2.Lyuminessent moddalarning asosiy tavsifi
Eng asosiy lyuminessent moddalarni lyuminessent analizda ishlatish uchun kerakli tavsifi, bu lyuminessensiya spektri va lyuminessensiyaning chiqishidir.
Molekulalar, atomlar yoki ionlar qo‘zg‘almagan holatdan qo‘zg‘algan holatga o‘tganda, nur yutish spektri paydo bo‘ladi, qo‘zg‘atilgan holatdan asosiy holatga o‘tganda lyuminessensiyani elektron spektri paydo bo‘ladi.
Nur yutilishi va chiqarilishini tushuntirish uchun kvant nazariyasi ishlatiladi,, bu nazariya bo‘yicha, nur energiyasi alohida porsiyalar (kvantlar) holida yutiladi va chiqariladi.
Amaliyotda lyuminessent metodlarda nur chiqarish intensivligi eng yuqori bo‘lgan to‘lqin uzunligi tanlanadi.
Organik moddalarni va ularning metallar bilan komplekslari o‘rganilayotganda (ayniqsa suyuq azot haroratida) lyuminessensiya spektrini bilish shart bo‘ladi. CHunki bu spektrlar asosida sifat va miqdoriy analiz qilish mumkin.
Organik reagentlarning lyuminessensiyasini o‘rganilayotganda nurlanishning 2 turini bilish kerak: kam yashaydigan (10-9-10-7 sek), va uzun yashaydigan (10-4-10-2 sek). Kashning nazariyasi bo‘yicha ko‘pchilik ma’lum bo‘lgan organik reagentlar nurni chiqaradi faqat eng pastki elektron-qo‘zg‘algan holatda (S1* yoki T0-holatlarda). Molekula qo‘zg‘algan holatdan turg‘un holatga o‘tishi 3 xil bo‘ladi
(rasm2):
1) S1xS0 -o‘tish fluoressensiya deyiladi, bunda molekula energiyasini kvant nur holida chiqarib asosiy holatning tebranma harakatdagi istagan pog‘onasiga (elektron spini o‘zgarmagan holda) qaytishi mumkin.
Molekula boshqa zarrachalar bilan to‘qnashganda o‘z energiyasini issiqlik energiyasi holda chiqarishi mumkin. Bu hol ichki konversiya deyiladi ((a) katta to‘lqinli strelka).
Molekulaning qo‘zg‘algan Sx holatdan metastabil T0 holatga va so‘ngra ichki konversiya natijasida issiqlik chiqarib yoki nur kvanti chiqarib asosiy S0 holatga o‘tishi fosforessensiya deyiladi.
S0 -S-nur yutilish ST0-nur yutishsiz tripletga interkombinatsion o‘tish. Kvant kimyosi nazariyasi bo‘yicha bir xil multiplet holatlarda o‘tish mumkin (masalan, singlet-singlet yoki triplet-triplet) T0S0.
Suyuq azotni temperaturasiga keltirilsa S1 holatdan T0 holatga va T0S0 ga o‘tish mumkin bo‘ladi va chiqqan nurning nomi fosforessensiya deyiladi.
Ko‘pchilik molekulalarning eng turg‘un holati singlet hisoblanadi, ya’ni spinlar yig‘indisi nolga teng. Singlet holatda bir orbitalda joylashgan elektronlar antiparallelь.
Spinning o‘zgarmasdan elektronlarning o‘tishi singlet-singlet o‘tish deyiladi. Masalan, S0S1, S0S2 o‘tishlar nur yutilish bilan boradi. SS0 o‘tish esa fluoressensiya bo‘ladi.
Triplet (T1, T2, va h.k) holatda qo‘zg‘algan va asosiy holatda qolgan elektronlarning spinlari parallelь.
Spinlar yig‘indisi birga teng.
Singlet va triplet holatlar o‘rtasida o‘tishga, masalan S1T misol bo‘la oladi.
Bunday o‘tishlar interkombinatsion konversiya deyiladi, ayrim hollarda masalan og‘ir atomlarni aniqlashda (masalan galogenlarni) bo‘lib qolishi mumkin.
Triplet holda molekula o‘z energiyasini tez yo‘qotishi mumkin, juftlashmagan elektroni bo‘lgan elementlar (masalan kislorod molekulasi bilan boshqa molekulalar to‘qnashishi va hokazo). SHuning uchun fluoressensiyaga qaraganda fosforessensiya ancha kam uchraydi. Fosforessensiya organik moddalarda, ayniqsa ular sovutilgan holda bo‘lsa ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |