4.Muzokara yakuniga salbiy ta‟sir etuvchi psixologik omillar.
Qaror qabul qilish jarayoniga salbiy ta‘sir o‘tkazuvchi psixologik omil sifatida quyi
dagilarni sanab o‘tish mumkin:
Yuzaga kelishi kutilayotgan noma’lum sharoitdan qo’rqish. Kelajakda
nima bo‘lishini bilmaslik va bunday noma‘lumlikni qanday qilib hal etish
muammosi to‘g‘ri yechimni kechikib qabul kilishga olib keladi. Ayni sharoitda eng
maqbul vositalardan biri kutilayotgan muzokarga ijobiy munosabatda bo‘lishdir.
Notanish vaziyatda ishonch bilan harakat qilishning asosiy usuli - ijobiy tarzda fikr
yuritishdir.
O’zga tomonning tasodifan qarshilik ko’rsatishi. Bir qaraganda tekis
o‘tayotgan muzokara ishtirokchisi uchrashuv oxirlagan paytda yana qarshilik
ko‘rsatishi har qanday odamni g‘azabga, ham sarosimaga soladi.
Bunday vaziyatda davomli pauza saqlash orqali munosabatga bir oz masofa
kiritish maslahat beriladi. Chuqur nafas olib, xotirjam holatda sabru toqatda ba‘zi
iboralarni takrorlash orqali («Men xotirjamman», «O‘zimni o‘z qo‘limda ushlab
turibman», «Vaziyatni to‘la-to‘kis boshqarayapman») nafaqat o‘zimizni, balki
xavotirda turgan o‘zga tomonning kayfiyatida ham o‘zgarish paydo qilolamiz va
suhbatni davom ettirish poydevorini qayta tiklaymiz. Vaziyat bir oz osoyishtalanib,
ruhiy ishonch qaytgandan so‘ng o‘zga tomonga uni nima bezovta qilayotgani, nega
kayfiyati birdaniga o‘zgargani haqida savol bilan murojaat etish mumkin. Aynan
shu uslub orqali mavjud zo‘riqish sababini aniqlash va uni bartaraf qilish
imkoniyati tug‘iladi.
Kutilmagan fikr va takliflar. Odatda tomonlar muzokaraga tayyorlanar
ekan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hamma yechim variantlarini ko‘rib
chiqadilar. Bu jarayonda o‘zga tomon ayni yechimga qanday munosabatda bo‘lishi
haqida bosh qotiriladi. Lekin, bu taxminlar doim ham muzokara ishtirokchisini
qoniqtirmasligi aniq va aksincha, ba‘zan muzokara mantig‘iga mutlaqo to‘g‘ri
kelmaydigan fikr va taklif bilan chiqish hollari ham uchrab qoladi. Bunday
vaziyatda muzokara ishtirokchisidan o‘zga tomonni to‘laroq tushunishga, yangi
yechim tafsilotini aniqlashga intilish kuzatilgani ma‘qul. Bizning tafakkurimiz
odatda, noan‘anaviy va tasodifiy yechimlarga darhol o‘z tug‘yonini namoyish
qiladi. Psixikaning bunday xususiyatini bilish, kezi kelganda uchragan
qiyinchilikni tezda yengib o‘tish va faollikni yanada oshirish imkonini beradi.
Demak, kutilmagan taklifni iloji boricha puxta o‘rganish va uni asoslovchi
dalillarni talab etish lozim. Bunday vaziyatdan qutulish imkonini beradigan yana
bir usul qat‘iyyatdir. Bu uslub, o‘zga tomonning ba‘zi kamchiligi tufayli uzilib
qolishi kutilayotgan muzokarani oxiriga yetkazishga va hatto muvaffaqiyatli
yakunlashga asos bo‘ladi.
Kutilmagan hamkorlik. Ba‘zan o‘zga tomon biz kutganimizdan ertaroq
shartimizni qabul qilishi, hamda biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyon
Do'stlaringiz bilan baham: |