning professional bilimiga bevosita bog‘liqligi;

· Korrektirovka yozuvlarining ko‘rgazmaliligi, yaʼni farqlanishdagi aniq xulosa qilish mumkinligi;

Har yili tizimni takomillashtirib borish, samaradorliroq usullarni hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish mumkinligi, natijada bir necha yillar ichida shu kompaniyaga mos mukammal tizimni shakllantirish imkoniyati yuzaga kelishi, uni nau-xau deb baholashmumkinligi.

Transformatsiya usulining kamchiliklari:

· Xato qilishning riski katta, maʼlumotlarni salmoqli qalbakilashtirish ehtimoli mavjudligi;

· subyektiv yondashuv, subyektiv baholashga yo‘l qo‘yilishi mumkin;

· faqat hisobotdagi maʼlumotlar transformatsiyalanishi bilan cheklanishi, transformatsiya oraliq jamlanma axborotlar va boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlarga yetib bormaydi;

· hisobning operativligi sust;

· BHMSlari bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga qaramligi mavjud. U tuzilmasa MHXSlari bo‘yicha hisobotni tuzib bo‘lmaydi;

· BHMSlari bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotda xatoliklar va kamchiliklar mavjud bo‘lsa u albatta transformatsiyalangan hisobotga o‘z salbiy taʼsirini ko‘rsatadi;

· vaqtdan boy berib qo‘yish ehtimoli mavjud. Chunki, BHMSlari asosida moliyaviy hisobot tuzilgandan keyin bu hisobot tuziladi. Bu ancha vaqtni oladi;

· Bir kompaniyada ishlab chiqilgan transformatsiya protsedurasi va metodlarini to‘laligicha boshqa kompaniyaga qo‘llab bo‘lmaydi. Har bir kompaniyada o‘zgacha yondashuv talab etiladi.

· Boshlang‘ich qiymat, operatsiya yuz bergan vaqtdagi valyuta kursi, haqiqiy tannarxi kabi operatsiya yuz bergan paytdagi qo‘llaniladigan taomillardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, natijada o‘rta miqdordan foydalaniladi. Bu esa haqiqiy qiymatdan chetlanishlarga olib kelishi mumkin.

Parallel hisob yuritish metodida ikkita hisob yuritish tizimi parallel amalga oshiriladi: BHMSlar asosida hisob yuritish va MHXSlari asosida hisob yuritish (2-rasm).

Parallel hisob yuritish jarayonini konvensiya jarayoni ham deb ataladi. Parallel hisob yuritishni ikkita shaklda tashkil etish mumkin. Birinchisida ikkita hisob tizimi biri BHMSlari va MHXSlar bo‘yicha alohida tizimlar tashkil etiladi. Har biri tizim shu tizim talablariga muvofiq ravishda moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Ularning xomashyosi bitta. Ikkinchi shaklda axborot texnologiyalari yordamida dasturiy taʼminot konfiguratsiyasi shunday tizimlashtiriladiki, qaysiki unda kiritilgan maʼlumotlar bir vaqtning o‘zida ham milliy tizimda ham xalqaro tizimda ishlab milliy standartlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlab berishga kirishiladi.

Parallel hisob tizimi afzalliklari:

· maʼlumotlar ishonchli bo‘ladi, MHXSlaridan og‘ishish kamayadi, obyektiv axborotlar olish imkoniyati tug‘iladi, aniq bo‘lmagan axborotlarni taqdim qilish riski kamayadi.

· hisobning operativligi oshadi, moliyaviy hisobot tayyorlagunga qadar ham MHXS bo‘yicha ishlov berilgan axborotlarni olish mumkin bo‘ladi. Har bir obyekt bo‘yicha batafsil axborot shakllanadi. Vaqt oralig‘ida ham menejerlarga MHXS bo‘yicha axborot berish mumkin bo‘ladi;


·  MHXS bo‘yicha yaxshi amaliyot hamda mutaxassislar shakllanadi. Mutaxassislar malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

· MHXSlari va BHMSlari maʼlumotlarini aniq solishtirish imkoniyati tug‘iladi. Farqlarning sabablarini ko‘rish va uni tushunish yengillashadi;

· BHMSlari bo‘yicha hisob tizimidan mustaqil bo‘ladi, unga bog‘liqligi qolmaydi, milliy hisobot tuzilishi kutib turilmaydi. Undagi ayrim xatolar bunda takrorlanmaydi.

· buxgalteriya hisobi bo‘limini kuchli boshqaruv tizimiga aylantiradi;

· MHXSga o‘tish uchun tashqariga pul ko‘chirib berish bo‘lmaydi, ish o‘rinlari ochiladi. Pulni o‘z xodimlarimizga ishlatish imkoniyati bo‘ladi;

· tizim o‘rnatilgandan keyin, dastlabki yillardagi xarajatlarga nisbatan keyingi yillarda ularni optimallashtirish imkoniyati bo‘ladi.

Parallel hisob tizimining kamchiliklari:

· uni amalga oshirish ko‘p xarajatli hisoblanadi;

· ko‘p vaqt sarflanadi;

· kadrlar professionallashuvi qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi, holbuki MHXS bo‘yicha ishlay oladigan mutaxassisni topish ancha murakkab hamda ko‘p ish haqi to‘lash talab etiladi;

· bo‘linmalarni qayta tashkil etish, har bir strukturada hisobni yuritish zarurligi.

· maxsus dasturlarning zarurligi, qaysiki ularni sotib olish hamda ularda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish qo‘shimcha mablag‘larni talab etadi.

Yuqoridagi tizimlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, fikrimizcha agarda kompaniyada moliyaviy imkoniyatlari to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, parallel hisobni yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu hisob eng muhimi obyektiv axborotlarni beradi, xato qilish riski kam. Bundan tashqari tizim o‘rnatilganda dastlabki yillarda ko‘proq xarajat talab etsa, tizim to‘liq ishlab ketgandan keyin xarajatlar optimallashadi, yaʼni keyingi yillarda xarajatlar kam bo‘ladi.
3.  Biz MCHJ shaklidagi auditorlik tashkiloti mutaxasislari “TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” aksiyadorlik jamiyati (keyingi matnlarda “Jamiyat”) ning 2020 yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) ga asosan tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga transformatsiya qildik.

Transformatsiya jarayonida jamiyat tomonidan taqdim qilingan quyidagi maʼlumot manbaalaridan foydalanildi.



  • 2018 – 2020 yillar uchun BHMS ga asosan tayyorlangan moliyaviy hisobotlari;

  • 2018 – 2020 yillar uchun barcha turdagi soliq va statistika hisobotlari;

  • 2018 – 2020 yillar uchun buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yichi foydalaniladigan “1S Buxgalteriya” dasturida shakllantirilgan hisob registrlari maʼlumotlari;

  • Jamiyat buxgalteriyasi tomonidan taqdim qilingan qo‘shimcha jadval va maʼlumotlar.

Jamiyatda MXHS birinchi marta qo‘llanilayotganligi sababli MHXS №1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash” standarti talabiga asosan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda 3 (uch) davr maʼlumoti moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda 2 (ikki) darvning solishtirma maʼlumotlari kedtirildi.

2020 yil moliyaviy hisobotlarini MHXS ga transformatsiya qilish uchun boshlang‘ich sana sifatida 2019 yilning 1 yanvari (Yaʼni 2018 yil 31 dekabr) olindi va natijada 2018 yil 31 dekabr sanasi holatidagi baoans schetlarining qoldiqlari, 2019 yil va 2020 yil uchun esa balans va tranzit schetlarning summalari ham MHXS ga transformatsiya qilindi.



Transformatsiya jarayonida berilgan tuzatuvchi o‘tkazmalar quyidagi yo‘nalishlarga asoslanadi:

  • Asosiy vositalarning asosiy vositalarning 2019 yil 1 yanvar holatidagi qoldiq qiymatlari shartli tarixiy qiymat sifatida olindi;

  • Qayta baholash jarayonida aniqlangan aktivlar hisobga kirim qilindi;

  • Qayta baholashdan keyingi davr uchun amortizatsiya summasi tuzatildi;

  • O‘tgan yillar davomida BHMS ga asosan amalga oshirilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari hisobdan chiqarildi;

  • Ustav kapitali summalari davlat ro‘yxatidan o‘tganlik muddatlariga moslandi;

  • Xodimlar mehnat taʼtillari bo‘yicha zaxira shakllantildi;

  • Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan soliqlar hisob kitobi amalga oshirildi.

Trnasformatsiya uchun asos qilib olingan BHMS bo‘yicha Jamiyat tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar, amalga oshirilgan tuxgaoteriya o‘tkazmalari va MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlar ushbu hisobotga ilova qilinadi.











Download 270,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish