munosabatlar mavzusiga tegishli adabiyotlarda turli xalqlarga xos bo‘lgan milliy
psixologik xususiyatlar haqida ko‘plab ma‘lumotlar yozilgan. Bunday manbaalar
bilan tanishish, yoki o‘zga guruhga oid yosh, jins, kasb mavzusidagi psixologik
bilimlarni qayd etish muzokara boshlanishi chog‘idayok ijobiy muhitni yaratishga
katta ko‘mak bo‘ladi.
Uchrashuv natijalari ko‘pincha suhbat olib borish uslubiga va muzokaralar
qurishning metodologik asosiga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazardan, anchagina
malakali tartibda o‘tadigan muzokara turi «maqsadga yo‘nalgan muzokara» deb,
ataladi. Bunday muzokaraning asosiy mohiyati –ob‘yektiv me‘yorlarga asoslangan
qaror topish maqsadida suhbat uchun maqbul sosial-psixologik sharoitlarni
yaratishdan iboratdir.
Bunda, ob‘yektiv me‘yorlar sifatida yo‘riqnomalar, huquqiy qonunlar va
imzolangan shartnomalar ishtirok etadi. Muzokara olib borishning bu turi ish
mohiyatiga qat‘iy yondoshish va uchrashuv ishtirokchilariga nisbatan esa iltifotli
munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Maqsadga yo‘nalgan muzokaralar qo‘yilgan
maqsadlarga erishish va shu bilan birga insoniy munosabatlarni saqlab qolish
imkonini beradi.
Maqsadga yo‘nalgan muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri –tomonlarning
muammoga qarashi, masalaga bo‘lgan munosabati yuzasidan baxs olib borilmaydi,
balki tomonlarning muammoda ifodalangan manfaatini aniqlash va uni qondirish
yo‘l-yo‘rig‘ini izlashdan iboratdir. Muzokara jarayonida asosiy diqqat-e‘tibor
nizodagi tomonlar pozisiyasiga emas, balki bahs predmetiga qaratiladi. Bahs
predmeti, uni hal etish asosiy va yagona masaladir. Muzokara uch natijaga
erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin:
1) oqilona kelishuv;
2) vaqtni tejash;
3) tomonlar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishi (hyech bo‘lmaganda
yomonlashmasligi).
O‘zga tomonning qarashini, ularning fikrlash uslubi va masalaga munosabati
ustida bahs olib borish o‘zganing e‘tiqodi va nafsoniyatiga putur yetkazish bilan
barobardir, bunday vaziyatda esa muzokaraning uzilishi muqarrardir. Demak,
muzokara qarashlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni emas, balki turli manfaatlar
o‘rtasidagi kelishmovchilikni hal etishdan iboratdir. Muzokara olib borar ekanmiz,
muammoni muhokama etishda qat‘iy turishimiz va ishtirokchilar bilan
munosabtlarda esa yumshoq bo‘lishimiz kerak.
Muzokara tashkil etilishida uchrashuv kimning hududida o‘tishiga katta
e‘tibor beriladi. Mehmonni kutib oluvchi tomon qator shartlarni amalga oshirish
bilan birga, o‘z xududida ma‘lum imtiyoz va qulayliklarga ham ega bo‘ladi.
Shuning uchun ham, xuddi sport musobakasi kabi o‘z hududida o‘tayotgan
uchrashuvdan rahbar maqsadga erishish yo‘lida iloji boricha ko‘proq foydalanib
qolishi lozim. o‘zga tomon hududida muzokara olib borishning ham o‘z
xususiyatlari bor. Bu esa avvalambor, mexmonlik mavqyeidan foydalanish va hatto
natijasi qoniqarsiz bo‘layotganda muzokarani yanada uzoqroq muddatga cho‘zish
imkoniyatidir.
Yuqorida aytilganidek, muzokaralar davomida nafaqat masala hal etiladi,
balki bo‘lajak munosabatlarni takomillashtirish uchun poydevor ham quriladi. Shu
munosabat bilan muzokara jarayonidagi ikki asosiy jihatni ajratib olgan ma‘qul:
1.Muhokama predmeti.
2.Insoniy munosabatlar tahlili.
Bu ikki jihat o‘zaro munosabatda ikki tamoyilga rioya qilishni nazarda
tutadi. Birinchidan, muhokamaga qo‘yilgan masalada yutkazib qo‘ymaslik lozim,
ikkinchidan o‘rtadagi insoniy munosabatlar buzilib qolmay, balki yaxshilansin.
Muzokara davomida insoniy munosabatni rivojlantirish hisobiga muhokama
predmeti yuzasidan yutuqni qo‘lga kiritish mumkin. Masalan, jangari filmlarda
ko‘plab namoyish etiluvchi lavhalardan biri – yaxshi va yomon polisiyachilar
xulqidir. Yomon polisiyachi shubha ostidagi kimsaga avvaldanoq qo‘pol
munosabatda bo‘ladi va o‘rtadagi munosabatni nizo darajasiga olib keladi, ikkinchi
polisiyachi esa shubhali odamga o‘ta ijobiy va olijanob munosabatda bo‘ladi.
Natijada yaxshi polisiyachi jinoyat yuzasidan yashirilgan ma‘lumotni «xamirdan
qil sug‘urganday» tortib oladi. Ikki qarama-qarshi hissiy munosabatga asoslangan
taktika tergov jarayoni negizini oshkora etishga yordam beradi.
Muzokara o‘tishidagi asosiy bosqichlardan biri – yechim talab etayotgan
masalani muhokama qilish jarayoni bo‘lib, bunda ushbu masala yuzasidan
tomonlarning fikrini aniqlashga e‘tibor qaratiladi. Bu bosqichda tomonlarning
masala yuzasidan fikri aniq tasavvur etilishi lozim.
Muzokara ishtirokchisidan bu bosqichda talab qilinuvchi malaka - o‘z fikrini
aniq, ravon bayon etishdir. O‘z navbatida, boshqa tomonning mulohazasini butkul
tushunish uchun aniqlashtiruvchi savollar berish o‘rinlidir.
Muammoni hal etishga oid yechimlardagi farq va ziddiyatlarni hisobga
olgan holda, odatda kompromistik yoki ikkala tomonning manfaatini qondiruvchi
qarorga kelinadi. Bordiyu muammo yechimini ishlab chiqish bosqichi haddan
tashqari ko‘p vaqt talab qilsa, muzokara jarayonida qisqa tanaffus e‘lon qilish
o‘rinlidir.
Muammo yechimi ikkala tomonni qoniqtirishi juda qiyin. Shu maqsadda
muzokara davomida bir necha yechimlar ustida bosh qotirish maqsadga muvofiq.
Har safar u yoki bu yechim ustida to‘xtalar ekanmiz, unga ta‘sir etuvchi omillarni
aniqlab olishimiz va to‘xtamga kelishimizga salbiy ta‘sir etuvchi kuchlarni bartaraf
etish imkoniyatini izlab topishimizni ham taqozo qiladi. Mana shu kuchlar ichida
psixologik mazmunga egalari ustida biroz to‘xtalib o‘tishni lozim topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |