Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikdasoliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotnitartibga solish vazifasi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o’sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy vazifa davlat zimmasiga tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.Bularga xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari va Soliq kodeksi bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
1.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2019.-60 б. 2.Ўзбекистон Республикаси қонуни. Ташқииқтисодийфаолияттўғрисида. 1991 йил 14 июнь. -Т.: “Адолат”, 2004. 3.Ўзбекистон Республикаси Ер кодекси. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004. 4.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Қишлоқхўжалигикооперативлари (ширкатлари) тўғрисида. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004. 5.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Фермер хўжалигитўғрисида. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004.
1.2 Pul muomalasi, pulga bo’lgan talab va pul taklifi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to’xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to’lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turadi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakatipul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi.Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul yetishmasligi, normal holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud1
Masalan, 1) oltin pul muomalada bo‘lganda:
a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi;
- qog‘oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Pul muomalasi qonuni, ya’nimuomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdoriquyidagi omillarga bog’liq:
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi. Тovarlar va xizmatlar qancha ko’p bo’lsa, ularning narxi qancha baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul miqdori talab qilinadi.
Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko’p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq bo’ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam bo’ladi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari, hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;
Тb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); Хk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Хt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi; O’x-k -naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar; At - pulning aylanish tezligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, kreditga sotilgan tovarlar – 20 mln. so’mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to’lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni, naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo’lsa, u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 15 mln. so’mga teng bo’ladi. Ya’ni:
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo’lgan turli-tuman moliyaviy mablag’lar, ya’ni pul agregatlari yig’indisi hisoblanadi. Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo’lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo’lgan pulga talab.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasiga.
2. Pul birligining aylanish tezligiga.
3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog‘liq.
Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to’lash, material, yoqilg’i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori biz yuqorida ko’rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda.
Kishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo’ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi.Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi
1.3 Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.
«Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama ХХ asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya – bu:
- bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishi;
- muomalada mavjud bo’lgan naqd qog’oz pullar yoki naqd bo’lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko’payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi.
Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo’llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida ro’y beradi;
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo’lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog’laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og’irligini o’zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o’z qadrini yo’qotishini keltirib chiqargan.
Qog’oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o’z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o’z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o’z ifodasini topadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o’lchanadi.Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
,
bu yerda:NI – narxlar indeksi;ТNj,ТNb – joriy va bazis davrlardagi iste’mol tovarlari narxi.
O’zbekistonda 2012 -2016 yillarda inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |