(o’tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o’sishi, %da)
Yillar
|
Iste’mol mollari narxlari yig’ma indeksi (INI)
|
Shu jumladan:
|
Хizmatlar
|
Oziq-ovqat tovarlari
|
Nooziq-ovqat tovarlari
|
2012
|
44,9
|
18,9
|
36,6
|
100.1
|
2013
|
47,4
|
27,9
|
21,1
|
96,4
|
2014
|
47,6
|
28,0
|
19,3
|
94,9
|
2015
|
20,3
|
6,4
|
13,9
|
40,6
|
2016
|
2,1
|
-4,9
|
6,5
|
3,7
|
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi.
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
1.Тalab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
2.Тaklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko’rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo’lishi va amal qilishi;
- noto’g’ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o’sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o’sishi va hokazo2.
1,4 Kredit manbalari va vazifasi
Kredit bo'sh turgap pul mablag'larini ssuda fondi pshklida to'plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchup ma'lum muddatga haq to'lash va qaytarib berish sharti bilan qarzga berish jarayonini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapotali deyilsa, uning haqarakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida, pul egasi, ya'ni qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firma)lar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o'tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o'zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o'rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag'larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo'lishini taqozo qiladi.
Shu bilai birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha bo'sh turadigan pul mablashari va boshqa pul resurslari kredit mablag'larining manbaini tashkil qiladi.
Kredit resurelarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
• Korxonalarning bankdagi hisoblaridagi amortizatsiya ajratalari.
• Mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari.
• Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari.
• Korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi.
• Bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari.
• Aholining bo'sh pul mablag'lari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqgincha bo'sh pul resurslari hosil bo'lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo'g'inlari va sohalarida qo'shimcha pul mablag'lariga ehtiyoj paydo bo'ladi.
Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uniig yordamida korxonalar, davlat va aholining bo'sh pul mablag'lari ssuda fondi shaklida to'planib, keyin bu mablag'lar kredit mexanizmi orqali xalq xo'jachik tarmoqlari ehtiyojtarshsh hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |