Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir.Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.Bunda pulning qadrsizlanish darajasi
XULOSA
Xulosa qilib aytkanda Moliya tizimi va moliyaning mohiyati nafaqat O’zbekistonda balki boshqa davlatlarda ham bir xildir va Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi. Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi. Davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi.
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi. Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxiri oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig‘i” nomini oldi (3-chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida - davlat byudjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng yuqori tushum (V1) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2019.-60 б.
.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида.
2018 йил 22 июнь. -Т.: “Адолат”, 2017.
Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc
Pindayck R.,Robert S. Microeconomics-Copuright 2013, Macmillan Publishning Company, a division of Macmillan, I nc.
Salimov B.T., Muxidinova U.S., Mustafaqulov SH.I., Salimov B.B. “Mikroiqtisodiyot” : Darslik, TDIU 2006, 230 b.
G’ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu.Ishnazarov A.I. Mikroiqtisodiyot. Darslik .-T.: Sharq nashriyoti, 2001, – 320 b.
Максимова В.Ф. “Микроэконмика”: Учебник. М: Маркет ДС, 2010-368стр
Do'stlaringiz bilan baham: |